O'zbekiston respublikasi


Iqtisodiyotdanodavlatsektori33(%hisobida)



Yüklə 378,5 Kb.
səhifə9/14
tarix02.06.2023
ölçüsü378,5 Kb.
#123987
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Convert dokumen tips kurs ishi 2020 6 14 asosiy qism 1 oazbekistonda

Iqtisodiyotdanodavlatsektori33(%hisobida)


    1. jadval



::'ИсломКаримов.Асарлар,1-жилд,Т.,«Ўзбекистон»,1996,309-бет.
33Статистиктўплам,Т.,―Ўзбекистон,2011,64-бет‖




1995yil

2000yil

2010yil

YaIM

58.4

72,6

81,7

Sanoat

49,1

63,9

91,0

Qishloqxo’jaligi

97,6

99,1

99,9

Qurilish

62,1

81,2

89,6

Transport

13,9

30,7

56,0

Aloqa

x

82,4

96,1

Chakanasavdoaylanmasi

91,7

96,8

99,9

Pullikxizmat

34,6

57,1

81,7

Tashqisavdo

x

70,4

79,4

Bandlik

69,0

75,9

79,1

Iqtisodiy adabiyotlarda Yevropaning yetakchi mamlakatlari hisoblanadigan FransiyavaGermaniyadadavlatningiqtisodiyotgaaralashuvdarajasi48foiz,


«superkommunistik»Skandinaviyamamlakatlarida54-55foizdebko’rsatiladi.
Bu ko’rsatkichlar bozor mukammal, o’zini o’zi tartibga solib turuvchi tizim, davlatning unga aralashuvi iloji boricha past darajada bo’lishi kerak deb hisoblaydigan klassik bozor iqtisodiyotini ma’qul ko’radigan Shimoliy Amerika modeli ko’rsatkichidan ancha yuqoridir. 4-jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ulushi va aralashuvi muttasil kamayib bormoqda.
2010 yilda mamlakatimizda davlat sektorining ulushi yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda 18,3 foiz, sanoatda 9,0, qishloq xo’jaligida 0,1, ko’rilishda 10,4, transportda 44,0, aloqada 3,9, chakana savdo aylanmasida 0,1, pullik xizmat ko’rsatishda 20,6, tashqi savdoda 8,3 va bandlikda 20,9 foizni tashkil etdi. Bu raqamlar davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnini to’liq ko’rsata oladimi? Yo’q, albatta. Iqtisodiyotdagi davlat sektoridagidan hayotimizdagi davlatning urni va roli ancha katta va rang-barangdir.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat iqtisodiyotni tartibga solish, qayta taqsimlash mexanizmi orqali aholi manfaatlarini himoya qilishi, iqtisodiyfaoliyatning huquqiyasoslarini, bozorshart-sharoitlarini yaratishi, iqtisodiy erkinlik va tenglikni kafolatlashi, bozor institutlarini shakllantirishi, tadbirkorlik tizimlarini qaror toptirish va rivojlantirishga ko’maklashishi, raqobat muhitini vujudga keltirishi, tarkibiy qayta ko’rishlarni amalga oshirishi zarur. Bundadavlattartibgasolishning moliya,kredit,soliq,valyutasiyosati,narx-navoni nazorat qilish vositalaridan keng foydalanadi. Davlat yirik dastur va loyihalarni moliyalashtiradi, chet el investisiyalarini kiritishga kafolat bo’ladi.
O’tish davrida davlatning iqtisodiyotni tartibga solish roli nafaqat davlat sektori, balki xususiy sektorga nisbatan ham muntazam kuchayib bordi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish davlat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan va mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiyrivojlanishini ta’minlashga qaratilgan qonunchiliq ijroiya va nazorat harakteriga ega bo’lgan chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishdir.
Bozormunosabatlarigao’tishjarayonidaiqtisodiyotnidavlattomonidan tartibgasolishningahamiyatishakllanganbozortartiblaridananchaustunbo’ldi. Bu-tabiiy.O’tishdavridaqabulkilinadiganiqtisodiyotgaoidqonun,uarorva qoidalarningko’lamig’oyatkengbo’lib,ularninghayotgatatbiqetilishimuhim ahamiyatgaega.Shuningdek,o’tishdavrisharoitidabozormexanizmininghali to’laqonli ishga tushib keta olmasligini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim.Ma’muriybuyruqbozlikkaasoslanganrejaliiqtisodiyotdanbozoriqtisodiyotiga o’tish o’z-o’zidan yuz bermaydi. Shuning uchun ham, davlatning asosiy vazifalaridanbiriushbujarayonnitartibgasolish,iqtisodiyotningbirmaromda faoliyatko’rsatishinita’minlashmaqsadidabozorinfratuzilmasinishakllantirishdir.
Bozoriqtisodiyotigao’tishdavridaO’zbekistondadavlatqo’yidagiasosiy iqtisodiy vazifalarni bajardi:
-pulemissiyasi,pul-kredit,soliqvabyudjettiziminitartibgasolish;
-fuqarolarning huquq va erkinliklarini. mulkdorlar va xo’jalik subyektlari huquqlarini kafolatlash;
-makroiqtisodiybarqarorliknita’minlash;
-monopoliyagaqarshichora-tadbirlarniamalgaoshirishvaraqobatmuhitiniyaratish;
-ilm-fanvaaxborottexnologiyalarinirivojlantirish;
-faoltashqiiqtisodiysiyosatyuritish;
-umumdavlat ahamiyatiga ega ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik infratuzilmani rivojlantirish;
-kamta’minlanganaholiguruhlariniijtimoiyhimoyalash;
-atrof-muhitnimuhofazaqilish;
-iqtisodiyotningtarmoqvahududiytarkibinioptimallashtirish;
-mamlakatiqtisodiyxavfsizliginita’minlash;
-bozormunosabatlarininghuquqiyasoslariniyaratish;
-ijtimoiy-iqtisodiyrivojlanishstrategiyasiniishlabchiqishvaamalgaoshirishva hokazolar.
O’zbekistonda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish huquqiy, ma’muriy va iqtisodiy usullar bilan birgalikda olib borildi. Turli mulk shaklidagi korxonalar va bozor institutlarining (bank, birja, aksionerlik jamiyatlari) faoliyat ko’rsatishi me’yorlarini ta’minlovchi, bozor sharoitiga mos yangi soliq sug’urta, aholini ijtimoiy himoyalash, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, kichik va xususiy biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonunlar tizimi yaratildi.
Iqtisodiy faoliyatning alohida sohalarini boshqarish ta’kikdlash, ruxsat berish va majburiy chora-tadbirlar orqali amalga oshirildi. Ma’muriy yo’l bilan monopolist korxonalar va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulot narxlari ustidan davlatnazoratio’rnatildi.Alohidatovarlareksportvaimportkvotalario’rnatildi
yoki lisenziyalar belgilandi. Ijtimoiy sohalar va ekologiya masalalarida ham davlatning ma’muriy usullaridan foydalanildi.34
Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullari tizimini yaratish davlatning o’tish davridagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Shu maqsadda davlatning iqtisodiy siyosati (pul-kredit, moliya-byudjet, soliq, valyuta, bojxona, narxlar, amortizasiya va boshqalar) ishlab chiqildi va izchil amalga oshirildi. Shuningdek, davlat buyurtmasi, kvotalar, lisenziyalar, byudjetdan moliyalashtirish, prognozlashtirish va dasturlar ishlab chiqish kabi tartibga solish vositalaridan keng foydalanildi.
2008yildaboshlanganglobalmoliyaviy-iqtisodiyinqirozPrezidentimizIslom Karimov tomonidan ilgari surilgan davlatning bosh islohotchi bo’lishiga oid tamoyil naqadar to’g’riligini va hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi. Globalinqiroz sharoitida ko’plab davlatlar juda katta miqdordagi oltin-valyuta zaxiralari va jamg’armalarini o’z moliya-kredit tizimini saqlab qolishga sarflashga majbur bo’ldi. Shu yo’l katta bankrotliklarning oldini oldi, iqtisodiyotning arteriyasi hisoblanadigan bank tizimini xalokatdan ko’tkardi. Birgina AQShning o’zi Federal zaxira jamg’armasidan bir necha yuz milliard dollardan iborat mablag’ni inqiroz oqibatlarini yumshatishga sarfladi. 2010 yilning boshida Shveysariyaning Davos shahrida o’tgan an’anaviy xalqaro iqtisodiy forumda davlat arboblari va iqtisodchilar «davlat aralashmaganida hamma narsa bir zumda barbod bo’lar edi» deb ruy-i rost tan oldilar. Bu gap zamirida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz"eshik qoqqan" murakkab sharoitda mamlakatlar bank-moliya tizimiga davlat yordamga kelmaganida butun jahon iqtisodiyoti bir zumda inqiroz botqog’igag’arq bo’lar edi, degan e’tirof bor35.
O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorliq katta oltin-valyuta zaxiralarining mavjudligi, rivojlanish jamg’armasi imkoniyatlari, tashqi qarzning minimumga tushirilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida bunday murakkab masalarni o’z vaqtida samarali hal qilish imkonini berdi. Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kazuxiko Xiguchi haqli ravishda ta’kidlaganidek, "o’zbek modeli"ning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, davlat boshqaruvi makro darajada, bozor iqtisodiyotini shakllantirish esa mikro darajada amalga oshirishni nazarda tutadi. O’zbekistonda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar mutanosib va barqaror rivojlanishga, sanoatni modernizasiya qilish va texnologik qayta jihozlashga xizmat qilayotir. Makroiqtisodiy,tuzilmaviyvainstitusionalo’zgarishlarda,ayniqsa,kichikbiznesni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda".
Erkin raqobat davrlaridan farqli o’laroq, bugun zamonaviy iqtisodiyotda miqdor va sifat o’zgarishlari yuz berib, faoliyat ko’rsatish tizimi g’oyat murakkab vaziddiyatlitusolmoqda.Agaro’tganasrdamonopoliyalariqtisodiyotdanoyob


34Н.ТўхлиевТараққиѐтнингўзбекмодели.Т.:2012.119-122 бетлар


35И.А.КаримовЖаҳонмолиявий-иқтисодийинқирози,Ўзбекистоншароитидаунибартарафэтишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 49-бет
holat sifatida uchragan bo’lsa, endilikda har bir bozor, tarmoqlarning katta qismi monopol korxonalar ta’siriga tushib qolayotir. Transmilliy korporasiyalar bozor va uniig segmentlaridan kattaroq ulush olish maqsadida keng tomir yoymoqda. Natijada, iqtisodiyotni muvozanatga keltirib turuvchi bozor mexanizmining to’laqonli faoliyat doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash vazifalarining ahamiyati ortmoqda.
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog’liq shunday sohalar borki, ular odatda ulkan hajmlarda investisiyalar kiritishni talab qiladi. Oddiy tadbirkor va korxonalarning bunga qurbi yetmaydi. Ko’p hollarda bu sohalar daromad keltirmaydi yoki foydasi uzoq vaqtdan keyin kelishi mumkin. Odatda, bunday sohalar, masalan, transport, kommunikasiya, ekologiya, energetika xizmatlaridan barcha barobar foydalanadi. Davlat bozor tizimining samarali ishlashiga yordam ko’rsatuvchi muhit va poydevor yaratadi, iqtisodiyotiing barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar beruvchi yagona qoidalarni joriy qiladi, raqobatni rag’batlantiradi, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshiradi. daromadlarni taqsimlaydi, keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida uni qayta taqsimlaydi, iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlaydi va hokozo.
Davlatning islohotchilik roli va ahamiyati shu bilan tugamaydi.O’zbekistonda davlat ijtimoiy sohadagi islohotlarga ham rahnamolik qilib kelmoqda. Shu maqsadda davlat byudjetidan ta’lim, sog’likni saqlash, sport, kommunal xizmat va boshqa ijtimoiy sohalarga sarflanadigan mablag’lar hajmi yildan yilga oshirilmoqda. Ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va uy-joy bilan ta’minlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar ko’lami keng va samarasi g’oyat yuqori. Ijtimoiy infratuzilma barqaror faoliyat ko’rsatmokda va rivojlanmokda. 2010 yilda O’zbekistonda 9860 umumta’lim maktabida 4676,1 ming o’quvchi, 1539 o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 1623,1 ming o’quvchi, 66 oliy ukuv yurtida 300 mingdan ziyod talaba tahsil oldi36.
1997yildanKadrlartayyorlashmilliydasturiizchillikbilanvasamarali amalga oshirilmoqda. Dastur aholining uzluksiz ta’lim olishini, ta’lim tiziminingjamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlarini, iqtisodiyotdagi yuqori malakali kadrlarga bo’lgan extiyojlarni nazarda tutadi. 2004-2010 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi doirasida maktablarning aksariyat qismi qaytadan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, gaz, suv va aloqavositalari bilan ta’minlandi, markazlashgankanalizasiya tarmoqlarigaulandi. 1998-2010yillardao’rtamaxsus,kasb-hunarta’limio’quvmuassasalarini yangidanqurishvarekonstruksiyaqilishmaqsadida2,5trillionso’mmablag’
sarflandi37.




36Н.ТўхлиевТараққиѐтнингўзбекмодели.Т.:2012.126бет
37Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил Ватанимиз тараққиѐтини янги босқичгакўтарадиганйилбўлади»мавзусидагимаърузасиниўрганишбўйичаўқувқўлланма.-Т.:
«O`qituvchi»НМИУ,2012.46бет
Har yili ta’lim sohasiga ajratilayotgan harajatlar YaIMning 10-12 foizini tashkil etmoqda.
1998 yilda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi qabul qilindi. Dasturga muvofiq mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko’p sarf-harajat talab etadigan va samarali bo’lmagan tibbiy yordamdan yangi zamonaviy ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat turlariga o’tish boshlandi. Sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida birgina 2010 yilda 2 trillionso’mdan ziyod mablag’ sarflandi. Bu sohodagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri ona va bola salomatligini muhofaza qilishdir.Mamlakatimizda davlatning bevosita ishtirokida qudratli farmasevtika sanoati yaratildi.
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturi amalga oshirildi. O’tgan davr mobaynida davlat kafolati bilan kommunal soha rivojiuchun 700 million AQShdollari miqdoridagiuzoq muddatliimtiyozlixorijiy investisiya va kreditlar jalb etildi. Umuman har yili davlat byudjetining yarmidan ziyodrog’i ijtimoiy sohaga sarflanmoqda. Birgina ta’lim sohosiga ajratilayotgan mablag’lar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu qadar keng ko’lamli harajatlarni faqat davlat kuchi va imkoniyatidan foydalanib amalga oshirish mumkin, xolos.
Bundan tashqari davlat iqtisodiy erkinlikni ta’minlaydi, iqtisodiy-ijtimoiy va institusional islohotlarni amalga oshirishning strategik maqsad va vazifalarini belgilaydi, raqobat va tadbirkorlik tuzilmalarini shakllantiradi va rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi, tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshiradi, ishlab chiqarishning tarmoq va xududiy nisbatini ta’minlaydi, yagona moliya, kredit,soliq valyuta, narx siyosatini amalga oshiradi.
Global moliyaviy iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kuchaytirdi. Bu sharoitda davlat bankrotlik yoqasiga kelib qolgan korxona va xizmat turlarini qayta milliylashtirib, «tiriltirib» yana o’z tasarrufidan xususiy qo’llarga sotish amaliyotini ham qo’lladi.38
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni diversifikasiyalash jarayonida davlatning o’rni va roli katta. Modernizasiyalash ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo’lib, iqtisodiyotning asosiy negizini o’zgartirmasdan turib, muttasil takomillashtirish bo’yicha davlat tomonidan jahon taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda ko’riladigan chora-tadbirlar tartibotidir. Modernizasiyalash davlatning investision va ijtimoiy siyosatini o’zida ifoda etib, soliq tartibini takomillashtirishni, iqtisodiyot tarkibini davlat tomonidan boshqarishni, boshqaruv organlari vazifalariga o’zgartirishlar kiritishni taqozo etadi. Modernizasiyalash milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni tarkibiy, institusional, texnologik takomillashtirish jarayoni sifatida davlatning islohotchiligiga tayanadi. Davlat modernizasiyalashningfaolsubyektisifatidauningmaqsadi,vazifalari,ustuvor




38И.А.КаримовЖаҳонмолиявий-иқтисодийинқирози,Ўзбекистоншароитидаунибартарафэтишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 63-бет
yo’nalishlari, uni amalga oshirish sur’atlari, resurslari va innovasion asoslarini belgilaydi. Modernizasiya ilmiy va mehnat sig’imi yuqori bo’lgan texnologiyaga o’tishni anglatadi va ishlab chiqarishning innovasion yo’nalishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Yüklə 378,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin