Oʻzbekiston respublikasi


CHuchuk suv ekotizimlarinig xususiyatlari



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə41/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

CHuchuk suv ekotizimlarinig xususiyatlari.
Lontik ekotizimlar litoral zonada ikki xildagi produtsentlardan: suv tubiga yopishgan xolda o‘quvchi gulli o‘simliklar va suzuvchi yashil o‘simliklar- suv o‘tlari va ayrim yuqori (rdest) o‘simliklardan iborat.
Suv tubiga mustahkamlangan o‘simliklar uchta konsentratsiyalangan (to‘plangan, jamlangan) zonani tashkil etadi.
1. Suv usti vegitatsiyasiga ega o‘simliklar zonasi-o‘simliklarning fotosintezlovchi qismi suv ustida joylashgan (qamishlar, luhlar va boshq.), biogen elementlarni suv tubidagi cho‘kmalardan oladi;
2. suv tubiga mustahkamlangan o‘simliklar, zonasi ularning barglari suvda suzib-qalqib turadi (ko‘zachasimon, o‘simliklar-nilufar va boshq.), bu zonadagi o‘simliklar ham birinchi zonadagi o‘simliklar vazifasini bajaradi, ammo ular suv tubiga soya hosil qilishi mumkin;
3. suv osti vegitatsiya zonasi-suv tubiga tomir qo‘ygan va mustahkamlangan o‘similiklar, ular to‘liq suv tubiga joylashgan. Bu o‘simliklar ham fotosintez jarayonini va suv muhitida minerallar almashinuvi amalga oshiradi (rdestlar, elodiya va boshqa suv tubiga mustahkamlangan suv o‘tlari).
Litoral zonadagi hayvonlar, konsumentlar boshqa zonalardagiga nischbatan turli-tumandir. Peroifiton mollyuskalardan, kolovratkalardan, ishankalardan (Ectoprocta- asosan dengizlarda koloniya bo‘lib yashovchi bentos hayvonlar), hashoratlar lichinkalaridan va boshqalardan iborat. Ko‘pgina nekton hayvonlar atmosfera kislorodi bilan nafas oladilar (qurbaqalar, salamandralar, toshbaqalar va boshq.) Baliqlar umrining asosiy qismining litoral zonada o‘tkazadi va ko‘payadi. Zooplankton asosan qisqichbaqasimonlardan iborat, ularning ayrim turlari baliqlar uchun muhim ozuqa hisoblanadi (dafniya va boshq).
Limnik zona uyushmalarida produtsentlar fitoplanktonlardir. O‘rta iqlim zonalaridagi suv havzalarida fitoplanktonlar zichligi mavsumlar davomida o‘zgarib turadi. Bahorda limnik zona suv yuzasining “gullashi” suvda o‘sishga moslashgan (kremniy yig‘uvchi, hamda suv konsumentlari uchun axshi ozuqa bo‘ladigan suvo‘tlari) suv o‘tlarining ommaviy ko‘payishiga, yozda yashil suv o‘tlarining, kuzda-azot yig‘uvchi ko‘k-yashil suv o‘tlarining ommaviy ko‘payishiga bog‘liq.
Zooplankton o‘simliklar qisqichbaqasimonlardan, kolovratkalardan va boshqa yirtqichlardan iborat. Limnik zona niktonlarni faqatgina baliqlar tashkil etadi.
Profundal zonalarning uyushmalari yorug‘liksiz hayot kechiradi. Bu erdagi flora va faunasi asosan suvli va loyqali qismida, organik moddalar to‘planadigan qismida bakteriyalar, zamburug‘lar (redutsentlar)- faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek bentos organizmlar (konsumentlar)- hasharotlar lichinkalari, mollyuskalar, xalqali chuvalchangar yashaydi.
CHuchuk vuv havzalariga oqava suvlar tushishi natijasida qizil tusli xalqali chuvalchanglar miqdorining oshishi kuzatiladi, bu ko‘rsatkich suv havzalari ifloslanishining indikatori bo‘lishi mumkin.
Oqmaydigan suv havzalarida uyushmalarga ta’sir etuvchi cheklovchi omillar kislorod miqdori, harorat va yoritiilganlik darajasi va suv havzalariningko‘llar, hovuzlar sun’iy suv havzalarining ko‘llar, hovuzlar sun’iy suv omborlarining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin