Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə22/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Yakuniy nazorat yozma ish shaklida (YN) –60 ballni taqsimlanish:



Savollar qaysi mash’ulot turiga tegishli

Ball

1

Ma’ruza mash’ulotdan

0-12 ball

2

Ma’ruza mashg’ulotdan

0-12 ball

3

Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotdan

0-12 ball

4

Mustaqil ta’lim- nazariy

0-12 ball

5

Mustaqil ta’lim-amaliy, seminar, laboratoriya

0-12 ball




JAMI

0-60 ball



Yakuniy nazorat test shaklida (YN) –60 ballni taqsimlanish:



Savollar qaysi mash’ulot turiga tegishli

Savollar soni

Ball

1

Ma’ruza mash’ulotdan

30 ta

0-30 ball

3

Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotdan

10 ta

0-10 ball

4

Mustaqil ta’lim- nazariy

10 ta

0-10 ball

5

Mustaqil ta’lim-amaliy, seminar, laboratoriya

10 ta

0-10 ball




JAMI

60 ta

0-60 ball




Asosiy adabiyotlar

1

O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob” I 1-2 tom. “Chinor” 2009.

2

Raximova T.U., Raximova Sh.D. O’qituvchilarda ekologiyani o’qitishning didaktik asoslari. ”Xalq ta’limi jurnali” №2. 2015.

3

Tursunov X.T., Raximova T.U. Ekologiya. Toshkent. “Chinor” 2006 y. Tursunov X.T., Raximova T.U. Ekologiya. Toshkent. “Chinor” 2006 y.

4

Sultonov R.S. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari.T.,”Musiqa”.,2007.-234b.

5

A.A.Juchenko. Adaptiv o’simlikshunoslik, Kishenyov 1988, 538 b.

6

Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., “Yangi asr avlodi”.2005.- 430 b.

Tavsiya qilinadigan qo`shimcha adabiyotlar

1

Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent, O‘zbekiston nashriyoti, 2017.

2

Yu.Odum. «Ekologiya». 1986.

3

2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. Toshkent, O‘qituvchi, 1991.

4

3. Ю.Одум. Экология. В 2-х томах. М.: Мир, 1986. Т.1- 328с.; Т.2 - 376с. 

Internet saytlar.

1

www. enn.uz; www.ziyonet.uz; www.naukaran.ru;

2

www.maik.ru; www.rusplant.ru; www.floranimal.ru.



Kafedra mudiri: prof. E.E. Qobilov
Mazkur modul Geografiya va ekologiya fakulteti kengashining 2022 yil “____” “________” dagi № “___” - sonli yigʻilishida koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan.


Kengash raisi: dots.A.X. Ravshanov
M.Oʻ.


Mutaxassislik fanlari bo`yicha fan dasturi sillabuslarni xorij tajribasini o`rgangan holda transformatsiya qilish bo`yicha ishchi guruh:


Rais: M.E.Mo`minov imzo


a`zo: B.Sh.Safarov imzo
Kelishilgan
SamDU oʻquv uslubiy
boshqarma boshligʻi: Sh.A. Muranov
“____” “______” 2022 yil

Ma`ruza matni mundarijasi





Мавзу

Бет

1

Kirish. Ekosistemalar ekologiyasi fanining maqsadi va vazifalari, o`rganish tarixi.


18

2

Ekosistema va uning tuzilishi.

20

3

Ekosistemalarning biologik mahsuldorligi

21

4

Ekosistemaning asosiy qismlari va ularning ekosistemada tutgan o‘rni

23

5

Ekosistemaning asosiy funksiyasi

25

6

Ekologik piramida qoidasi,sonlar biomassa va energiya piramidasi. Ekosistemada energiya oqimi.

29

7

Quruqlik ekosistemalarining tuzilishi

31

8

Cho`l va chalacho`l ekosistemalarining tuzilishi

36

9

Adir ekosistemalarining tuzilishi

41

10

Agroekosistema ekosistemalarining tuzilishi

42

11

Okean ekosistemalari tuzilishi

45

12

Chuchuk suv ekosistemalarining tuzilishi

49

13

Daryo va ko’llar ekosistemalarining tuzilishi

54

14

Ekosistemalar dinamikasi

61

15



Barqaror va beqaror ekosistemalar.klimaks

62

16

EEkosistemalarda boradigan o’zgarishlar.

63

17

Qaytar va qaytmas sutkalik, mavsumiy va yillararo o’zgarishlari

66

O’TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALI


1-mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari, o’rganish tarixi
Reja:

    1. Ekosistemalar ekologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.

    2. Ekosistemalar ekologiyasida qo‘llaniladigan metodlar.

    3. Ekosistemalar haqida umumiy tushuncha.

Tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o‘rab gurgan o‘lik jinslar bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladilar. Har qanday katta-kichik biologik sistemalar o‘z ichida uchraydigan harakatdagi organizmlarni qamrab oladi, ularning bir-birlari va tashqi muhit omillari bilan munosabatlarini boshqarib, shu sistema ichida biotik tuzilishda energiya oqimini uni tirik va o‘lik qismida moddalar almashinishini ta’minlaydigan birliklar ekologik sistema yoki ekosistema deb ataladi.
Ekosistema ekologiyaning asosiy funksional birligi bo‘lib, unda tirik organizmlar va muhit omillari bir-birlariga ta’sir qiladilar. Er yuzasida hayotni tiriklik va gabiat qonunlarini ekosistemalar darajasida o‘rganiladi.
Biotsenoz va uning biotopi bir-biridan ajralmaydigan elementlar bo‘lib, ular bir-birlariga ta’sir qiladilar va ma’lum darajada turg‘un ekologik sistema hosil qiladilar. Ekosistema komponentlari ichida intensiv modda va energiya almashinishi uning belgilovchi xislati hisoblanadi. Ekosistema termodinamik jihatdan ochiq sistema bo‘lib, vaqg bo‘yicha turg‘un bo‘ladi. Ekosistema ikki komponentdan tashkil topgam bo‘lib, uning organik qismi biotsenozlardagi tirik organizmlarning turlari, noorganik qismi biotopni, turlarning yashash joyini tashkil qiladi.
Ekosistema biotip — biotsenozdan iborat bo‘lib, bu sistema bo‘yicha joyning relefi, iqlim, botanik, zoo- logik, tuproq, gidrologik va geoximik nuqgai nazardan ekosistema butun abiogik va biotik omillarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik ekosistemalar uzoq evolyusion rivojlanish va turlarning yashash muhitiga moslashishi jarayonida tashkil topgan. Ekosistemalar o‘z navbatida birlashib, biosferani hosil qiladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta ingliz ekolog olimi A. Tensli (1935) tomonidan fanga kiritilgan. SHu davrda V. N.Sukachevning «biogeotsenoz» atamasi ham kiritilgan.
Biogeotsenoz va ekosistema atamalarining tushunchasi bir-biriga yaqin, lekin bir-birini qaytarmaydi. To‘la o‘xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar guruhlarning yig‘indisi va ularning bir-birlari hamda muhit bilan munosabatini ifodalaydi.
V.N.Sukachevning fikricha, biogeotsenoz — bu tirik organizmlarning yashash muhitiga oddiy to‘planishi va muhit bilan doimo muloqotdagi o‘ziga xos yashash formasidir. Bio- geotsenozlar er yuzining turli joylarida hosil bo‘lishi mumkin. Ular oddiy (kichik suv havzalari) va murakkab (cho‘l, dasht) biogeotsenozlariga bo‘linadi. Ekosistemalar komponentlari va ularda bo‘lib turadigan jarayonlar biologik birlik, energiyaning kelishi va moddalar almashinishidan iborat. Bu erda Quyoshdan kelayotgan energiya bir tomonga yo‘nalib, biologik birlik tomonidan o‘zgarib, sifat jihatdan yuqori va murakkab organik moddaga o‘tadi va ener- giyaning konsentrlashgan formasiga aylanadi. Hamma ekosistemalar va biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi. Biosferaga kiradigan ekosistemalar energiya kelishiga, unga organizmlarning immigratsiyasi va emigratsiya qilishida energiya kirishi va chiqishida o‘zini boshqarib turadilar. Ekosistemadan chiqib ketgan boshqa ekosistemalarga o‘tgan (hayvonlar, qushlar migratsiyasi) organizmlar ma’lum atomlarini oldingi yashagan joyida (modda almashinishidagi chiqindilar) qoldirsa, bir qismini o‘zlari bilan ikkinchi ekosistemaga olib keladilar.
Ayrim ekosistemalarda moddalar chiqib ketishi juda yuqori bo‘lib, u erlar uchun doimiylikni chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Bunday holatlarni tog‘dan pastga qarab suvi doim oqib turadigan daryo va uning irmoqlarida kuzatish mumkin. Atrof qiyaliklaridan tushadigan moddalar suv bilan pastki zonalarga qarab oqib keladi. Lekin, boshqa ekosistemalarda moddalar almashinishi, ularni kelishi va chiqib ketishi bo‘yicha avtonom xarakterga ega bo‘ladilar. Masalan, cho‘l, dasht, o‘rmon zonalari ekosistemalarida hosil bo‘lgan moddalar, energiya shu zonalarning o‘zida aylanib yuradi. Ekosistemalardagi moddalar cheksiz emas. Faqat ularning almashinib turishi natijasida hayot uchun modda, energiya resurslari ta’minlanadi. Moddalar almashinishi, energiya o‘gib turishi esa organizmlarning doimiy funksional faoliyatiga bog‘liq.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin