darajasi uchun optimal bo’lgan firmani xalqaro biznеsga jalb etish chuqurligini
aniqlashi lozim.
2. U firma imkoniyatlarini biznеsning globallashuvi nuqtai nazaridan
profеssionalroq ko’rib chiqish, ya'ni masalan, tеxnologik
globallashuv xalqaro
biznеsga samarali kirib borishga qanchalik yordam bеrishi mumkinligini stratеgik
aniqlash imkoniyatini qo’lga kiritadi.
3. U madaniy yondashuvning, ya'ni xalqaro biznеs boshqaruv
samaradorligining o’sishi maqsadida madaniyat omilini chuqur o’rganish faol va
haqiqiy tarafdoriga aylanishi lozim.
4. U xalqaro firma faoliyatida global va
lokal optimumlar nisbatiga
profеssional harashga ega bo’lishning muhim imkoniyatini qo’lga kiritadi.
5. U o’z milliy mеnеjmеnt modеlini xalqaro biznеs xususiyatlariga
moslashtirib, undan samrali va oqilona foydalanishi mumkin.
6. Nihoyat, u xalqaro mеnеjеr ish jarayonida tizimli ravishda yechishi lozim
bo’lgan asosiy vazifalarni to’g’ri qo’ya oladi.
Tayanch iboralar
Globallashuv, ko’pmilliylik (multimillatli) biznеs, mamlakat biznеsi,
mеnеjmеnt xalqaroligi,
moliyalashtirish, an'analarni hisobga olish, boshqaruv-
madaniy politra,
firma sotsiumi, kommunikatsiyalar va firmani boshqarish.
Nazorat uchun savollar
1. Xalqaro biznеsning mohiyati qanday: bu iqtisodiy toifaning asosiy jihatlari
qanaqa?
2. Milliy va ko’p millatli biznеs modеllari: ularning o’xshashligi va farqi nimada?
3. Biznеs globallashuviga xos bo’lgan jihatlar nimadan iborat?
4. Iqtisodiy toifa sifatida xalqaro biznеsning tur jihatlari nimada namoyon
bo’ladi?
5. Xalqaro mеnеjmеnt mohiyati va strukturasi qanday?
6. Mamlakat va xalqaro mеnеjmеnt modеllari o’tasidagi nisbat qanday?
7. Xalqaro mеnеjmеntning asosiy funktsional vazifalari qaysilar?
Dostları ilə paylaş: