Viloyat (tuman, shahar) moliya organi rahbari__________________________ ______
(ismi-sharifi) (imzo)
(muhr o‘rni) 3-mavzu. Mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish
Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
I.Kirish. O’sarova Hurshida Suyunovna 01.05.2023 sanadan 05.05.2023 gacha Sirdaryo viloyati Guliston shaxardagi Moliya va Iqtisodiyot bo’limida Mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish yo’nalishlar bo’yicha malakaviy amaliyot o’tadim.
II.Asosiy qism. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmini isloh qilishga, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, qator choratadbirlar amalga oshirildi. Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qator ijtimoiy sohalar: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi organlari muassasa va tashkilotlari budjet tashkiloti maqomida faoliyat qiladi. Davlat byudjetining katta miqdori ham aynan shu sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda. Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, moliyalashtirish uchun qabul qilish tartiblari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli tarmoq vazirliklarining me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Lekin oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining g‘azna ijrosi mexanizmlarining joriy etilishi, budjet mablag‘lari hisobidan davlat xaridlarini tashkil etish tartiblarining belgilanishi va budjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlari xarajatlarini aniq rejalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishni talab etmoqda. Respublikamizda xarajatlar smetasidan samarali foydalanish borasidagi asosiy kamchiliklar byudjet tizimining kengligi, xarajatlar smetasini tuzishning va g’aznachilik tizimining shaffof emasligida namoyon bo’lmoqda. Ayrim hollarda xarajatlar smetasini shakllantirish tamoyillarining buzilishi, xarajatlarning rag’batlantirish vazifasini to’laqonli bajarmayotganligi holatlari kuzatilmoqda. Natijada byudjet tashkilotlarining moliyaviy tang holatlarga tushishiga ham yuz bermoqda. Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Xarajatlar smetasi byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar xarajatlar moddalari bo’yicha aks ettiriladigan hujjat hisoblanadi. Demak, smeta notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag’larining tashkil topishi va sarflanishi to’g’risidagi axborotni o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini to’lashga va joriy faoliyatga xarajatlar byudjetdan ajratilganligini, shuningdek mablag’larning maqsadliligi va choraklar bo’yicha taqsimoti hajmini belgilovchi hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma’lumotlaridan ham kengroq tushunish mumkin. 2013 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining qabul qilinishi natijasida yuqoridagi nizom orniga yangi me’yoriy hujjat - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”2 kuchga kirdi. Ushbu Nizomga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi: yakka (individual) smetalar; - jamlanma smetalar; - budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar; - markazlashgan tadbirlar uchun smetalar. Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida olingan muassasa bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat umumta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar mustaqil ravishda budjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi. Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha tuziladi (masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi bo‘yicha). O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi - budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta (daromad va xarajatlar smetasi) - tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi. Masalan, oliy va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalarida talabalarni o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar va ularni ishlatish yo‘nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2634-sonli Nizom) bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta asosida rejalashtiriladi. Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar - vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh bilan ta’minlash, birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv qurollari va anjomlari komplekti taqdim qilish bilan bog‘liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasida markazlashgan tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi. Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik muddatga - 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko‘rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi). Vaqtinchalik xarajatlar smetasi - budjet tashkilotining (yoki budjet mablag‘lari oluvchining) xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonun hujjatlaridagi o‘zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun tuziladi, ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda har oylik xarajatlar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragida budjet tashkiloti tomonidan sarflangan budjet mablag‘larining uchdan bir qismidan oshib ketmasligi shart. “Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi, bunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi birinchi chorak uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‘lishi mumkin emas. Shtatlar jadvali esa doimiy ishchilarning lavozimlari nomlarining ro’yxati bo’lib, unda bir nomdagi lavozimlar va lavozim bo’yicha maoshlarning hajmi qayd etiladi, u mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi. Shtat jadvali korxona, tashkilot va muassasalarning tarkibiy bo’linmalari shtatlarini tegishli toifadagi ishchilar bilan to’ldirib olish huquqini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning budjetdan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bilan belgilangan. Byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzishda mehnatga haq to’lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narx va tariflar barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlardan tashqari) bo’yicha - mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1 yanvarida amalda bo’lgan shartlarda; mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlar bo’yicha - mazkur tashkilot faoliyat ko’rsatishi boshlangan oyning birinchi sanasi holatiga ko’ra hisobga olinadi. Byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo’shimcha xarajatlarga byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritiladi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi ming so’mda tuziladi. Byudjet tashkilotlarining shtat jadvallari va byudjet mablag’larini taqsimlovchilarining jamlanma shtat jadvallari so’mda tuziladi. Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilari tomonidan belgilangan shaklda tuziladi. Moliya organlari va byudjet mablag’larini taqsimlovchilar byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir. Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi.
Xulosa. Men O’sarova Hurshida Suyunovna ushbu amaliyot davomida Sirdaryo viloyati Guliston shaxardagi Moliya bo’limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qator ijtimoiy sohalar: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi organlari, byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish xarajatlar smetasi asosida amalga oshirish. Xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta (daromad va xarajatlar smetasi) - tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi.