Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə38/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Nazorat uchun savollar

  1. Ekosistemalarning xilma-xilligiga izoh bering

  2. Agroekosistemalar haqida tushuncha

  3. Agroekosistema nechi guruhga bo’linadi



11- mavzu: Okean ekosistemalari tuzilishi
Reja:

  1. Okeanlar to’g’risida tushuncha

  2. Dunyo okeani oziq-ovqat resurslarining yirik manbaidir

  3. Oken suvining sho‘rligi va undagi gazlar.

YUqorida qayd qilganimizdek Er yuzasining 71 protsenti suv bilan qoplangan bo‘lib, Dunyo okeanini tashkil etadi. Dunyo okeanining maydoni 361 ming km2, suvning hajmi 1 mlrd. 370 mln. Km3, o‘rtacha chuqurlikda 3,7 km, eng chuqur eri 11 022 m metrni tashkil etadi. Dunyo okeanini materiklar juda katta qismlarga okeanlarga bo‘lib turadi. Demak Dunyo okeanining materiklar orasida joylashgan juda katta qismi oksan deb aytiladi. Dunyo okeani to‘rtga: Tinch, Atlantika, Hind va SHimoliy Muz okeanlariga bo‘linadi.
Okeanlarning materik ichkarisiga yorib kirgan qismini dengizlar deyiladi. Dengizlar uch turga bo‘linadi. Agar okean suvining bir qismi materik ichkarisiga yorib kirsa va okean bilan bug‘ozlar orqali ajralib tursa, ichki dengiz hosil bo‘ladi. Qora, Baltika, Azov dengizlari ichki dengizlardir.
Okean suvi quruqlik ichiga bir oz yorib kirib, undan orollar orqali ajralib tursa, tashqi dengizlar deyiladi; chunonchi, Barens, Bering, YApon, Oxota dengizlari. Nihoyat, materiklar orasida joylashgan dengizlar esa o‘rta dengizlar deb yuritiladi: O‘rta dengiz, Karib dengizi, Qizil dengiz va boshqalar.
Dunyo okeanining eng katta qismini Tinch okean ishg‘ol qiladi. U Amerika, Osiyo, Avstraliya hamda Antarktida orasida joylashib, maydoni 179,7 mln. kv. km. Bu esa butun Er yuzasi territoriyasining 30% i, Dunyo okeani maydonining esa 50% iga teng. SHu sababdan ba’zan Tinch okean Ulur okean deb ham yuritiladi. Tinch okeanning suv hajmi 724 mln. km3, o‘rtacha chuqurligi esa 4028 m. Ba’zi erlarida suvning chuqurligi 7— 11 km ga etadi. Aleut botig‘i 7822 m, Kuril-Kamchatka botig‘i 9717 m, Filippin botish 10 497 m, Mariana botig‘i 11 022 m va hokazo. Mariana botig‘i Tinch okeandagina emas, balki Dunyo okeanida ham eng chuqur joy hisoblanadi.
Atlantika okeani kattaligi va chuqurligi jihatidan Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. U Amerika qit’asi bilan Evropa va Afrika materigi orasida «S» harfi shaklida joylashgan. Uning maydoni 93,3 mln. kv. km, suv hajmi 350 mln. km3. Okeanning o‘rtacha chuqurligi 3332 m, eng chuqur eri Braunsen (Puerto-Riko oroli yaqinida) botig‘i 9428 m.
Xind okeani. Osiyo, Afrika va Avstraliya materiklari orasida joylashgan. Maydoni 75 mln. km3 bo‘lib, Dunyo okeani umumiy suv zapasining 4,4% i shu okeanda. CHuqurligi va kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda bo‘lib, eng chuqur eri YAva oroli yaqinida 7450 m ga etadi.
Maydoni jihatidan eng kichik va eng sayoz SHimoliy Muz okeanidir. Uning maydoni 13,1 mln. km3 bo‘lib, Dunyo okeani suv zapasining bir protsenti shu okeanda. Bu okean ancha sovuq joyda o‘rnashganligi sababli suvi uncha sho‘r emas, yilning uzoq vaqti muz bilan qoplanib yotadi. SHimoliy Muz okeani nisbatan sayoz bo‘lib, eng chuqur eri 5449 m ga etadi.
Okeanlar orasidagi chegara shartli bo‘lib, quruqliklar bir-biriga yaqin bo‘lgan joylardan o‘tkaziladi. Tinch Okean bilan Atlantika okeani orasidagi chegara Gorn burni (Olovli Er oroli)dan Greyam Eri oroli (Antarktida)gacha o‘tkaziladi. Tinch okean bilan Hind okeani orasidagi chegara Vilyams burni (Antarktida 70° janubiy kenglik va 163° sharqiy uzunlik)dan Tasmaniya oroli orqali o‘tkaziladi. Atlantika okeani bilan SHimoliy Muz okeani orasidagi chegara SHimoliy Amerikadan 32° parallel bo‘ylab Grenlandiya oroliga, Grenlandiya orolidan 65° shimoliy kenglikdan Skandinaviya yarim orolining 59° shimoliy kengligigacha boradi. Atlantika okeani bilan qind okeani orasidagi chegara Antarktidadagi Lare Eri (68° janubiy kengliQ 69° sharqiy uzunlik)dan Kergelen oroli orqali Afrikaning janubi-sharqiy qirg‘og‘igacha boradi.

Dunyodagi 63 hayvon sinfining 51 tasi okean va depgizlarda bo‘lib, ularning 150 ming turi mavjud. Ularning umumiy vazni 16- 20 mlrd. tonnaga etadi. SHu sababli, har gektar dengiz suvidan quruqlikdagi eng yaxshi bir gektar yaylovda etishtirilgan go‘shtga nisbatan 2 marta ortiq mahsulot olish mumkin.


Demak Dunyo okeani oziq-ovqat resurslarining yirik manbaidir. Dunyo okeanidagi organik moddalarning miqdori 30 mlrd. tonnani tashkil etadi. Lekin hozir Dunyo okeanidagi mana shu oziq-ovqat resurslarining (baliqlar, kit, beluxa, "dengiz mushugi, tyulen, dengiz quyoni, nerpa, morj, qisqichbaqa, mollyuska, ustritsa va umurtqali ham umurtqasiz bonqa hayvonlar hamda suv o‘simliklari) fatsat 1 protsentidangnna inson foydalanmoqda.
Dunyo okeanidagi hayvonlardan olinayotgan moy etishtirilayotgan hamma moyning 3 protseitinigina, SSSRda esa 4—5 protsentni tashkil qiladi, xolos. Okean hayvonlari ichida ko‘p moy va go‘sht berishda kit birinchi o‘rinda turadi. U Er sharidagi eng katta hayvon bo‘lib, uzunligi 35 m, og‘irligi 125 t. SHuning 50 tonnasi moyga to‘g‘ri keladi. Kitdan konserva mahsuloti, chorvachilik uchun ozuqa, un, o‘g‘it, shuningdek yuqori sifatli charm olinadi. Dunyo okeanidan hozir har yili 550 mln. s har xil baliqlar ovlanadi.
Dunyo okeanida suvo‘tlarning oziq-ovqat uchun foydalanish mumkin bo‘lgan 70 turi bo‘lib, ularning eng muhimlari dengiz karami, dengiz salati va boshqalar. Ular oziq-ovqat, dori-darmon, bo‘yoq va konditer sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi. Laminariy o‘simligidan algin elimi olinadi va undan gazlamalarni buyashda, sovun tayyorlashda ham foydalaniladi. "SHuningdek suvo‘tlardan drojji (achitqi), spirt, qog‘oz, karton va boshqa narsalar tayyorlash ham mumkin. Suvo‘tlari materik sayozligida ayniqsa juda hosildor bo‘ladi. Masalan, Kaliforniya qirg‘og‘idagi qizil suvo‘tlarining biomassasi gektariga 60— 100 t ga etadi. Lekin hozircha o‘sha suvo‘tlardan juda ham kam foydalaniladi. SHunday qilib, okeaplardan hozir yiliga 70—80 mln. tonnaga yaqin baliq, mollyuska, suvo‘tlar va bonqa mahsulotlar olinmoqda, bu esa insoniyatning oqsil moddasiga bo‘lgan talabining 1/5 qismini qoplaydi.
Dunyo okeani juda katta mineral xom ashyo resurslari manbaidir. Okean suvida 70 dan ortiq ximiyaviy element erigan holda uchraydi. Bularning eng ko‘pi osh tuzi (xlor va natriy), magniy, kaliy, oltingugurt, brom, uglerod, azot, fosfor, yod, temir, alyuminiy, molibden, qalay, mis, uran, nikel, kumush, oltin va hokazo. Bundan tashqari, okean tubida neft, gaz va boshqa qazilma boylik konlari ham mavjud.
Dunyo okean suvida erigan holda mavjud bo‘lgan ximiyaviy elementlarning 85,2 protsentini faqat natriy va xlor tashkil etadi. Qolgan barcha elementlar esa 14,8 protsentga to‘g‘ri keladi. Lekin hozircha okean tuzlaridan kam foydalanilayotir, har yili atigi 6 mln. t tuz olinmoqda.
Er sharidagi brom zapasining 99 protsenti okean suvlarida (90 000 t). SHuningdek suvda erigan holda 5,5 mln. t oltin, 4 mlrd. t uran mavjud. Okean tubida quruqlikdagiga nisbatan 3 marta ziyod neft zapasi mavjud. Okeanlar katta energiya manbai hisoblanadi. Okean suvlarining sutka mobaynida ikki marta ko‘tarilib va qaytishidan juda katta energiya ( 8 - 1012 kVt) vujudga keladi.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin