“TASDIQLAYMAN”
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori____________X.B.Yunusov
2023 yil “___” ________
60710400- Ekologiya va atrof - muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Fan /modul kodi ЕЕ1408
Oʻquv yili 2023-2024
Semestr 4/5
ECTS-Kreditlar 4
Fan /modul turi Majburiy
Ta’lim tili Oʻzbek
Haftadagi dars soatlari 4
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Ekosistemalar ekologiyasi
120
120
240
2.
I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishning maqsadi – tabiatda yuz beradigan ekologik o‘zgarishlarni kishilar jamiyatiga ta’sirini tahlil qilib, butun borliqni: toza havoni, biologik xilma-xillik kabilarni saqlab qolish va kelgusi avlodga yetkazishni o‘rganishdan iborat. Talabalarning Ekosistemalar ekologiyasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Fanning vazifasi – Ekosistemalar ekologiyasi fanining amaliy vazifasi, eng avvalo, O‘zbekiston Ekologik holatini o‘rganish, ulardan va biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni hal etishda o‘z ifodasini topadi. Ekosistemalarni barqarorligini saqlash, yovvoyi va uy hayvonlarining tabiiy biotsenozlarning ta’sirini o‘rganish, biotsenozlar mahsuldorligi va barqarorligini saqlash eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu.Kirish.Ekosistemalar ekologiyasi fanining maqsadi va vazifalari, o‘rganish tarixi. Fanining obyekti, fanning metodlari, fanning rivojlanish bosqichlari. Atrof-muhitni ifloslanishidan saqlash, aholini ichimlik suvi, ekologik toza oziq maxsulotlari bilan ta’minlash, biologik hilmahillikni asrash, iqlim o‘zgarishlarining oldini olish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish. Ekosistemalar ekologiyasi fanining maqsadi va vazifalari, o‘rganish tarixi. Energiya oqimi va ekosistemalar mahsuldorligini aniq hisobga olish, ulardagi modda aylanishini boshqarish orqali odamlar uchun ko‘proq hosil olish.