Ko‘llar. Ko‘llar-gidrosfera komponenti bo‘lib geologik jixatdan nisbatan yaqinda bir necha o‘n ming yillarda, ayrimlarigina million yillar oldin shakllangan suv ekotizimlaridir. Dunyodagi ko‘pchilik ko‘llar muzlik davri oxirlarida, masalan SHimoliy Amerikada joylashgan Buyuk ko‘llarning paydo bo‘lishiga 10-12 ming yil deb taxmin qilinadi, Afrikada joylashgan Turkona ko‘lining yoshi 2-3 mln yil hisoblanadi, Baykal ko‘li sayyoramizdagi eng qadimiy ko‘l bo‘lib, uning yoshi 25-30 mln yil deb taxmin qilinadi. Olimlarning ta’kidlashicha muzlik davrida shakllangan ko‘llarning yoshi 13-15 ming yilga borishi mumkin. Uning sababi bu davr davomida ko‘llar loyqa va boshqa cho‘kindilar bilan to‘lib qolishi ko‘rsatiladi. Mavsum davomida qurib qoladigan ko‘llar yuqoridagi toifaga kirmaydi.
Ko‘pchilik ko‘llarda profundal zona borligi suv chuqurligidagi harorat rejimiga, uning “aralashuviga” va kislorodning taqsimlanishiga ta’sir etib turadi. Bu jurayonlar ko‘llarning harorat rejimi ko‘rsatkichi stratifikatsiyasi (zonalar bo‘yicha haroratning o‘zgarishi) singari mavsumiydir.
YOz o‘rta iqlim mintaqalaridagi ko‘llarning vertikal kesimiga (joylashuviga) qarab uch zonaga ajratish mumkin: epilimnion zona suv konfeksiyasi (aralashuvi) amalga oshadigan zona; termoklin-oraliq zona bo‘lib, yuqori qatlam (epilimnoin) suvi bilan aralashmaydigan qismi; gipolimnoin-sovuq suv yoki ostki qatlam zonasi bo‘lib, suvning aralashuvi jarayoni bo‘lmaydi.
Termoklin zona yorug‘lik tushish chegarasidan pastda, ya’ni evfotik zonadan pastda joylashgan, gipolimnion qatlam chegarasida kislorod zaxirasi tugaydi. YOzgi stognatsiya (tung‘unlik) davri boshlanadi. Kuzda haroratning tenglashuvi natijasida ko‘llardagi suvlarning umumiy aralashuvi kuzatiladi va gipolimnion qatlam ham kislorodga boyiydi. Qishda muz tagidagi haroratning +4So ga pasayishi suvdagi zichlikning kamayishiga olib keladi, natijada ko‘l qatlamlari stratifikatsiya (tabaqalanishi) jarayoni kuzatiladi va qishki stagnatsiya (turg‘unlik) davri boshlanadi.
Bahordagi suv haroratining +4So ga ko‘ralishi bilan ko‘l muzlari erish kuzatiladi, suvning og‘irligi oshadi va bahorgi suvning aralashuvi jarayoni amalga oshadi. Bunday jarayonlar Evroosiyo va SHimoliy Amerika ko‘llariga xosdir. Qutublarda va subtropik zonalardagi suv havzalarida suvlarning aralashuvi (konveksiyasi) yilda bir marta: qutublarda yozda; subtropiklarda qishda kuzatiladi.
Tropik mintaqalardagi suv havzalaridagi suvning aralashuvi davomiy holda bo‘ladi, ammo sekin amalga oshadi. Umumiy aralashuvi kamdan-kam hollarda va muntazam bo‘lmaydi.
Fitoplanktonlar gullashi suvlarning aralashuvi, ya’ni yorug‘lik tushadigan qatlamlarga fotik zonalarga tabiiy biogenlarga boyigan suvlarning aralashuvi jarayoni davriga to‘g‘r keladi.
Ko‘llar suvining mahsuldorligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi.
1). Oligotrofli (kam ozuqali) ko‘llar.
2).Evtrofli (ozuqali) ko‘llar.
Lentik ekotizimlar maxsuldorligi ular atrofidagi quruqlikdan tushib turadigan moddalarga, hamda ko‘llarning chuqurligiga bog‘liq, sayoz ko‘llar mahsuldorroq bo‘ladi.