Ozuqa zanjirlari, odatda, ikkiga bo‘linadi: YAylov zanjiri, bunda ozuqa yashil o‘simliklardan boshlanadi va undan o‘txo‘r hayvonlarga tirik o‘simlik hujayrasi, to‘qimasi, shoxi bilan oziqlanuvchilarga beradi.
Detrit zanjiri, bunda o‘lik organik moddalar» mik roorganizmlarga, undan chirituvchi - setritofaglarga va ular bilan oziqlanuvchi yirtqichlarga boradi, ozuqa zanjirlari bir-birlari bilan chegaralangan emas, balki bir- biri bilan yaqindan aralashib, qo‘shilib, er usti ozuqa zanjirlarini hosil qiladi. Ular tirik yashil o‘simliklar — produtsentlar bo‘lib, ulardan» birlamchi» ikkilamchi konsumentlar tashkil qiladilar. Konsumentlar — o‘txo‘rlar o‘z navbatida birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi kabi konsumentlarga bo‘linadi, ya’ni o‘t o‘simliklar quyon» tulki» burgut produtsentlar birlamchi konsument 2- 3- konsumentlar .
Ozuqa zanjirining ikkinchi tipi o‘lik organik moddalardan boshlanatsi va bu ersa retsutsentlar konsumentlar rolini o‘ynaysilar. Bunday organizmlarga mayda hayvonlar juda ko‘p umurtqasizlar yoki organik moldalarni parchalovchi zamburug‘lar kiradi. Konsumentlar hosil qilgan ikkilamchi bir halqadan ikkinchisiga o‘tish bilan oldingi mahsulotning 100 foizidan faqat 10 foizini saqlab qoladi. Bu ko‘rsatkich yirtqichlar darajasitsa 20 foizini tashkil qilishi mumkin. Agar energiya manbaining ozuqalik qiymati yuqori bo‘lsagina shunday daraja saqlanadi. Avtotroflar hosil qilgan massaning 80-90 foiziga yaqini (barg, shox, poya, meva, urug‘, ildiz) geterotroflar tomonitsan chiritilganda, bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tadi. Ekosistema ichidagi o‘simliklarga o‘simlikxo‘r hayvonlarning ta’siri ma’lum joyda o‘simliklarni o‘zlashtirish tezligi orqali yuzaga keladi. Agar o‘txo‘r hayvonlar yoki insonlar tomonidan 30-50 foiz o‘simlikzorlar o‘zlashtirilsa, payhon qilinsa, ekosistemaning tiklanish qobiliyati ancha pasayadi. SHuning uchun ekosistemalarda mol boqishda shu joyning biologik tuzilishini buzmaslik kerak.
Trofik darajalar o‘rgasida energiyaning samaradorligi, odatda 1-5 foiz, ayrim holatlarda 2-10 foiz, ikkilamchi mahsulot bo‘yicha trofik darajalarda samaradorlik 10-20 foizni tashkil qiladi. Issiq qonli hayvonlar o‘z tanalarida haroratni bir xil ushlab turadilar. Ular to‘plagan energiyaning bir qismi nafas olishga sarflanadi. SHunga qaramay, ular assimilyasiya qilgan energiya sovuq qonli organizmlar energiyasiga qaraganda 10 barobar ko‘p. Lekin umurtqasiz hayvonlarning ozuqa halqasida energiya- ning trofik darajalar bo‘yicha o‘tish samaradorligi sutemizuvchi hayvonlardagidan ancha yuqori.