O'zbekiston respublikasi


Uyg`r yozuvida bitilgan yodgorliklar va kitobatcilik



Yüklə 60 Kb.
səhifə3/5
tarix11.05.2023
ölçüsü60 Kb.
#111283
1   2   3   4   5
Uyg\'ur yozuvi va uning bitiktoshlari

2. Uyg`r yozuvida bitilgan yodgorliklar va kitobatcilik
Qadimgi turk davridan boy yozma obidalar yetib kelgan bo`lib, uning ma`lum qismi uyg`ur xatidadur.Bu davr yodgorliklari ijtimoiy mazmunga ko`ra turlichadir, ular orasida mifologiya, turli diniy e`tiqodlar bilan bog`liq badiiy ijod namunalari, ilmga oid asarlar, xatlar yuridik xujjatlar va boshqalar bor.
Uyg`ur yozuvidagi qadimgi turk davrining yodgorliklari orasida ko`proq saqlanib qolgani budda diniy-axloqiy asarlari hisoblanadi. Ularning eng yirigi “Suvurnaprabhasa” bo`lib, turkiy nomlanishi “Altun onglug yaruq yaltruqlug` qopda qotpvlmlmish nom aligi”(oltin rangli nur tovlanadigan, hammadan buyuk bo`lgan kitob tojdori), boshqacha qilib aytganda, “Oltin yorug`” dir. Mazkur asarni X asrda Beshbaliqda yashagan Singqu Seli Tutung ismli shaxs xitoy tilidan tarjima qilgan.
Qadimgi turkiy tilning uyg`ur xatidagi yirik hajmla yodgorliklaridan yana biri 27 bo`limdan iborat bo`lgan “Maytri simit” asaridir. Kitobda uning to`liq nomi “Maytri simit nom bitig” deb ko`rsatilgan, ya`ni “Maytri bilan uchrashuv haqidagi muqaddas kitob” degan ma`noni beradi. Asar asli anatkak (sanskrit) tilidagi asar bo`lib, anatkak tilidan to`g`ri (eroniy tillardan biri) ga undan esa Prtarakshit ismlai shaxs qadimgi turkiy tilga o`girgan. Fanda asarning uyg`ur xatida ko`chirilgan bir qanca qo`lyozmasi ma`lum. Nemis olimasi A.F.Gaben 1957,1961 yillarda ushbu asarning ma`lum qismi fotosini nashr qildirgan.. Mazkur asar Shinjon xalq nashriyoti tomonidan transkripsiya, hozirgi uyg`ur tilidagi shakli, xitoycha tarjimasi, lug`at va izoxlari, faksimili bilan tarjima qilingan. “Maytri simit”ning bizgaca ma`lum bo`lgan eng mukammali 1959 yilda Qumul yaqinidan topilgan. Uni Yahyo
Rahim ismli chorvachi mol boqib yurgan paytda topib olgan. Hozir ushbu qo`lyozma Shinjon uyg`ur avtonom rayonining tarix muzeyida saqlanmoqda. Asar 293 varaq, 586 betdan iborat bo`lib, har qaysi sahifaga 30-31 qatorli uyg`ur yozuvidagi matn o`ngdan chapga qarab ko`chirilgan.
Budda diniy asarlariga Turfondan topilgan “Sakkiz yukmak”, “Tishastvistik”sutralari hamda “Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqidagi qissa” asari ham kiradi.Qadimgi turklar uyg`ur yozuvi bilan bir qatorda money xatidan ham foydalanganlar. Shuning uchun uyg`ur xatidagi qadimgi yozma manbalardan ayrimlarining money yozuvidagi nusxalari ham bor. Moniylik kulti aks etgan madaniy yodgorliklardan biri “Xuatuanift”(Monaviylarning tavbanomasi)ning uchta qo`lyozmasi ma`lum bo`lib, Turfon yaqinidagi ostona degan joydan topilgan. Asar dastlab qadimgi eroniy tillarning birda yaratilib, turkiy tilga tarjima qilingan deb taxmin qilinadi. Lekin tarjima qaysi davrda amalgam oshirilganligi noma`lum. V.V.Radlov uning ayrim belgilariga asoslanib, tarjima 5asrga mansub deydi.
Bizga qadar yirik asarlar bilan bir qatorda qadimgi turkiy poyeziya sifatida qarab kelinayotgan kichik hajmli asarlar ham saqlanib qolgan. Ular VIII-XIII asrlarda yaratilgan bo`lib, ayrimlari urxun-yenisey yodgorliklariga davrdoshdir.. Mazkur yozma yodgorliklardan A.Lekkok, V.Bang, A.Gaben, kabi olimlar namunalar nashr qildirganlar. Yozma manbalardan ularning ijodkorlarini ham aniqlashimiz mumkin.
Birmuncha keyingi davrga mansub adabiy, yozma til va so`zlashuv tili xususiyatlarini ifodalagan bir qator yuridik hujjatlar ham saqlanib qolgan.
Hujjatlar orasida kunjut yog`I, material yoki biron narsani qarzga oluvchi tomonidan yozilgan tilxatlar, yer ijara varaqasi, savdo sotiqqa doirlari, vasiyatnomalar, xojalik ishlariga oid yozishmalar bor.
O`rta osiyo xalqlarining kitobatchilik tarixi yozuv tarixi bilan bog`liq. XV asrda Movaraunnahr va Xurosonda uyg`ur yozuvidagi asarlar asosan Yazd, Xirot, Samarqand kabi madaniy markazlarda ko`chirilgan Turk xatida har kim ham ijod qilavermagan maxsus tayyorgarlikka ega bo`lgan kotiblarningnomlari ham ma`lum bo`lib ularni “baxshi” deb atashgan.
XIV – XV asrlarda uyg`ur xati arab yoyozuvining ta`sirida tobora istemoldan chiqib borayotgan edi. Turkiy adabiyotning “Qutatg`u bilig”, “Hibat ul haqoyiq” kabi asarlariningarab yozuvida bir qancha nusxalari bo`lishiga qaramay, XV asrda ularning uyg`ur xatidagi nusxalari ham ko`chirildi .
Kitobat san`atining eng go`zal namunalari qatoriga britaniya muzeyidagi Or 8193 nomerli majmuani, “Hibat ul haqoyiq”ning Samarqand qo`lyozmasini, “Me`rojnoma” kabilarni kiritishimiz mumkin. Bu qo`lyozma kitoblar o`zining nafisligi, sharqona san`ati, takrorlanmas bezaklari bilan kishini hayratga soladi.
Turk yozuvidagi kitoblarda uning xatiga alohida e`tabor berilgan. Turli siyohlar ishlatilgan. Zarur o`rinlarda zarhal harflardan ham foydalanilgan. Kitobat talabidan kelib chiqib XIV-XV asrlarda O`rta Osiyo madaniy muhitida Turfon yodgorliklari yozuv shaklidan farq qiluvchi bir qancha husnixat uslubining shakllanishi xarakterlidir. Odatla arab xatidagi qo`lyozmalarda asarning nomi matn orasiga kiritilgan. Bu borada turkiy xatdagi bitiglarning o`ziga xosligi shundaki, dastlab asarning nomini yirik
harflarda ajratib yozib, undan keyin asar ko`chirilar edi.
Umuman O`rta Osiyoda uyg`ur xati bilan ajoyib qo`lyozma kitoblar yaratildi. O`zining betakrorligi, sharqona ruhi bilan bu davr kitobatchiligining madaniyatimiz tarixidagi ulushi juda katta.




  1. Yüklə 60 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin