O’zbеkiston rеspublikasi


–mavzu. Dori vositalari sifatini ta’minlash va boshqarishda xalqaro



Yüklə 454,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix22.01.2023
ölçüsü454,06 Kb.
#80061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
«dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish» fan dastur

 
7–mavzu. Dori vositalari sifatini ta’minlash va boshqarishda xalqaro 
standartlar 
Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti (JSST), Insonlar uchun qo‗llaniladigan dori 
vositalarini ro‗yxatdan o‗tkazishga qo‗yilgan texnik talablarni uyg‗unlashtirish 
(garmonizatsiyalash) bo‗yicha Xalqaro konferensiya (ICH), yaxshi ishlab 
chiqarish amaliyoti (GMP), farmatsevtik ishlab chiqaruvchilar Xalqaro 
federatsiyasining assotsiatsiyasi (IFPMA) paydo bo‗lishi, vazifalari va talablari, 
shuningdek, rivojlangan davlatlarning sifat standartlari (AQSH, Buyuk Birtaniya, 
Germaniya, Yaponiya, Rossiya) ham muxokama qilinadi. 
 
8–mavzu. Dori vositalarining sifatini ta’minlash konsepsiyasi, uning 
asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari. Yangi dorilarni ishlab chiqish va tadqiq 
qilish. 
Dori vositalari sifatini ta‘minlash tizimi bu eng avvalo dori vositalarining 
xavfsizligi, faolligini kafolatlab berish va ularning xayotiy siklida sifatini 
ta‘minlashga imkon yaratishdir. Dori vositalari sifatini ta‘minlash o‗z ichiga 
quyidagilarni oladi: xom ashyo va oraliq maxsulot sifati, texnologik jarayon, 
asbob-uskunalar, tahlil usullari, mutaxassislar kvalifikatsiyasi, me‘yoriy xujjatlar 
va xokazo (GMP, GLP, GCP, GDP, GPP, GRP, GXP).
Dori vositalarini sifatini ta‘minlashda xalqaro darajaga chiqish uchun GMP 
talablariga javob berish, halqaro standartlardan foydalanish va ularda keltirilgan 
ko‗rsatkichlarga ta‘rif berish va izoxlay bilish (dori vositalar sifati, faolligi, 
xavfsizligi, sifatini ta‘minlash, sifatni ta‘minlash tizimi, dori vositalar sifat 
mezonlari, standart operatsion jarayon, sifat spetsifikatsiyasi, nazorat strategiyasi, 
farmatsevtik sifat tizimi) lozim bo‗ladi.
Yangi dorilarni ishlab chiqish va tadqiq qilish. "Dori vositasini ishlab 
chiqaruvchi" ta'rifi. Farmatsevtika sanoatida innovatsion texnologiyalarni izlang. 
Farmatsevtika rivojlanishining maqsadi. Dori vositalarining rivojlanishi dori 
vositalarining hayot aylanishining bir qismi sifatida. Yangi dori vositalarining 
rivojlanishiga yondashuvlar (kimyoviy sintez; o'simlik xom ashyosidan olingan 
dorilar; hayvonlar to'qimalari tarkibidagi dorilar va boshqalar). 

Yüklə 454,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin