Mundarija: kirish bob. Globallashuv sharoitida xalqaro savdo nazariy asoslari


Xalqaro savdo dinamikasi va uning o‘zgarish xususiyatlari



Yüklə 264,37 Kb.
səhifə6/13
tarix25.12.2023
ölçüsü264,37 Kb.
#195886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Global iqtisodiyotga o`tish sharoitida xalqaro savdoning rol

Xalqaro savdo dinamikasi va uning o‘zgarish xususiyatlari

Rivojlanayotgan davlatlarning o‘z eksportlarini sanoat mahsulotlari hisobiga diversifikatsiya qilishga urinishlari sanoati rivojlangan davlatlarning u yoki bu shakldagi qarshiligiga duch kelmoqda. Shu bilan birga ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, “yangi industrial mamlakatlar” o‘z eksportlari tarkibini shakllantirishda ancha muvaffaqiyatga erishib, unda tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, shu jumladan, mashina va uskunalar ulushini ko‘paytirmoqda. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli ravishda “yangi industrial davlatlar”, ayniqsa, Osiyoning to‘rt “kichik ajdarhosi” (Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur) o‘z eksportlarini tez sur’atlarda ko‘paytirib bormoqda. Ularning jahon eksportidagi ulushi 90-yillarning o‘rtalarida 10-11 %ni tashkil qilgan edi. Oxirgi o‘n yilliklarda tez rivojlanayotgan XXR 2-3 %ni, AQShning jahon eksportidagi ulushi 12,3 %ni, G‘arbiy Yevropaning eksportidagi ulushi 43 %ni, Yaponiyaning ulushi 9,5 %ni tashkil etgan edi.


2010-yillarning o‘rtalari va 2019-yillarning boshlarida jahon savdosining tez o‘sishi asosan AQSh, Italiya, Kanada, Ispaniya importining keskin o‘sishi bilan, shuningdek, sanoati rivojlangan davlatlarning (Yaponiyadan tashqari) Uzoq Sharq mamlakatlari va Lotin Amerikasi bozorlaridagi kon’yukturalarining yaxshilanishi bilan bog‘liqdir.
Jahon iqtisodiyotida alohida davlatlarning dunyo savdosi taraqqiyotidagi ahamiyatini ko‘rib chiqar ekanmiz, 2010-yillarda AQSh dunyodagi eng yirik eksport qiluvchi davlat bo‘lgan. Bu davlatning tashqi savdo hajmi 1-1,5 trln. dollarni tashkil qilib, dunyo umumiy savdo hajmining 28-29% ni tashkil qilgan edi. AQSh ketidan Germaniya (802 mlrd. dollar – 18,8%), so‘ng Yaponiya (672 mlrd. dollar – 15,8%) turgan. 90-yillarda dunyoning o‘nta eng yirik savdo mamlakatlariga – Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Gollandiya, Gonkong, Belgiya (Lyuksemburg bilan birgalikda)ni kiritish mumkin. Eksportning eng yuqori o‘sish sur’atlarini Xitoy, Singapur, Chili va Finlyandiyada kuzatish mumkin. 2019-yillarning boshida Markaziy va Sharqiy Yevropa eksportning o‘sish sur’atlari bo‘yicha Osiyodan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. Jahon savdosining eng dinamik va intensiv rivojlanayotgan sohasi ilmtalab tovarlar bilan savdodir. Jahon iqtisodiyotida ilmtalab mahsulotlar eksporti yiliga 500 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Yuqori texnologiyali mahsulotlarning sanoati rivojlangan davlatlar eksportidagi ulushi 40%ga yaqin. Mashina va uskunalar bilan savdoning roli sezilarli ravishda o‘sdi. 2019 yilgacha sanoati rivojlangan davlatlardan mashina va uskunalarning eksporti uch marta o‘sdi. Elektrotexnika va elektron uskunalar eksporti eng tez sur’atlar bilan o‘smoqda. Mashina-texnika mahsulotlari eksportining 25 %i ularning ulushiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro savdoning tez rivojlanayotgan sohalaridan yana biri kimyo mahsulotlari savdosidir. Shuningdek, hisob-kitoblarga ko‘ra, jahonda xalqaro xizmatlar savdosi ham keskin sur’atlarda o‘sgan, XXI asrning birinchi o‘n yilligida 2000 yilga nisbatan uning eksporti 2,68 marta, importi esa 2,54 marta ortgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarga kelsak, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqalarida bu turdagi savdo hajmi o‘rtacha 5 martagacha oshgan. Shuningdek, xizmatlar savdosining tarkibi ham so‘nggi 15 yil mobaynida tubdan o‘zgarib, undagi sug‘urta, moliya va boshqa xizmat turlarining ulushi ortgan.
So‘nggi yillarda jahon eksportining hajmi o‘sishi bilan birga uning tarkibi ham o‘zgara boshladi. Bu, birinchi navbatda, jahon eksportida turli xizmatlar (ayniqsa transport, turizm, bank-moliya, axborot-kommunikatsion xizmatlarning) ulushining ortishi bilan bog‘liqdir.
Axborot-texnologiya mahsulotlari eksporti va importi mintaqalar miqyosida farq qilib, bu borada, ayniqsa, Osiyo mamlakatlari katta yutuqlarga erishgan. XXI asrning boshiga kelib ularning axborot-texnologiya mahsulotlarini jahon eksportidagi ulushi 50 foizga oshib ketgan bo‘lib, ushbu mahsulotlarning jahon importidagi hissasi esa 40 foizni tashkil etdi. Osiyo mamlakatlari ichida axborot- texnologiya mahsulotlari savdosi bo‘yicha Xitoy eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat hisoblanadi.
Yevropa mamlakatlari axborot-texnologiya mahsulotlarining eksporti va importi bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Shimoliy Amerikaning jahon savdosida axborot-texnologiya mahsulotlari eksporti va importi bo‘yicha ulushi pasaydi va oqibatda bu mahsulot turi bo‘yicha mintaqa eng katta sof import qiluvchiga aylandi. Janubiy-Markaziy Amerika, Afrika, Yaqin Sharq va MDH mamlakatlari hanuzgacha ushbu mahsulot turlari bo‘yicha jahon eksportida past o‘rinlarni egallamoqdalar. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlar ayni vaqtda axborot- texnologiya mahsulotlarining yirik importyorlari hisoblanadi.
Umuman olganda, jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro savdodagi o‘zgarishlar O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi.
Birinchidan, milliy iqtisodiyot uchun xalqaro savdoning rivojlanishi iqtisodiyot globallashuvi ijobiy yutuqlaridan foydalanilganlikni ko‘rsatadi.
Keyingi 30 yil ichida YaIMning, eksport va import ulushining o‘sishi ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarda xalqaro savdoning o‘rni o‘sayotganligini ifodalamoqda. Sharqiy Osiyo davlatlarida va Tinch okean hududlarida bu 24 foizdan 54 foizgacha, Lotin Amerika davlatlari va Karib havzasi hududlarida 15 foizdan 25 foizgacha o‘sgan.
Ikkinchidan, jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiyotning har xil guruhlarida o‘zgarishlarga olib keldi: uchinchi guruhlarning (asosan axborot sohasi bo‘yicha) birinchi va ikkinchi guruhlaridan ustun kelishi. Bu o‘zgarishlar, oxir-oqibat, xalqaro savdo tizimida o‘zgarishlarga olib keldi. Natijada, xalqaro almashinuvga kirmagan ba’zi xizmatlar savdosining ahamiyati oshdi .
Uchinchidan, xalqaro savdo jarayonining jahon iqtisodiyotiga nisbatan o‘sishi asosan savdo tizimining xalqaro institutlar, birinchi navbatda, Jahon savdo tashkiloti (JST) faoliyatida erkinlashtirish xo‘jalik faoliyatlarining globallashuviga asos bo‘lmoqda.
Globallashuv jarayoni o‘tgan asrning 80-90 yillarida, avvalo, bir qator jarayonlarning rivojlanishi evaziga yaqqol ko‘zga tashlandi. Ular qatoriga: xalqaro infratuzilmaning jadal rivojlanishi va global telekommunikatsiya tizimining shakllanishi bilan birga xalqaro savdoning yuqori sur’atlarda o‘sishi kabi jarayonlarni kiritish mumkin.
Global axborot tizimi – INTERNETning rivojlanishi nafaqat yangi kommunikatsion tizimga, balki moliyaviy operatsiyalarni, marketingni, reklamani amalga oshirishda, mutaxassislar malakasini oshirishda hamda xalqaro savdoning tez sur’atlar bilan o‘sishi, yangi shakllarining paydo bo‘lishi (elektron savdo) va tarkibi o‘zgarishiga ham olib keldi.

Yüklə 264,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin