Ekosistemalarning energiya manbalari quyoshdan kelayotgan energiya va uning foydali qismi ekosistemalardagi organizmlarning tarkibi, soni, tuzilishini, rivojlanish jarayonini aniqsaydi. Energiya — umumiy aniqlovchi ekosistemalarni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
SHu sababli ham ekosistemalarning energetik manbalari: Tabiiy, quyoshdan harakatlanadi, boshqa manbalardan
energiya olmaydi; Tabiiy, quyoshdan harakatlanadi, boshqa manbalardan
energiya oladi;
Issiqlik orqali harakatlanadigan industrial shaharlar. Ekosistemaning energetik guruhlarida energiya manbai sifatida quyosh energiyasi va kimyoviy (yadro), issiqlik
(gaz, neft, ko‘mir) energiyasidan foydalaniladi. Ikki manba — quyosh energiyasi va issiqlik energiyasi ekosistemalarni
harakatga keltirishda birdaniga ishlatilishi mumkin Nazorat uchun savollar Sstemalarning o‘zgarish dinamikasi.
Sstemalar mahsuldorligi.
15-mavzu: Barqaror va beqaror ekosistemalar.klimaks SHahar ekosistemasi va uning tarkibiy qismlari.
Geterotrof ekosistemalar.
Turli ekosistemalarda hosil bo‘lgan mahsulotdan inson ozuqa sifatida foydalanadi. Rivojlangan mamlakatlarda hosildorlik va ulardan foydalanish turlichadir. Hozirgi kunda er yuzi aholisining har birining hayot faoliyati uchun yiliga 1 mln. kkal energiya yoki 5,3-1015 kkal ozuqa energiyasi kerak. Dunyo bo‘yicha 6,7-1015 kkal ozuqa to‘planadi, lekin yig‘ish, taqsimlash, saqlash yo‘lga qo‘yilmaganligi tufayli ozuqa mahsulotining ko‘p qismi nobud bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha etishtiriladigan mahsulotning faqat 1 foizi dengizlardan olinadi. Qishloq xo‘jaligida etishtirilgan o‘simliklardan olinadigan ozuqa mahsuloti hayvonlarnikidan 4 barobar ko‘p. Hamma to‘plangan ozuqa biosferaning I foiz toza yoki 0,5 foiz umumiy birlamchi mahsulotlarini tashkil etadi. Hozirgi kunda planetada aholi soni ortib borishi bilan jamiyatni tabiatga qilayotgan salbiy ta’siri kuchayib bormokda. SHu kunlarda quruqlikning 3,0 - 3,1 gektariga bir odam to‘g‘ri keladi, yani 14,0-109 quruqlikka 6,2-109 odam hisoblanadi. 14,0-109 quruqlikka 22,5-109odam va hayvonlar, ya’ni har bir odam va uy hayvoniga o‘rtacha 0,8 ga er to‘g‘ri keladi. SHuning uchun bir joyga 2 yoki bir necha marta ko‘p yillik o‘simliklarni qo‘shib ekish yo‘li bilan hosildorlikni oshirish mumkin. SHundagina planetadagi organizmlarni ozuqa va boshqa kerakli mahsulotlar bilan ta’minlash mumkin.
Bakteriyalar va zamburug‘lar oddiy molekulalardan murakkab energiyaga boy organik moddalarni sintez qila olmaydilar va shu jihatlari bilan o‘simliklardan farqlanadilar. SHunga qaramay, ular ko‘payadilar, rivojlanadilar va o‘simlik moddalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib, energiya oladilar. Bir organizmning ikkinchi organizm tomonidan iste’mol qilinishiga ozuqa zanjiri deb ataladi. Ozuqa har bir yangi zanjirga o‘tishida, uning katta potensial energiya qismi (80-90 foizi) yo‘qoladi.