Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: dars jadvaliga asosan
Talablar:
Fan uchun mas’ul kafedra: Biologiya, ekologiya va dorivor o‘simliklar
Instruktor to‘g‘risida ma’lumot Kafedra joylashgan joyi: SamDVMCHBU, 6-o‘quv binosi, 697-xona Telefon: +99893-335-94-27 ish telefoni; mobil: +99893-335-94-27
E.mail.boymurodov1971@mail.ru vaqti: Uchrashuvga ko‘ra
Fanni o‘qitishdan maqsad - Fanni o‘qitishning maqsadi – tabiatda yuz beradigan ekologik o‘zgarishlarni kishilar jamiyatiga ta’sirini tahlil qilib, butun borliqni: toza havoni, biologik xilma-xillik kabilarni saqlab qolish va kelgusi avlodga yetkazishni o‘rganishdan iborat. Talabalarning Ekosistemalar ekologiyasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Fanning vazifasi– Ekosistemalar ekologiyasi fanining amaliy vazifasi, eng avvalo, O‘zbekiston Ekologik holatini o‘rganish, ulardan va biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni hal etishda o‘z ifodasini topadi. Ekosistemalarni barqarorligini saqlash, yovvoyi va uy hayvonlarining tabiiy biotsenozlarning ta’sirini o‘rganish, biotsenozlar mahsuldorligi va barqarorligini saqlash eng dolzarb vazifalardan sanaladi.