KIRISH……………………………………………………………………………3 1-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA XALQARO SAVDO NAZARIY ASOSLARI…………………………………………………….………………….5 Global iqtisodiyot shakllanishida savdo sohasining o‘rni ………………….5
Globallashuv sharoitida xalqaro savdo va proteksionizm savdo siyosatlari o‘rtasidagi nisbat …………………………………………………………………10
Xalqaro savdo dinamikasi va uning o‘zgarish xususiyatlari ………………14
2-BOB. XALQARO SAVDO TASHKILOTINING HAMKORLIK SIYOSATI HAMDA RIVOJLANTIRISH MASALALARI…………………………….…20 2.1. O’zbekiston BJSTga integratsiyalashuv yo’lida……………………………..20
2.2. Xalqaro savdo tashkilotining hamkorlik siyosatini rivojlantirish masalalari..27
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………….32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….34 KIRISH Global bozorning shakllanishi, turli xil firmalar o‘rtasidagi raqobatning kuchayganligi ularni kapitalni jamlash, o‘z doirasiga yangi ishlab chiqaruvchilarni yanada ko‘proq jalb etish, o‘z o‘rinlarini birgalikda saqlab qolish uchun kuchlarni o‘zaro birlashtirishga undaydi. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining yaratilishi ham AQShga iqtisodiy qarshilik ko‘rsatish, qudratli Amerika sanoat-moliya korporatsiyalari bilan raqobat kurashida bardoshlilik usulidir. Shunday qilib, jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi ortib boradi.
Shuni aytish mumkinki, jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon hamjamiyati tomonidan iqtisodiy integratsiya va kapital, tovarlar, ishchi kuchining jahon bo‘ylab ko‘chishining o‘sib borayotganligi; ilmiy kommunikatsion inqilob turtki bo‘lgan texnologik integratsiya asosida erishilgan iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikning kritik darajasini aks ettiradi. Ko‘p davlatlar jahon iqtisodiyotining ushbu fenomenini, uning ijobiy va salbiy taraflarini o‘z iqtisodiy rivojlanishining milliy konsepsiyalarini ishlab chiqishda tobora yaqqolroq tarzda hisobga olmoqdalar1.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi integratsiyaga nisbatan keng tushunchadir, chunki iqtisodiy globallashuv bir-biri bilan bog‘lanmagan jahon xo‘jaligi qismlarining ham o‘zaro bog‘liqligini talab etadi. U har qanday iqtisodiyot, har qanday bozordagi muammo jahon global muammosi maqomiga ega bo‘lishi va u nafaqat ko‘p tomonlama, balki umumiy kuchlar hisobiga hal etilishi zarurligini ta’kidlaydi.
Hozirgi sharoitda globallashuv jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdo o‘sishining muhim rag‘batlantiruvchi omiliga aylandi. U shaxsiy muloqot hamda inson shaxsining ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. U ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, sayyorada inson hamda tabiiy resurslarning notekis taqsimlanishi bilan asoslanadiki, ulardan yanada unumli foydalanish uchun xalqaro kooperatsiyani chuqurlashtirish zaruriyatini belgilab beradi.
Globallashuvning iqtisodiyot liberallashuviga ta’siri davlatlarning o‘zaro bog‘liqligi va xalqaro tashkilotlarda ishtirokining ortib borishida namoyon bo‘ldi. Aynan xalqaro tashkilotlarda ishtirok etish davlatlarning davlat va nodavlat segmentlarini qamrab olgan institutsional tuzilmalarining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Zamonaviy globallashuv jahon bozorlari va inson faoliyatining barcha sohalaridagi hududiy iqtisodiyotlarning tizimlashgan integratsiyasi bilan tavsiflanadi, buning natijasida barqaror iqtisodiy o‘sish, zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari tatbiq etilishining tezlashishi yuzaga keladi. Globallashuv rivojlanishining hozirgi bosqichida jahon xo‘jaligi mamlakatlarining nafaqat o‘zaro, balki jahon xo‘jaligining yaxlit tarzdagi holati va o‘sish sur’atlariga bog‘liqligi ham tobora ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati integratsion jarayonlar rivojlanishi va bozor o‘zgarishlariga alohida ahamiyat berayotgan va asosiy ustuvor yo‘nalish - bozor islohotlarini chuqurlashtirish va keyingi iqtisodiy liberallashuv bo‘lib qolayotgan hozirgi zamonaviy sharoitlarda hududiy va jahon bozorlaridagi talablar va raqobat shakllari keskin ortib boradi. Ular, o‘z navbatida, galdagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish zaruriyatini talab etuvchi omillarga aylanadi. Faqat barqaror iqtisodiy rivojlanish va to‘liq quvvatdagi bozor infratuzilmasini shakllantirishgina bizning mamlakatimizga global jahon xo‘jaligi tizimiga samarali integratsiyalashish imkonini beradi.