Oʻzbekiston respublikasi


III. Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə14/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

III. Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Fan talabalarning bilimiga va ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • ekologik omillar va ekologik tizimlar, tabiiy resurslar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, Veterinariya sohasida ekologik bilimlardan foydalanib innavasion g‘oyalarni joriy etgan holda atrof muhitni muhofaza qilish, atrof-muhitni beqarorlik va izdan chiqishidan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirishga oid bilimlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • flora va fauna turlar tarkibini o‘zgarishi, ekosistema barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlar; ekosistemadagi jarayonlarni boshqarish imkoniyatlarini; tabiatdan foydalanishning ekologik priniplari; o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, tabiat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni rejalashtira olish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • Ekologik havfni oldindan aniqlash va uning oldini olish. Yer, suv, havo tozaligini asrash, o‘simlik va hayvonlarning yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, barqaror taraqqiyotga erishish to‘g‘risida malakalariga ega bo‘lishi kerak.

IV.O‘qitish usullari:
Fanni o‘qitish jarayonida zamonaviy uslublardan foydalanish, sohadagi muammolarni ta’limning ommaviy shakllari bilan bog‘lab, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlab borish lozim. O‘quv materiallarini talabalar tomonidan unumli o‘zlashtirish uchun ko‘rgazmali qurollar o‘qitishning texnik vositalari, mikroorganizmlardan quruq va ho‘l preparatlari hamda mikrobiologiya bo‘yicha chop etilgan ma’ruza matnlaridan keng foydalanish, talaba bilimini baholash tizimini joriy etish. Ma’ruza mashg‘ulotlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar foydalaniladi.
"Ekosistemalar ekologiyasi" kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
Tizimli yondoshuv.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv.
Dialogik yondoshuv.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
Muammoli ta’lim.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin