Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə33/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Suv osti o'tloqlari
Tropik va subtropik zonalarning sayoz dengiz zonalarida angiosperm turlarining suv osti o'tloqlari rivojlanadi.
Toshbaqa o'tloqi tropiklarda keng tarqalgan (Talassiya testudinum) va O'rta dengizda biz o'tloqlarni topamiz Posidonia oceanica.
- Pelagik yoki okean zonasi
Ochiq dengizda chuqurlik va kenglik bo'yicha (shu jumladan, suv haroratiga ta'sir qiluvchi) muhim o'zgarishlar o'rnatiladi. Ushbu sohada okean o'zini katta ekotizim kabi tutadi, ammo dengiz tubida har xil sharoitlar mavjud.
Sargasso dengizi
Bu o'zgaruvchan maydon bo'lib, taxminan 3,500,000 km² bo'lib, sargassum suv o'tlari populyatsiyasi (Sargassum spp.). Oqimlar iliq suv tizimini aniqlaydi va suv o'tlari massasida turli dengiz organizmlarini rivojlanishiga imkon beradi.
Gidrotermal buloqlar
Gidrotermal teshiklar Atlantika okeanining o'rta tizmalarida taxminan 2400 m chuqurlikda joylashgan. Ushbu yuqori haroratli suv chiqindilari vulqon harakati tufayli sodir bo'ladi.
Eritilgan kimyoviy moddalar va hosil bo'lgan harorat xemosentetik arxeylarning rivojlanishiga imkon beradi. Ushbu bakteriyalar o'z navbatida yirik klyumunalar, kolba qurtlari va boshqa organizmlarni o'z ichiga olgan oziq-ovqat zanjirlarining asosini tashkil etadi.
Nazorat uchun savollar
1. Quruqlikdagi ekotizimlar qaysilar
2. Tropik ekotizimlar
3. Nam yomg'ir o'rmonlari
8- mavzu: Cho’l va chalacho’l ekosistemalarning tuzilishi.

Reja:


  1. CHo‘llardagi o‘simlik va hayvonlar

  2. Preriya tuahunchasi

  3. SHimoliy Amerika o‘rmon-cho‘llari

O‘rmonlar va sahro o‘rtasida joylashgan ochiq joylar bo‘lib, yillik yog‘in miqdori 250-750 mm gacha. Ular Evroosiyo, SHimoliy Amerika (preriya), Janubiy Amerikaning janubida (pampaslar), Avstraliya, YAngi Zellandiyada (tussokiylar) keng mydonlarni egallaydi.
CHo‘llardagi o‘simlik qoplami kserofil ko‘rinishiga ega. Asosan chim hosil qiluvchi boshoqli o‘simliklar bilan qoplangan cho‘llarda ko‘p miqdorda efemerlar o‘sadi, ularning yozda qurib qolishidan keyin tuproqda ildiz tugunaklari, piyozlari, ildizlari qoladi va kelgusi yili bahorda yana o‘simlik qqoplamini hosil qiladi. CHo‘llarga xos butazorlar bo‘lib, ular cho‘l hayvonlariga ozuqa vazifasini bajaradi.
CHo‘llarda yashovchi hayvonlarning yashash tarzi o‘ziga xos bo‘lib, ular juft-juft va koloniya hosil qilib yashashga moslashgan. Bu erda juda ko‘p hayvonlar juft bo‘lib yashashga moslashgan (yumronqoziq, sug‘ur, ko‘rsichqonlar va boshq). Jufft bo‘lib yashamaydiganlari poda hosil qiladi. CHo‘l biotsenozida tuyoqlilardan sayg‘oqlar va boshqa tuyoqli hayvonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning cho‘lda doimiy ko‘chib yurishlari oqibatida tuyoqlari bilan o‘tlarning bosilishi va o‘lik barg qoldiqlarining to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Bu jarayon o‘tlarning chirishiga sabachi bo‘ladi, ya’ni organik chirindi qoplami hosil bo‘ladi. Bu o‘z navbatida kelgusida o‘tlarning yana o‘sishiga zamin yaratadi. Tuyoqli hayvonlarning ko‘payib ketishi va ularning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib turishi natijasida, ularning tuyoqlari cho‘l o‘simliklari qoplami digratsiyasiga uchrashiga sababchi bo‘ladi. Oqibatda ko‘p yillik o‘simliklar qoplami yo‘qolib ketishi kuzatiladi, natijada cho‘llarning saxrolanish jarayoni ozuqaga boy o‘simlik qoplamining o‘rniga ozuqaga yaroqsiz shuvoq va yanada kserofilli o‘simliklar bilan qoplanishi kuzatiladi.
CHo‘l tuproqlari boshqa o‘rmon tuproqlariga nisbatan tarkibida gumus miqdorining besh-o‘n barobar ko‘pligi bilan farqlanadi. Boshoqli o‘simliklar daraxtlarga nisbatan uzoq vegitatsi davriga ega emas va tezda ularning erning ustki qismi qurib qolib tuproqqa katta miqdordagi gumus ko‘rinishidagi organika holatida tushadi, quruq iqlimli cho‘l sharoitida gumuslanish jarayoni tez kechadi, ammo ularning minerallashuvi sekin boradi. Ana shu jarayon natijasida qora tuproqlar eng hosildor tuproqqa aylanadi. Bunday tuproqlarda yuqori sof birlamchi mahsuldorlik yoki hosil etishtiriladi, madaniy boshoqlilar-bug‘doy, makkajo‘xori va boshqa ekinlardan yuqori hosil olinadi.
Rossiyaning o‘tzor cho‘llarida biomassa miqdori gektariga 2500 sentnerni, quruq cho‘llarida 1000 sentnerni, kserofilli uyushmalarda 100-200 sentnerni tashkil etadi. Quruqlashuvning oshib borishi natijasida maxsuldorlik 50-100 s/ga kamayishiga sababchi bo‘ladi, quruq iqlimli mintaqalarning asosiy qismida mahsuldorlik juda kamayib ketadi. Buning asosiy sababi yog‘ingarchilikning kamligi, haroratning yuqori bo‘lishligi va boshqa omillar ta’siridir. Markaziy Osiyo cho‘llarida atmosfera yog‘inlarining yillik miqdori 150-200 mm dan oshmaydi. Dunyoning ko‘pchilik mintaqalaridagi cho‘llarda ham yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi kuzatiladi. Masalan. Sahroi-Kabr (Sahara) ning o‘rtaer dengiziga tutash Liviya yarim cho‘lida yillik yog‘in miqdori 29 mm ga teng, uning shimolida 50-100 mm ga teng, ayrim yillari yog‘ingrchilik umuman bo‘lmasligi mumkin. Saxroi-Kabr bo‘yiga o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 130 mm ni tashkil etadi. SHuning uchun bu mintaqada maxsuldorlik juda past, ayrim joylar o‘simliklar qoplamiga ega emas, ayrim joylar o‘simliklar qoplamiga inson faoliyati kuchli ta’sir etadi (chorvo mollarini boqish, foydali o‘simliklarni yig‘ish, yoqilg‘i maqsadida daraxtchil o‘simliklarni qirqish va boshq).
Hozirgi kunda cho‘l mintaqalarining asosiy qismi inson tomonidan saqlab kelinmoqda va madaniylashtirilgan, ko‘pchilik qismida boshoqli va daraxtchil o‘simliklar etishtirishda hamda madaniy yaylovlar sifatida foydalanilmoqda.
Preriya (fr.prairie “o‘tloq”, “maysazor”)-cho‘llarning shimoliy amerika formasi, AQSH o‘rta-g‘arbiy va g‘arbiy Kanadadagi o‘tloqzorlar hamda Alyaskaning kontinental qismi zonasi kiradi. Buyuk tekislikning sharqiy chekkasini tashkil etadi. SHuningdek uncha katta bo‘lmagan, alohida areallarni (masalan Missisipi chatotidagi Djekson preriyasi) Vegitatsiya davrining qisqaligi, daraxtlar va butalarning kamchiligi prepiyani g‘arbdagi shamol yo‘lining qoyali tog‘lar to‘sib qo‘yishi va ichki kontinentallashuvining kuchaya borishi kabidir. SHu sababli preriyalarda qirg‘oqchil iqlim sharoiti hukmronlik qiladi.
Oldinlari preriyalarda millionlab bizonlar (yovvoyi ho‘kiz) yashagan XIX asr oxirlarida evropaliklar ko‘chib kelganlar va ularni deyarli yo‘q qilib yubordi. SHunday qilib ular hind qabilalarining hayotiy va madaniy asosini yo‘qotdilar. Preriyaga xos hayovonlardan maysazor kuchugi, koyotlar-maysazor bo‘rilari uchraydi.
Baland-past yoki qirli joylar o‘tloqzorlari preriya deb yuritiladi. SHimoliy Amerika preriyalarida sharqdan g‘arbga tomon namlik kamaya boradi, qoyali tog‘larga yaqinlashgan sari namlik yana ortib boradi. SHunday qilib eng qirg‘oqchil zona markaziy preriya bo‘lib qoladi. Namlikning ko‘p kamligiga asoslangan holda o‘simlik qoplami turlicha bo‘ladi. Namgarchilik baland bo‘lgan preriyada o‘tlarning balandligi 3 metrgacha boradi. O‘rta zona preriyalarida aralash o‘tlar o‘sishi harakterlidir (baland-past o‘tlar). Qoyali tog‘larning yomirli soyasida past o‘suvchi o‘tloqzorlar hukumrondir. SHimoliy Amerika pririyalari Buyuk tekislikda janubdan-shimolga tomon uchta bir-biridan ajralmagan tasma (polosa) hosil qiladi, (baland bo‘yli o‘tloqzorlar namli sharqiy qismida joylashgan). Evropaliklarning Amerikaga kelgunlarigacha qit’aning uchta katta cho‘l biomlari maydoni deyarlik bir xil kattalikda bo‘lgan: past o‘suvchi o‘tlar biomlari maydoni (preriya g‘arbiy qismi) 615000 km2, aralash o‘tlar biomlari (preriya markaziy qismi) 565000 km2 va baland o‘suvchi o‘tlar biomlari (preriya sharqiy qismi) 570 000 km2 ga teng bo‘lgan.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin