Nazorat uchun savollar CHuchuk suv yashash muhitining xususiyatlari va omillari.
Plankton- suzuvchi organizmlar
Suv tubiga mustahkamlangan o‘simliklarning konsentratsiyalangan zonalarga bo’linishi
13- mavzu: Daryo va ko‘llar ekosistemalarining tuzilishi Reja: Daryolar. Haqida tushuncha
Daryolarning oqimi va suv sarfi.
Daryolarning xo‘jalikdagi ahamiyati
Daryolar. Tabiiy chuqurlikda harakat qiladigan doimiy suv oqimiga daryo deyiladi. Har qanday daryoning boshlanadigan joyi, yuqori oqimi, o‘rtacha oqimi, quyish oqimi va quyilish joyi bor.
Daryolar buloqlardan, sizot suvlaridan, botqoqliklardan, ko‘llardan kardan, doimin qop, muzliklardan boshlanadi. Daryoning qanday erdan boshlanishi uning suv rejimini xususiyatiga ham ta’sir etadi. Agar daryolar ko‘l va muzlardan boshlansa, sersuv, aksincha, buloqlardan, sizot suvlardan boshlansa kam suv bo‘ladi.
Daryolarning boshlanish joyiga yaqin bo‘lgan qismi uiing yu q o r i o q m i deyiladi. Bu qismida daryo suvi o‘rta qismidagiga nisbatan kam suv bo‘lsa-da, tez oqadi. CHunki daryo nishabi katta bo‘ladi. Daryolar o‘rta qismida o‘rtacha tezlikda oqadi. Odatda, juda ko‘p daryolar quyi oqimi tekislikdan sekin oqadi. Daryoning dengizga, ko‘lga, biron boshqa kattaroq daryoga quyiladigan joyi uning q u y i l i sh j o y i deyiladi. Ba’zi daryolar, chunonchi, Zarafshon, Qashqadayo suvi ko‘lga, dengizga yoki biror daryoga oqib bormasdan surorishga sarf bo‘lib tugab qoladi.
Daryolar, odatda, soylikdan oqadi. Bunday soylik daryo vodiysi deb yuritiladi. Daryo vodiysining suv to‘lib oqadigai qismi esa daryo o‘ z a n i deb aytiladi. Daryo suvi ko‘paygan davrda toshib, vodiysining bir qismini suv bosadi. Uzanning o‘sha toshqin vaqtida suv tagida qolgan qismiga q a y i r deyiladi.
Daryo vodiysi yonbag‘rida zinapoya shaklida terrasalar (ko‘hna qayirlar) joylashgan. Terrasalar daryo vodiysining qadimgi (daryo ancha balandda oqqan davridagi) qayirlarning qoldiqlaridandir. Terrasalar daryolar o‘zanining chuqurlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Har qanday daryoning irmoqlari bor. Irmoqlari bosh daryodan kamsuv, kalta bo‘ladi. Bosh daryoning oqim tomoniga qarab turilsa, daryoga o‘ng tomondan quyilayotgan o‘ng irmoq, aksincha, chap tomondan quyilayotgani chap irmoq deyb aytiladi.Masalan, Amudaryo uchun Kofirnihon o‘ng irmoq, Afg‘onistondan oqib kelayotgan Surxob esa chap irmoqdir.
Ma’lum daryoga (masalan, Sirdaryoga) suv yig‘iladigan territoriya o‘sha daryoning havzasi hisoblanadi. Bir daryo havzasi bilan ikkinchi daryo havzasi ajratib turadigan joylar suv ayirg‘ichlar deyiladi. Ular ko‘pincha tog‘lar, balandliklardan iborat bo‘ladi. Ma’lum huavza territoriyasidan oqadigan bosh daryo va uning katta-kichik irmoqlari daryo sistemasini tashkil etadi. Daryo sistemasi bosh daryo, uning irmoqlaridan iborat bo‘ladi. Daryolarning boshlanish eridan kuyar erigacha bo‘lgan umumiy masofasi uning uzunligi deyiladi. Masalan, Zarafshon daryosining Zarafshon muzligidan Sandiqli qumligigacha 781 km.
Er sharidagi eng uzun daryo Afrikadagi Nil (6671 kv), SSSRda esa eng uzun daryo Lena (4400 km), Urta Osiyoning eng uzun daryosi Sirdaryo (2982 km). Daryolarning zichligi Er shari bo‘yicha bir xil emas. Daryo-soylarning zichligi deganda ma’lum territornyadagi daryolar, soylar, jilg‘alarning umumiy uzunligining shu territoriya maydoniga nisbati tushuniladi va km/km2 bilan ifodalanadi. Sernam iqlimli erlarda va tog‘li o‘lkalarda daryo-soylarning zichligi ortiq bo‘ladi. Masalan, SSSRda daryo-soylarning eng zich eri Katta Kavkaz tog‘laridir (1.49 km/km2), aksincha, eng siyrak joy esa O‘rta Osiyoning tekislik qismidir (0,003 km/km2).