Oken suvining sho‘rligi va undagi gazlar. Dunyo okeani massasining 96,5 protsenti suvdan, qolgani esa erigan har xil tuzlardan, gazlardan va mayda zarrachalardan iborat. Okean suvida erigan holda ma’lum bo‘lgan hamma ximiyaviy elementlar bo‘lib, ularniig ko‘pchiligi tuzlardir. Tuzlar ichida eng ko‘pi natriy xlor (NaCl — 77,8 protsent), magniy xlor (MgCl— 10,9 protsent). SHuningdek okean suvida oltin, kumush, mne, fosfor, yod kabi moddalar ham mavjud.
Okeanlardagi mineral moddalarning miqdori 5.1016 tonna bo‘lib, butun okean suvi massasining 3,5 protsentini tashkil etadi. Okean suvida erigan holdagi minerallar ichida eng ko‘pi tuzlardir. Agar bu tuzlarni Er sharining quruqlik yuzasiga yoyilsa, 153 m, butun Er shari yuzasiga yotqizilsa, qalinligi 45 m tuz qatlami vujudga kelar edi.
Okean suvida minerallar erigan holda bo‘lsa, sho‘rligi deb aytiladi. Okean suvining sho‘rligi promille 1 (%) bilan belgilanadi. Okeanlarda suvning o‘rtacha sho‘rligi 35%. Lekin suvning sho‘rligi okeanlarning turli qismlarida turlichadir.
Er sharining ekvator atrofidagi joylarida suvning sho‘rligi 34%. CHunki bu erlarga yog‘in ko‘p tushadi. Okeanlarning 20° bilan 30° geografik kengliklar orasida, ya’ni subtropik mintaqada joylashgan suvlarda sho‘rlik 36—37 % ga teng. Bu joylarda harorat yuqori, yog‘in kam.
Mo‘‘tadil va sovuq mintaqalarda okean suvining sho‘rligi 30- 32%0. CHunki bu mintaqalarda quyosh issiqligi va yorug‘ligi kamayadi, yog‘in ko‘p, daryolar ko‘plab chuchuk suv keltiradi.
Okeanlar bilan tutashib turgan tashqi dengizlarning sho‘rligi 30—32 protsent bo‘lsa-da, lekin materik ichkarisidagi dengizlarning sho‘rligi okean sho‘rligidan ancha past. YArim tashqi dengiz hisoblangan Oxota dengizining sho‘rligi 32%. YApon dengiziniki 33% bo‘lsa, ichki dengiz hisoblangan Qora dengizning sho‘rligi 14—30 %. Baltika dengiziniki 8— 12%. Baltika dengizining ko‘plab chuchuk daryo suvi quyiladigan Botink sultshnda sho‘rlik 3% dir. Lekin yoz issiq bo‘ladigan territrialardagi ba’zi ichki dengizlar, chunonchi, Kizil dengizda suvning sho‘rligi 41% ga etadi.
Okean va dengiz suvlari tarkibida har xil tuzlardan tashqari, yana erigan holda azot, karbonat angidrid, vodorod sulfid, ammiaQ metan va boshqa gazlar ham bo‘ladi. Dengiz suvida atmosferadagiga nisbatan kislorodning miqdori (35%) ortiq. Bu esa dengiz hayvonlari uchun juda qulaydir. Gaz issiq suvdagiga nisbatan sovuq suvda ko‘p. SHo‘rligi 35% bo‘lgan okean suvining bir litrida 0° temperaturada 8,5 sm3, 30° temperaturada esa 4,5 sm3 hajmdagi erigan gaz bo‘ladi.
Okean suvi tarkibidagi gazlar har xil yo‘llar bilan vujudga kelgan. Agar azot atmosferadan suvga o‘tgan bo‘lsa, kislorod suvga ham atmosferadan o‘tadi, ham suvning o‘zida fotosintez yo‘li bilan vujudga keladi. Karbonat angidrid esa vulkanlarning otilishidan, atmosferadan va jonivorlar tufayli vujudga keladi.
Kislorod sovuq suvda issiq suvdagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. 100—300 m chuqurlikdagi 1 litr dengiz suvida 5 sm3 dan (0° kenglikda) 8 sm3 gacha (50° kenglikda) hajmda kislorod mavjud.
Karbonat angidridi ham, kislorod singari, sovuq suvda ko‘p bo‘ladi. CHunki issiq suvda u atmosferaga tarqalsa, sovuq suv uni ko‘plab yutadi. Okean suvining 1 litrida 45—50 sm3 hajmda karbonat angidridi mavjud