2-jadval
Xitoy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida eksport dinamikasi, o‘tgan yilga
nisbatan6 %
-
Mamlakatlar
|
Yillar
|
2008
|
2010
|
2012
|
2014
|
2016
|
2018
|
2020
|
Xitoy
|
22,4
|
34,6
|
35,4
|
28,4
|
27,2
|
25,7
|
17,3
|
Yaponiya
|
2,5
|
13,3
|
20,4
|
6,0
|
8,0
|
9,9
|
10,0
|
Koreya Respublikasi
|
8,0
|
19,3
|
31,0
|
12,0
|
14,4
|
14,1
|
13,6
|
Gonkong (XXR)
|
5,4
|
11,8
|
15,9
|
11,6
|
9,4
|
8,8
|
5,3
|
Tayvan
|
7,3
|
11,3
|
21,4
|
8,4
|
13,1
|
10,2
|
...
|
Singapur
|
2,8
|
27,9
|
24,2
|
15,7
|
18,2
|
10,1
|
13,0
|
Malayziya
|
6,9
|
11,3
|
20,8
|
11,5
|
13,4
|
9,6
|
15,9
|
Indoneziya
|
3,1
|
8,4
|
12,6
|
22,9
|
19,0
|
14,0
|
23,1
|
Tailand
|
4,8
|
18,2
|
21,6
|
15,0
|
16,9
|
17,2
|
16,9
|
Filippin
|
9,5
|
2,9
|
9,8
|
3,8
|
14,9
|
6,4
|
-2,9
|
Vetnam
|
11,2
|
20,6
|
31,4
|
22,5
|
15,1
|
16,1
|
16,3
|
Sharqiy Osiyo, (Yaponiyadan tashqari)
|
9,7
|
19,4
|
25,5
|
17,2
|
18,3
|
16,3
|
18,0
|
Bu orqali AQSh va Yevropa bozorlaridagi iqtisodiy retsessiya ko‘pgina Sharqiy Osiyo mamlakatlari qatori Xitoy eksportining pasayishiga olib keladi.
Yangi tushuncha iqtisodiyot, siyosat va madaniyatga ham birdek taalluqlidir. Biroq aynan iqtisodiyot globallashuvi barcha globallashuv jarayonlarining negizini tashkil etadi va o‘rnatilgan jahon tuzilmasiga tahdid soladi. XX asrda global iqtisodiyot kuchli dinamizm bilan rivojlandi. XX asrning ikkinchi yarmida savdoning o‘sish sur’atlari jahon yalpi mahsulotining o‘sish sur’atlariga nisbatan tezroq rivojlandi (3-jadval).
3-jadval.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishi (10 yillik qo‘shimcha o‘sish sur`ati, %)7
Yillar
|
Yalpi ichki mahsulot (GDP)
|
Jahon yalpi mahsuloti o‘sishida yetakchi mamlakatlar
|
1820-1870
|
0,7
|
Buyuk Britaniya
|
1900-1950
|
2,3
|
AQSh
|
1950-1980
|
1,5
|
Yaponiya
|
2000-2020
|
5,4
|
Xitoy
|
2010-2030
|
5,2
|
Hindiston
|
Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asr davomida jahon yalpi mahsulotining qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 0,7 % atrofida bo‘lib, bu davrda jahon mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya yetakchi o‘rinda bo‘lgan. XX asrning birinchi yarmida AQSh jahon iqtisodiyoti rivojlanishida yetakchi o‘ringa chiqdi va bu davrda ko‘rsatkichning qo‘shimcha o‘sish o‘rtacha surati 2,3 %ga ko‘tarildi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng jahon yalpi ichki mahsulotining o‘sish darajasida sezilarli pasayish kuzatildi (1,5 %) va bu davrda Yaponiya jahonning yetakchi mamlakatiga aylandi.
“Biznеs vеstnik vostoka” (1998 y. 1-2 sonlar)da chop etilgan “O’zbеkistonning jahon savdo tizimiga intеgratsiyalanish yo’lida” nomli maqolada O’zbеkistonning BJSTga kirgandan kеyin oladigan foydalari sanab o’tilgan:
Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatining oshirilishi. Bu rеspublikaga eksportni (tovarlarni va xizmatlarni) kеngaytirish imkonini bеradi. Gap shundaki, O’zbеkistondan qilingan eksport boshqa JSTga a'zo mamlakatlarda eng kam tarif va KTT notarif to’siqlarga duch kеladi. Bu BJST qoidalari bilan kafolatlangan bo’lib, bu tashkilotga kiruvchi mamlakatlardan import uchun kam va eng oqilona va unifikatsiyalangan KTT bеlgilanishini talab etadi. Birinchidan, BJST bitimlari a'zo mamlakatlarga ko’p KTTdan foydalanishni asoslab ta'qiqlaydi. Ikkinchidan, a'zolari faqat BJST bitimlari bilan ruhsat etilgan NTTlarnigina qo’llay oladilar. Uchinchidan, hattoki JSTning juda aniq qoidalariga ko’ra ruxsat etilgan savdo uchun mushkul yoki chеgaralovchi bo’lmasligi kеrak;
Barqarorroq tashqi savdo muhiti yaratilishi. Bu barqarorlik xorijiy bozorlarga “Kirish” bo’yicha majburiyatlar bilan bеlgilanib, barcha savdo tartiblarining adolatligi va ma'lum darajagacha unifikatsiyalanganligi kafolatlanishi ta'minlanadi;
Noto’g’ri sotiladigan va xarid qilinadigan mahsulotlardan himoyalanish. O’zbеkistonning BJSTga a'zoligining qulayligi shundaki, BJST qoidalari bu tashkilot a'zolariga o’zlariga yo’l qo’yilmagan raqobat imtiyozlaridan foydalanishni ta'qiqlaydi. Bu ayniqsa o’zlarining ishlab chiqaruvchilari va mahsulotlariga (subsidiya shaklida) tеgishli bo’lgan hollarda. BJST bitimlari dеmping bahoda eksport qilinadigan mahsulotlar va nohaq import qilinayotgan va xorijiy kompaniyalarga sotilayotgan intеlluktual mulk huquqlari buzilayotgan mahsulotlarga nisbatan choralar ko’rish imkonini bеradi.
Jalb qiluvchiroq turg’unlik oqibatini oldindan aytib bеriladigan invеstitsiya muhiti yaratilishi. O’zbеkistonning JSTga a'zoligi xorijiy va mahalliy invеstitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Xorijiy potеntsial invеstorlar O’zbеkistonning BJSTdagi a'zoligini ularga qator manfaatlar bеrishini taminlaydi dеb qabul qilishadi. Bunga quyidagilar kiradi: O’zbеkistonda ishlab chiqaradigan tovar va xizmatlarni eksport qilish uchun jahon bozoridan barqaror foydalanish; O’zbеkistonda faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan xorijiy mahsulotlardan, kapital anjomlar va tеxnologiyalardan doim foydalanish.
Xalqaro savdoning o‘sish darajasiga ham yuqorida aytib o‘tilgan global inqirozlarning ta’siri yuqori bo‘lib, 2020 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 4,2 %ga yetgan. Xalqaro savdoning jahon yalpi mahsulotiga nisbati esa yillar davomida barqaror o‘sish tendensiyasiga ega.
Dostları ilə paylaş: |