kuch ta’sir qiladi. 3. Elektrostatik maydonning shu nuqtasining kuchlanganligi deb unda joylashtirilgan birlik musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuch bilan aniqlanadigan kattalikka aytiladi. yoki skalyar ko`rinishdaΕ= Agar maydonni musbat zaryad hosil qilsa, tashqariga sinash zaryadini itarish tomonga), agar maydonni manfiy zaryad hosil qilsa, zaryad tomonga (sinash zaryadini tortish tomonga) yo`nalgan bo`ladi. Rasmda musbat va manfiy zaryadlarning A nuqtada hosil qilgan maydon kuchlanganliklari ko`rsatilgan. SI da elektr maydon kuchlanganligining birligi = Kuchlanganlik chiziqlari. Elektr maydonini kuchlanganlik chiziqlari yordamida grafik ravishda tasvirlash ancha qulaydir. Maydonning kuch chiziqlari yoki kuchlanganlik chiziqlari deb, har bir nuqtasiga o`tkazilgan urinma maydonning shu nuqtasining kuchlanganlik vektori yo`nalishi bilan mos keluvchi chiziqlarga aytiladi. 93-rasm Kuchlanganlik chiziqlari hech qachon kesishishmaydi. YOpiq chiziq xarakteriga ega emas.Ularning boshlanish va tugash nuqtalari mavjud yoki cheksizlikka borib tugashadi. Bu xususiyatlar tabiatda ikki xil elektr zaryadi mavjudligining natijasidir. Shartli ravishda kuchlanganlik chiziqlari musbat zaryaddan chiquvchi va manfiy zaryadga kiruvchi deb qabul qilingan. Elektrostatik maydon kuchlanganligining nafaqat yo`nalishi va balki qiymatini ham xarakterlash uchun kuch chiziqlarini ma’lum qalinlikda o`tkazishga kelishilgan. Elektrostatik maydon kuchliroq bo`lgan joyda kuchlanganlik chiziqlari qalinroq va aksincha, maydon kuchsizroq bo`lgan joyda kuchlanganlik chiziqlari siyrakroq bo`ladi.