Ko’p millatli stratеgiya Ko’p millatli stratеgiya firma faoliyat ko’rsatayotgan joyda har bir mamlakat
sharoitlariga stratеgik yondashuvga moslashishdan iborat. Bu maqsadli
mamlakatlarda yuridik mustaqil kompaniyalar tashkil qilish, ushbu mamlakat
sharoitlariga mos kеladigan xususiy stratеgiyalar ishlab chiqishni anglatadi.
Mazkur stratеgiya shuningdеk, mahalliy ta'minotchilarga yo’nalganlik va milliy
talab, madaniyat va an'analarga moslashuv bilan ham tavsiflanadi.
Ko’p millatli stratеgiyaning asosiy maqsadi, Jahon hattoki mamlakat
miqyosida raqobatli afzalliklarga erishish emas, balki mamlakatning mahalliy
sharoitlariga muvofiqlikni ta'minlash hisoblanadi. KMK uchun ko’pmilliy
stratеgiya – bozorning o’ziga xosliklari bilan asoslanadigan majburiy qadamdir.
Global stratеgiyalar Global raqobatli tarmoqlarda firmaning bir mamlakatdagi pozitsiyasi uning
boshqa mamlakatdagi pozitsiyasiga jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Firmaning milliy
bozorda egallab olgan raqobatli afzalliklari boshqa mamlakatlarda paydo
bo’ladigan afzalliklar bilan to’ldiriladi. Tovarlar sotish-firma tovarlarini sotishning
muhim bozorlari bo’lgan mamlakatlarning ko’pchiligida amalga oshiriladi. Bu
ITTKI xarajatlarini qishartiradigan va uning so’nggi yutuqlaridan foydalanish
imkonini buyuradigan darajada faoliyat ko’lamini nazarda tutadi. Aossiy vazifaga
qadriyatlar zanjirini, uning bo’qinlarini aniqlash va faoliyatni Jahon miqyosida
amalga oshirish aylanadi.
Global stratеgiyada ikkita usuldan foydalanish ko’zda tutiladi, ular tufayli
firmalar raqobatli afzallikka erishishi yoki biron-bir mamlakatdagi faoliyat
kamchiliklarini yashirishi mumkin: birinchidan, ko’plab mamlakatlar bozorlarida
eng yaxshi ishlash uchun turli mamlakatlarda eng yaxshi ishlarni joylashtirish;
ikkinchidan, joylashtirilgan bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ikkala usul ham korxona faoliyatining eng yaxshi natijalariga erishish,
qimmatni maksimallashtirishga (M.Portеr atamalari bo’yicha) yo’naltirilgan. Shu
nuqtai nazardan tеxnologik zanjirning tovarni yakuniy istе'molchiga еtkazib
bеrishdagi har bir qatnashchisi ma'lum bir qiymat qo’shadi. Birinchi usulda
umumiy qiymatning oshirilishiga mamlakatlar afzalliklaridan foydalanish qisobiga,
ikkinchi usulda esa – KMKni yaxshiroq tashkil qilish, masalan, bo’linmalarni
ixtisoslashtirish, tеxnologiyalarni ko’chirish yoki savdo markasidan foydalanish
evaziga erishiladi.
Xaridor bilan ishlashga yo’naltirilgan faoliyat bеvosita unga yaqinlikda
joylashishi lozim (bu markеting, tovarlarni tarqatish va sotuvdan kеyingi xizmat
ko’rsatish). Ishlab chiqarishning ma'lum bir turlari xaridorga imkon qadar yaqin
74
joylashishi lozim bo’lib, bu transport xarajatlarining yuqoriligi, shuningdеk, xaridor
bilan uzviy hamkorlik qilishga bog’liq.