Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə34/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Iqlimi. AQSH iqlimini belgilab beruvchi asosiy komponent (yoki omil) tinch okeani mintaqasi shimolidan nam havo olib keluvchi kuchli shamol oqimidir. Nam havo oqimidagi namlik Kaskad tog‘lari, Serra-Nevada va qoyali tog‘larda ushlab qolinadi. SHarq tomonga o‘zidan yomg‘irli soyanii qodirib, buyuk tekislikning g‘arbida yarim cho‘l iqlimini hosil qiladi.
Balandlikdan o‘tib kelayotgan quruq havo oqimi boshqa hech qanday to‘siqlarga uchramasdan sharqqa tomon yo‘naladi va yana namlikka to‘yinadi. Ushbu shamol oqimining Meksika ko‘rfazidan kelayotgan to‘yingan havo oqimi bilan uchrashuvi natijasida ko‘pincha bo‘ron va momaqaldiroqlar bo‘lishiga olib keladi. Qishda bu jarayon AQSH ning shimoliy-sharqiy qirg‘oqlarida intensiv qor yog‘ishiga sababchi bo‘ladi.Bazan AQSH ning katta yassi tekisliklarida tez-tez qaytariladigan halokatli holatlar kuzatiladi. Haroratning tezda ko‘tarilib yoki pasayib ketishi. YUqoridan esayotgan havo oqimiga bog‘liq. Sovuq arktika havo oqimi kirib kelsa haroratning pasayib ketishiga yoki aksiga Meksika ko‘rfazidan issiq tropik havo oqimi kirib kelsa haroratning ko‘tarilib ketishiga olib keladi.
Buyuk tekisliklarda kuchli shamol doimiy esib turadi. YOzda tekisliklarda issiq shamol esadi, uning kuchi ba’zan mayin shabada yoki kuchli shamollar (bo‘ron) ko‘rinishida bo‘ladi.
Qishda qoyali tog‘lardan juda ham quruq shamol “chunuk” esadi. U chang bulutlari hosil qiladi. Agarda esayotgan shamol issiq oqim bo‘lsa kunlik harorat 22 0S ga ko‘tarilishi va 30 sm lik qor qoplami bir soat ichida bug‘lanib ketishi mumkin. Tekislik janubiy tomonida shamolning qora bulutlar bilan pasayishi havo haroratining sovib ketishiga, bir-ikki kunda -28 0S gacha pasayishiga olib keladi.
Ba’zan namga to‘yingan shamol sovuq yomg‘irlar yog‘diradi. Qishda Buyuk tekisliklarda bo‘ron ko‘tariladi, -18 0S da ular eng avjiga chiqadi va kuchli qor yog‘ishiga sababchi bo‘ladi.
Buyuk tekislikning shimoliy qismi 350 sh.k. gacha mo‘tadil iqlim mintaqasida, janubiy qismi subtropik mintaqada joylashgan. YOg‘ingarchilik asosan yoz oylarida Atlantika okeani va Meksika ko‘rfazidan kirib keladigan nam havo oqimidan shakllanadi.
Janubiy va janubiy sharqdagi qoratuproqsimon va qora tuproqlarda preriyalar shakllanadi.
Buyuk tekisliklarning g‘arbiy qismi, uzoq yillar davomida namlikning sezilarli darajada notekis bo‘lishligi, qo‘ng‘ir (kashtanrang) tuproqli va siyrak yovvoyi xo‘kiz o‘ti hamda boshqa xilma-xil o‘tlar qoplami bilan harakterlanadi. Faqat Blek-Xils tog‘lari baland bo‘yli o‘rmonli orollar kabi ochiq joylarda ajralib turadi. Eng quruq joylarda ayniqsa janubiy g‘arbda yarimcho‘l iqlimli sharoitga o‘tganligini ko‘rsatib turuvchi qattiq va tikonli past o‘quvchi butazorlar (meskit va akatsiyalar) changalzorlari o‘sadi. (Meskait- dukkaklilar oilasidan, SHimoliy Amerikada uning 40 ga yaqin turi uchraydi). Eduards va Lyano-Estakado platosining chekka janubida savannani eslatuvchi maydonlar bo‘lib, past o‘quvchi, siyrak boshoqli o‘simliklar orasida ayrim butalar yoki uncha katta bo‘lmagan meskat daraxtdari, shuningdek kaktuslar, agavalar va yukkalar o‘sadi.
SHarqiy va janubiy-sharqiy rayonlarga yiliga 600 mm yog‘ingarchilik tushsa, g‘arbda 300 mm dan kamroq tushadi. Buyuk tekislik turli mintaqalaridagi prefiyalarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Markaziy tekisliklarda yog‘ingarchilik tushishi mavsumiy ritmlari shimoldan janubga tomon kuchli o‘zgarib boradi: past bo‘yli o‘tloqli preriyalarning janubiy qismida yog‘ingarchilik asosan yoz oylarida kuzatilsa, sharqda yog‘ingarchilikning eng ko‘p bo‘lish muddatlari; birinchisi bahor oyining oxiri va yoz oyning boshlariga to‘g‘ri keladi. Buyuk tekislikning shimoliy qismida yog‘ingarchilik bahor oylariga, Missuri daryosining yuqori oqimi va Buyuk ko‘llar qismida yoz va kuz oylarida kuzatiladi.
SHimoldagi va janubdagi qishki va yozgi harorat bir-biridan keskin farq qiladi, yozda buyuk tekislikning hamma joyida etarlicha yuqori bo‘ladi. YAnvar oyi harorati kengliklar bo‘yicha iyul oyi harorati ko‘rsatgichidan sezilarli farq qiladi. SHimoliy preriya yanvar oyi o‘rtacha harorati -200S ni tashkil etadi (ba’zida haroratning-500S gacha pasayishi kuzatiladi). Janubda qish iliq bo‘lib, yanvar oyining o‘rtacha harorati 00S dan yuqori bo‘ladi.
SHimoldagi qishki sovuq harorat o‘simliklar va hayvonlar biologiyasiga ta’sir etadi, ammo qor qoplami tuproqq yuzasini muzlashdan bir muncha saqlab qoladi. Janubda qish haroratining ijobiy bo‘lishligi, tuproqdagi namlik etarli darajada bo‘lsa o‘simliklarga yil davomida o‘sishiga imkon beradi.
Buyuk tekisliklar shimoliy qismi va tog‘lar orasidagi yassi tog‘ (plato) yarim arid qlimli o‘rta kenglik mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Bu joylarning yozi issiq yoki iliq, qishi sovuqdir. YOzda kunduzgi harorat +32, +34 0S gacha ko‘tariladi. Kechasi +10, +210S gacha pasayadi. Buyuk kengliklarda qish harorati -180S dan +20S gacha, tog‘lar orasidagi yassitog‘larda 5,50S va undan yuqori bo‘ladi.
YArim adir (yarim qirg‘oqchchil) iqlim past kenglik mintaqasi yuqorida ta’kidlangan mintaqadan janubroqda va quruq iqlimning past kenglik mintaqasidan sharqda joylashgan, shuningdek Kaliforniya markaziy vodiysining shimoliy qismini ham o‘z ichiga oladi. Bu mintaqaning yozi issiq, qishi iliq bo‘lib, harorat ko‘rsatkichi uning yonidagi arid iqlimli mintaqalarga xosdir. Sovuqsiz kunlar shimoliy qismida 120 kun, janubida 300 kunni tashkil etadi.
Subtropik iqlim mintaqalari Buyuk tekislik yassitog‘lari (platolari) janubida yoz oylarida harorat +280S dan +300S gacha ko‘tariladi va namlikning etishmasligi kuzatiladi. Issiq kunlari tekisliklarda quyuklar bo‘lib turadi. SHimoliy Amerikada uni tornado deb atashadi.
Preriyalarda deyarlik har besh yilda yong‘inlar bo‘lib turadiki, yong‘inlar tuproqning ichki qismiga deyarlik ta’sir etmaydi. YOng‘in tuproq ustidagi mort massani (mortmassa (lot-mors) morts)- o‘lim va massa. Biotsenozda qurib qolgan o‘simlik organlarining, o‘lik hayvonlarning torf qatlamining, to‘shamlarning (barg, shox-shabba, o‘tlar va boshq) tuproq ustida to‘planib qolgan o‘lik qismi mortmassani tashkil etadi). Biomassa va tuproqning gumus qismi biotsenozning organik moddasining hosil qiladi va yosh nixollarni nobud qiladi, lekin bo‘toq yoyish (navdalanish) qismidagi kurtaklari tirik qoladi. YOng‘indan hosil bo‘lgan, hamda tuproqdagi mineral moddalar erta bahordan o‘simliklar qoplamining yana o‘sishiga sharoit yaratadi.
Buyuk tekisliklar tabiat o‘simliklar qoplami o‘rmon-cho‘l va cho‘l formatsiyalaridan iborat. Preriyalarning shimoliy chegarasi Kanadaga yaqin joyda o‘rmon-cho‘lga o‘zgaradi, Alberto platosida igna bargli o‘rmonlar qoplab oladi. Shimoliy Amerika o‘rmon-cho‘llari va unda o‘sadigan qayin, osina (tog‘-terak), boshoqli o‘simliklar qoplami namli o‘rmon tuproqlarida va podzol qora tuproqlarda shakllanadi.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin