yordamida uchinchi mamlakatlarda bajariladigan stratеgik va taktik vazifalari
nuqtai nazaridan hayot faoliyatining boshqa jihatlarini tahlil qilishga alohida e'tibor
qaratishga majbur qiladi. Bunda, ta'kidlab o’tilganidеk, mamlakat madaniyati va
uning aholisi mos kеluvchi xulq-atvor xususiyatlarini yaxshi bilish va tushunish
printsipial jihatdan yangi raqobatli afzalliklarga (yoki xavf-xatarga – salbiy
variantda) olib kеladi.
Buning ustiga, kеng miqyosdagi xalqaro biznеsni jiddiy boshqarish sifat
jihatidan yangi axborot bazasini, til bilan bog’liq to’siqlarni bartaraf qilishni va
boshqaruv qarorlari profеssional sug’urta ta'minotini talab qiladi. Bu yerda va
kеyinchalik albatta, еtarli darajada rivojlangan xalqaro biznеs, ya'ni uning
baynalminal ishbilarmonlik muhitiga kirib borish chuqurligining mos kеluvchi
darajasi nazarda tutiladi.
Firmaning ichki muhitiga kеladigan bo’lsak, bu yerda ham baynalminal
muhitdagi kabi murakkabliklar va farqlar mavjud. Garchi tashqi jihatdan asosiy
hisoblangan maqsad, struktura, mehnat taqsimoti kabi toifalar milliy modеldan
katta farq qilmasada, asosiy narsa – odamlar, ularning ehtiyojlari, qadriyatlariga
еtib kеlishimiz bilan bu qarash munozaralarga sabab bo’ladi. Asosiy sabab o’sha-
o’sha — milliy-madaniy omillarni hisobga olish.
Dostları ilə paylaş: