4-mavzu: Ekosistemaning asosiy qismlari va ularning ekosistemada tutgan o’rni. Reja: Ekosistemaning o‘lchamiga qarab tiplarga bo‘linishi.
Kosmik kema ekosistemasi.
SHahar geterotrof ekosistema
Ekosistema tushunchasi, uning chegarasiga o‘xshab ko‘rinadi, lekin uning qatta-kichikligi bor. Masalan, chumoli uyasi, akvarium, shoxlar, botqoq, kosmik kema xonasi, dengiz, o‘rmon, tog‘, biosfera, agar ular o‘rtasini chegaralovchi chiziq o‘tkazish mumkin bo‘lsa, ularning har biri alohida-alohida ekosisgemadir.
Ekosistema uning o‘lchamiga qarab quyidagi tiplarga bo‘linadi: I) makroekosistema - okean yoki jug‘rofiy zonalar; 2) mezoekosistema — o‘rmon, hovuz, ko‘l; 3) mikroekosistema qurigan daraxt, kolba, akvarium.
Makrojosistema. Katta yoki kichik ekosistemalarga energiya kirishi chiqishida muhitning o‘zgarishi turlicha bo‘ladi, ya’ni I) o‘zgarish ekosistemaning o‘lchamiga bog‘liq, agar u katga bo‘lsa (tabiiy zona, okean), tashqi muhitnish- qismai o‘chgarishiga qaram bo‘lmaydi, kichiklar (hovuz, bog‘) qaram bo‘ladi; 2) ekosistema katta bo‘lsa, unda energiya va moddalar kelishi, almashinishi va chiqishi ham ko‘p bo‘ladi; 3) sistemada avtotrof va geterotrof organizmlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jarayonlar tengligining buzilishi kuchli bo‘lsa, uni tiklash uchun tashqaridan keladigan energiya ham ko‘p bo‘ladi; 4) yosh sistemalarning rivojlanish stadiyasi va darajasi eski, etilgan sistemalardan farq qiladi.
Turli biologik ekosistemalarni o‘rganish uchun kichik hovuzlar, ko‘lmak, tashlandiq erlar va o‘tloqzorlarda kuzatish ishlari olib borildi. Olingan ma’lumotlar asosida ekosistemaning asosiy belgilarini tahlil qilib, keyinchalik uni katta suv havzalari yoki er usti ekosistemalariga taqqoslash mumkin. Mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar hovuz va o‘tloqzorlarda yashab, shu erlardagi suv, tuproq, havoning kimyoviy tarkibini o‘zgartiradilar. Masalan, shisha idishga solingan hovuz suvining loyqasida yoki o‘tloqzorlar tuprog‘ida mikroblar, o‘simlik va hayvonlar aralashmasi bo‘ladi. Hovuz suvida uchraydigan produtsentlarga suzib yuruvchi gulli o‘simliklar (makrofitlar) va suvo‘tlar kirib, mayda hayvonlar esa konsumentlar guruhini tashkil etadilar.
Mezoekosistemalar. Katta sun’iy suv ekosistemalari (baliq ko‘paytirish hovuzlari, biologik tozalash hovuzlari) ga mezoekosistema deb qarash mumkin. Masalan: Toshkent, Sirdaryo, Andijon viloyatlaridagi baliq ko‘paytiradigan hovuzlar hamda iflos oqova suvlarni tozalaydigan biologik hovuzlar suv mezoekosistemasiga yaqqol misol bo‘ladi. Er usti mezoekosistemasi —bu makrosistemaning bir qismidir. YA’ni, o‘rmon chetlari, daryo qirg‘oqlari ko‘lning bir ko‘rfazi va h.k. Bunday sistemalar ham to‘la funksiya va trofik tuzilishga ega bo‘lib, ekosistemalarning barcha jarayonlarini o‘z boshidan kechiradi.
Mikroekosistemalar. Tabiatda kichik-kichik «dunyolar» yoki mikrobirlik, mikrosistemalar uchraydi. Ular ochiq tabiatda (kichik ko‘lmaklar, yomg‘ir suvi to‘plangan chuqurlar, daraxt shoxi yoki toshning usti) yoki kichik «dunyolar», ya’ni berk kichik idishlar (kolba, butilka, butil) ham bo‘lishi mumkin, ular qaysi holatda bo‘lmasin, yorug‘lik energiyasiga muhtoj bo‘ladilar. Mikroekosistemaga eng yaxshi misol akvariumlar hisoblanadi. Undagi suv muhitida bakteriyalar, suv o‘simliklari, sodda hayvonlar (rachki, dafniy, kolovratkalar) va baliqlar rivojlanadi. Akvarium yorug‘lik energiyasi va doimiy haroratga ega.
Kosmik kema ekosistemasi. Kosmik kemani katta ekosistema sifatida ta’riflash mumkin. Er yuzini tashlab ketayotgan berk kemaga oziq-ovqat, kislorod, suv olinsa, kerakli energiyani atrofidagi quyosh nurlaridan qabul qiladi. Kema ichida hosil bo‘lgan S02 ni zararsizlantirishni kemadagi o‘simliklar amalga oshirib, kislorod ajratadilar. SHu asosda kosmik apparat ichidagi inson salomatligi va uning aktiv faoliyati ta’minlanadi. Inson oylab, hattoki, yil davomida kosmik fazoda uchib yuradi. Kema ichida produtsentlik (hosil qilish) va hosil bo‘lgan chiqindilarni organizmlar tomonidan chirishi yoki chiqarib yuborish to‘la boshqarilib turiladi. SHunday qilib, avtonom holatdagi kosmik kema ichidagi inson bilan mikrosistemani aks ettiradi. O.Neyl o‘zining «YUqori chegara» kitobida kelgusi asrda millionlab insonlar kosmosda yashaydilar, deb yozadi. Uning fikricha, aylanib turadigan trubasimon stansiya (diametri 6,4 km, uzunligi 32,2 km, ichida 1294,4 km2 tuproq)ning yarim maydoni qishloq xo‘jaligi uchun ajratiladi. SHu kichik kosmik stansiyada 2 mln. odam yashaydi. Har bir odamga 640 m2 maydon to‘g‘ri keladi. Lekin, havo va suvning hajmi katta emas. Kema er bilan aloqa qilmasdan uzoq yashashi qiyin.
SHahar geterotrof ekosistema. Turli katta-kichik shaharlar geterotrof ekosistema bo‘lib, ular energiya, ozuqa, o‘tin, suv, meva va boshqa narsalarni tashqaridan, katta maydonlarda etishtirilgan joylardan oladilar. SHahar geterotrof ekosistsmasi tabiiy sistemadan quyidagi holatlari bilan farq qiladi: ma’lum maydondagi metobolizm ancha intensiv o‘tadi va tashqaridan ko‘p energiya kelishini talab qiladi; tashqaridan savdo, sanoat uchun turli moddalar, metallar, inson uchun ozuqa, suv, dori-darmon kerak bo‘ladi shu bilan bir qatorda ko‘p miqdordagi zaharli chiqindilarni chiqarish kerak.