Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə24/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Nazorat uchun savollar

  1. Ekosistemalarning tuzilishi.

  2. Ekosistemalar komponenti.

  3. biofaglar va saprotroflar

3-mavzu: Ekosistemalarning biologik mahsuldorligi.
Reja:

  1. Tirik moddalarning asosiy geokimyoviy funksiyalari

  2. Ekosistemalarda Energetik funksiyasi.

  3. Oksidlash-tiklash funksiyasi.

Tirik modda biosferadagi moddalarning biogeokimyoviy aylanma harakatini va energiyani bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishini ta’minlaydi. Tirik moddalarning asosiy geokimyoviy funksiyalari quyidagilardan iborat.
1. Energetik funksiyasi – quyosh energiyasining organik moddalarda bog‘lanishi va zahirasi, keyinchalik energiyaning tarqalib ketishi va organik moddalarning minerallashuvi. Bu funksiyalar organizmlarning oziqlanishlari, nafas olishi, ko‘payishi va boshqa hayot jarayonlarga sarflanishini ta’minlaydi.
2. Biosfera gaz balansini boshqarish funksiyasi – yashash muhitidagi va atmosferadagi gazlar tarkibini bir me’yorda saqlab turish. Biosfera rivojidagi gazlar ko‘rsatkichining ikkita tarixiy davri (nuqtasi) farqlanadi. Birinchisi biosferada kislorod miqdorislorodli muhitda yashay oladigan dastlabki aerob holda ning hozirgi kundagi (20,964%) miqdoriga nisbatan 1% etgan davri (Pasterning birinchi nuqtasi). Bunday sharoitda faqatgina kislorodli muhitda yashay oladigan dastlabki aerob holda yashovchi organizmlarning paydo bo‘lgan. SHu davrdan boshlab biosferadagi tiklanuvchi jarayonlarni oksidlanish jarayoni to‘ldirib bordi. Bu jarayon taxminan 1,2 mlrd. yil oldin yuzaga kelgan.
Biosfera tarixidagi ikkinchi hal qiluvchi davr atmosferadagi kislorod miqdorining hozirgi holatiga nisbatan 10% etishi davri (Pasterning ikkinchi nuqtasi). Atmosferadagi kislorod miqdorining 10% etishi ozonning sintezlanishiga, ozon qatlamining hosil bo‘lishiga olib keldi, bunday holatning yuzaga kelishi organizmlarning quruqlikda keng tarqalishiga sharoit yaratdi (bu davrgacha tirik organizmlarni ultrabinafsha nurlarning halokatli ta’siridan suv himoya qilib turgan va o‘z navbatida hayot faqatgina suv ostida mavjud bo‘lgan).
3. Yig‘uvchanlik funksiyasi-tirik organizmlarning atrof muhitdagi biogen kimyoviy element atomlarini yig‘ib olib o‘zida to‘plash xususiyatidir.
Tirik moddalarning yig‘uvchanlik xususiyati organizmlarda kimyoviy elementlar atomlarini atrof muhitdagi nisbatan bir necha barobar ko‘p to‘plashidir. O‘simliklardagi uglerod miqdori atrof muhitdagiga nisbatan 200 barobar, azot miqdori 30 barobar ko‘pdir. Ayrim bakteriyalardagi to‘plangan marganets miqdori atrof muhitdagiga nisbatan million marotaba ko‘pdir. Tirik moddalarning yig‘iluvchanlik faoliyati mahsuli yonilg‘i qazilma boyliklarning ohaktoshlarning, ruda konlarining shakllanishidir.
4. Oksidlash-tiklash funksiyasi. Tirik organizmlar faoliyati ta’sirida turli moddalarning oksidlanish va tiklanish jarayonidir. Organizmlar ta’sirida elementlar atomining faol migratsiyasi va valentliklarning o‘zgarishi amalga oshadi. (Pt, Mn, S, P, N va boshq.), ularning yangi birikmalari hosil bo‘ladi, sulfidlar va mineral oltingugurt to‘planishi, oltingugurt-vodorod hosil bo‘lishi va boshq.shakllanadi.
5.Destruktorlik funksiyasi – organizmlar va ularning hayot faoliyati mahsulotlari, shuningdek ular o‘lganidan keyin organik va xos moddalar qoldig‘ining parchalanishi. Bu jarayonda redutsentlar (destruktorlar) - saprofit zam–urug‘lar va bakteriyalar muhim ahamiyatga ega.
6. Transport (tashuvchilik) funksiyasi – organizmlar faol harakati natijasida modda va energiyaning uzoq masofalarga tashilishi mumkin.
7. Muhit shakllantiruvchilik funksiyasi – muhitning fizik, kimyoviy parametrlarining shakllanishi. Bu funksiya ma’lum jihatdan integral hisoblanadi, ya’ni boshqa funksiyalarning ham birgalikdagi faoliyati natijasidir. Bu jarayon paydo bo‘lishi turli masshtabda amalga oshishi mumkin.
Tirik moddalarning muhit shakllantiruvchilik funksiyasi natijasi butun biosfera va yashash muhitlaridan biri tuproq va yanada lokal tuzilmalarni ko‘rsatishi mumkin.
8. Tarqatuvchanlik funksiyasi – yig‘uvchilik funksiyasiga qarama-qarshi faoliyatidir. Moddalarning atrof-muhitga tarqalishi organizmlarning trofik va transport (tashuvchilik) faoliyati natijasida amalga oshadi. M.:moddalar tarqalishini organizmlarning ekskrement (najos) ajratishi, po‘st tashlashi va boshqalarda ko‘rish mumkin. Qon gemoglobinidagi temirning tarqalishini qon so‘ruvchi hasharotlar amalga oshiradi.
9. Informatsiya (axborot) funksiyasi – tirik organizmlarning kerakli informatsiyalarini to‘plashi, ularni nasl tizimida mustahkamlashi va keyingi avlodlarga o‘tkazishi faoliyatidir. Bu organizmlarning moslashuvchanlik mexanizmining shakllanishidir.
10. Insonning biogeokimyoviy funksiyasi – insonning xo‘jalik va maishiy extiyoji uchun faoliyati natijasida biosfera moddalarining bir holatdan ikkinchi holatga o‘zgarishi va ko‘chishi. Masalan uglerod konsentratlari – neft, toshko‘mir, gaz va boshq.foydalanishi.



Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin