O’zbеkistоn rеspublikаsi


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix20.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#132840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3.01 TENNIS NAZARIYASI VA USLUBIYATI 1-kurs

 
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari 
 
Fanning maqsad va vazifalarini amalga oshirilishi, dasturda qo‘yilgan 
talablarni bajarilishi talabalarda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid kasbiy-
pedagogik bilim, malaka va ko‘nikmalarni mukammal o‘zlashtirish imkonini 
beradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar 
qo‘yiladi. Talaba:
- jismoniy sifatlar, texnik-taktik usullar, ularning fazalari, elementlari, 
qismlari, nazariy asoslarini o‘zlashtirish haqida tasavvurga ega bo‘lish; 
- tennis sport turining jismoniy tarbiya tizimidagi ahamiyati, sport turining 
rivojlanish tarixi; mashg‘ulot jarayonining tuzilishi; shug‘ullanuvchilarning jinsi, 
yoshi, jismoniy tayyorgarlik xususiyatiga qarab mashg‘ulotlarni rejalashtirish, 
o‘tkazish va yuklamalarni me’yorlash talablarini bilishi va ulardan foydalana 
olishi;
- tennis texnikasi va taktikasini bajarishga o‘rgatish; tennis bo‘yicha turli 
lavozimlarda hakamlik qilish, tennis sport turida ilmiy-tadqiqot ishlarni olib 
borish; tennis sport turining vositalari va uslublaridan foydalanish, tennis sport 
turiga sportchilarni saralash ko‘nikmalariga ega bo‘lish



- mashg‘ulot jarayonini va musobaqalarni tashkil etish, o‘tkazish; mashg‘ulot 
yuklamalarni rejalashtirish; pedagogik nazorat qilish; modellashtrish va bashorat 
qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.  
 
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 
I - modul: Fanga kirish 
1-mavzu. “Tennis nazariyasi va uslubiyati” faniga kirish 
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanadigan bakalavr-kadrlarning funksional 
faoliyati, jismoniy tarbiya va sportning millat genofondini shakllantirish, sog‘lom 
va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati, mazkur kasbning keng qamrovligi 
va ko‘p funksionalligi. Jismoniy tarbiya universitetida ta’lim olishning o‘ziga xos 
xususiyatlari bu jarayonda “Tennis nazariyasi va uslubiyati” fanining o‘rni, uning 
o‘quv rejasida belgilangan boshqa fanlar va pedagogik kasb tayyorgarligini o‘zga 
shakllari bilan uzviy bog‘liqligi. Tennis bo‘yicha o‘qituvchi-trener kasbining 
andozasi (modeli). 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin