Oʻzbekiston respublikasi


Tabiiy ekotizim va agroekotizimlarning solishtirma xususiyatlari, V.I.Korobkin, L.V.Peredelskiy (2005) ma’lumoti



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə37/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Tabiiy ekotizim va agroekotizimlarning solishtirma xususiyatlari, V.I.Korobkin, L.V.Peredelskiy (2005) ma’lumoti



Tabiiy ekotizimlar

Agroekotizimlar

Evolyusiya jarayonida shakllangan biosferaning boshlang‘ich birliklari (elementar birligi)

Inson tomonidan qayta o‘zgartirilgan biosferaning sun’iy birliklari

Katta miqdordagi hayvon va o‘simliklar turlarida tarkib topgan tizim, unda biri necha turlar populyasiyasi hukumronlik qiladi, ularda o‘z-o‘zini boshqarib turish natijasida dinamik barqarorlik mavjud

Bir tur hayvon yoki o‘simlik hukumronlik qiladi. Ular barqaror, biomassasining doimiy-barqaror emasligi bilan harakterli

Maxsuldorlik moddalar aylanishida qatnashadigan organizmlarning moslanuvchanligi bilan belgilanadi

Maxsuldorlik xo‘jalik faoliyati darajasi bilan aniqlanadi va u iqtisodiy hamda texnik imkoniyatlarga bog‘liq.

Birlamchi maxsulot hayvonlar tomonidan foydalaniladi va moddalar aylanishida ishtirok etadi. “Istemol qilish”ishlab chiqarish bilan bir vaqtda amalga oshadi.




Agroekosistemalarni, asosan avtotrof komponentlar yoki «yashil zonalar» tashkil qiladi. Agroekosistemalar tabiiy yoki yarim tabiiy ekosistemalardan quyidagicha farqlanadi: 1) agroekosistemalar inson qaramog‘idan yordamchi energiya oladi, u quyosh energiyasiga qo‘shimcha yoki uni o‘rnini bosadi (issikhona, oranjereya); 2) argonsenozlar ichida organizmlar soni xilma-xilligi juda ham chegaralangan (foydali o‘simliklar, hayvonlar turlari); 3) agroekosistemalarda dominantlik qiladigan turlar tabiiy tanlanish emas, balki sun’iy tanlanish ta’sirida bo‘ladi.
Agrosistemalar kerakli ozuqa mahsulotlari olish uchun tashkil qilinadi va funksiyasi, tuzilishi boshqarilib turiladi, ya’ni:

  1. Sistemani ushlab turish uchun qo‘shimcha energiyadan foydalanish, bu holat tabiiy sistemalarda Quyosh energiyasi tomonidan bajariladi. Agroekosistemalarda Quyosh nurining asosiy energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ozuqa-urug‘ga, mevaga o‘tadi.

  2. Maxsus moslashtirilgan muhitda seleksiya asosida yaratilgan o‘simliklar navlari va hayvonlar zotlaridan optimal mahsulot olinadi.

Agroekosistemani 2 katta guruhga bo‘lish mumkin (Odum, 1986):

  1. Fan-texnika taraqqiyoti davrigacha bo‘lgan agroekosistema. Bu davrda qo‘shimcha energiya sifatida inson va hayvon kuchidan foydalanilgan va etishtirilgan mahsulot dehqonning oilasi uchun yoki bir qismini sotish, yoki kerakli mahsulotga almashtirishga mo‘ljallangan.

  2. Mexanizatsiyalashgan intensiv ekosistemada ko‘plab yoqilg‘i energiyasi, ximikatlar va mashinalar ishlatiladi, mahalliy aholi talabidan ortiqcha mahsulot etishgiriladi, ortiqchasi tashqi bozorga jo‘natiladi. Masalan, O‘zbekistonning paxtasi, sabzavot va poliz ekinlari, Afrikaning banani, Arabistonning xurmosi, Gurjistonning apelsini tashqi bozorda sotiladi.


Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin