Nazorat uchun savollar 1. Ekosistemalar ekologiyasi fanining maqsadi va vazifalarini tushuntiring.
2. . Ekosistemalar ekologiyasida qo‘llaniladigan metodlar qaysilar.
Ekosistemalar haqida umumiy tushuncha.
2-mavzu: Ekosistema va uning tuzilishi Reja: Ekosistemalarning tuzilishi.
Ekosistemalar komponenti.
Ekosistemalarning asosiy xususiyatlaridan biri — bu er usti muhiti, chuchuk suv, dengiz yoki sun’iy ekosistemalarda uchraydigan avtotrof va geterotrof organizmlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Ekosistemalar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo‘yicha quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi, ya’ni: I) yuqori avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi) pog‘ona yoki «yashil pog‘ona». Bu pog‘onani o‘simliklar yoki ularning qismlari tashkil qiladi. Ular o‘z tanalarida organik moddalar to‘playdilar; 2) pastki geterotrof pog‘onada (boshqalar bilan ovqatlanish) tuproqsa to‘plangan turli qoldiqlar (barg, shox, ildiz) namlik yordamida chiriydi, moddalar bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi va murakkab birikmalar hosil bo‘ladi.
Biologik nuqtai nazardan ekosistema tarkibida quyidagi komponentlarni ajratish mumkin: avtotrof organizmlar kompleksi - produtsentlar (yaratuvchilar), yashil o‘simliklar. Geterotrof organizmlar — makro va mikro konsumentlar yoki fagotroflar tayyor birlamchi mahsulotlar hisobiga yashaydigan hayvonlar. Saprotroflarga chirindi holatiga o‘tkazadigan orgapizmlar komplekslariga — redutsentlar yoki destruktorlar kirib, ularni bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda tuzilgan va o‘lik organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlar tashkil qiladi. Trofik tuzilishdagi qonuniyatlar 2 ta kategoriyaga bo‘linadi:
biofaglar — tirik organik moddalar bilan oziqlanuvchilar va saprotroflar — o‘lik organik moddalar bilan oziqlanuvchilar. Biofaglar ichida fitofaglar — o‘txo‘r hayvonlar, insonlar, parazitlar — birlamchi konsumentlar, yirtqichlar — ikkilamchi, uchlamchi konsumentlar uchraydi.
Ekosistemalar ichidagi ko‘pchilik biogen elementlar (uglerod, azot, fosfor) va organik birikmalar (uglevodlar, oqsillar, yog‘lar) tirik organizmlar ichidagina emas, balki ularning sirtida ham uchraydilar. Ular tirik hamda o‘lik jinslar o‘rtasida doimiy energiya oqimini hosil qiladilar.
Ekosistemaning 3 ta tirik komponentlarini (produtsentlar, fagotroflar va saprofitlar) tabiatning 3 ta funksional olami sifatida qarash mumkin. Ularning shunday bo‘linishi oziqlanish tiplariga va energiyadan foydalanish manbaiga asoslangan.
Tabiiy murakkab cho‘l, dasht, adir, tog‘, ko‘l, o‘rmon kabi ekosistemalar o‘rganilganda 2 yo‘l bilan yondashiladi, ya’ni: xolistik yo‘li bilan. Bunda ekosistemaga kelayotgan va chiqayotgan energiya hamda turli moddalarning yaxlit xislatlari hamda kerakli holatlarda uning tarkibiy qismlari ham o‘rganiladi; 2) mvgologik (grekcha tegoz — qism) yo‘nalish, bunda ekosistema ichidagi asosiy qismlarning tarkibi o‘rganilib, undan olingan ma’lumotlar ekosistemalarning boshqa qismidan olingan xulosalarga yoyiladi, tatbiq qilinadi. Keyingi vaqtda ekologlar ekosistemani o‘rganishda qo‘shimcha eksperimental usulni va modellashtirish metodlarini qo‘llamoqdalar.