Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə40/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Nazorat uchun savollar

  1. Okeanlar to’g’risida tushuncha

  2. Dunyo okeani oziq-ovqat resurslarining yirik manbaidir

  3. Oken suvining sho‘rligi va undagi gazlar.



12- mavzu: Chucuk suv ekosistemalarining tuzilishi.
Reja:

  1. CHuchuk suv yashash muhitining xususiyatlari va omillari.

  2. Plankton- suzuvchi organizmlar

  3. Suv tubiga mustahkamlangan o‘simliklarning konsentratsiyalangan zonalarga bo’linishi

CHuchuk suv yashash muhitining xususiyatlari va omillari.
Kontinentlar yuzasidagi chuchuk suvlarni daryolar, ko‘llar, botqoqliklar tashkil etadi. Insonlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dambalar, suv omborlar quradilar. Demak, chuchuk suvlar oqadigan va deyarlik harakatsiz oqmaydigan holatda bo‘ladi. Ayrim suv havzalari bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi mumkin. Ana shunga muvofiq chuchuk suv yashash muhiti quyidagi suv tiplariga bo‘lidi. Lentik ekotizimlar-ko‘llar, hovuzlar va sun’iy ko‘llar, suv omborlari.
Lotik ekotizimlar-oqar suvlar, buloqlar, irmoqlar, soylar, daryolar.
Botqoqlashgan maydonlar-mavsum va yil davomida o‘zgarib turuvchi-marshlar (qirg‘oq zonalarida doimo suv bosib turuvchi botqoqlashgan maydonlar, asosan galofit o‘simliklar bilan qoplangan), botqoqliklar.
CHuchuk suv ekotizimlari insonlar uchun quyidagi xususiyatlari bilan almashtirib bo‘lmaydigan manba hisoblanadi:
1). CHuchuk suvlar maishiy va sanoat ehtiyoji uchun birdan-bir manbadir;
2). CHuchuk suv ekotizimlari chiqindilarni qayta ishlash uchun eng qulay va arzon tizimdir.
3). Suvning o‘ziga xos termodinamik xususiyati muhitdagi haroratning keskin o‘zgarib ketishini susaytiradi.
Suv muhitini belgilovchi omillari-harorat, shaffoflik, oqim, sho‘rlik darajasi va boshqalar. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar stenotermdir. SHuning uchun suvning kam miqdorda issiqlik ifloslanishi ham ular uchun xatarlidir. Suv muhitidagi hayot uchun suvning tiniqligi muhimdir, ular uchun chegara nuqtasi fotosintez jarayoni amalga oshishi uchun quyosh nuri tushib turadigan zona hisoblanadi. Turli suv havzalaridagi suvning tiniqligi turlicha chuqurlikda bo‘ladi. Loyqa suv havzalarida suv tiniqligi bir necha santimetr, tog‘lardagi tiniq ko‘llarda 30-40 metrgacha bo‘ladi. Oqim ham ekotizimlar uchun belgilovchi omil bo‘lib hisoblanadi, u organizmlar tarqalishiga, tuz va gaz balansiga ta’sir etadi.
Suv ekotizimlarida muhim belgilovchi omillardan biri suvdagi kislorod konsentratsiyasi hisoblanadi, suvdagi uglerod ikki oksidi antropogen omillar ta’sirida uning miqdori oshib ketadi va suv muhitidagi organizmlarga ta’sir etadi.
Belgilovchi biogen tuzlardan odatda nitratlar va fosfatlar hisoblanadi, ba’zidan kalsiy va boshqa elementlarning etishmasligi kuzatiladi.
Suv organizmlarining, ayniqsa baliqlarning tarqalishiga va miqdoriga chuchuk suv havzalarining kengliklar bo‘yicha tarqalishi ta’sir etadi, bir xil ekologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan turli xil suv havzalarida turli xil baliq turlari tarqalgan.
Gidrobiontlardagi va atrof suv muhitidagi tuz konsentratsiyasi sezilarli farq qiladi va “organizm-suv” chegarasidagi osmotik ko‘rinishni yuzaga keltiradi. Baliqdagi va suvdagi tuz konsentratsiyasidagi farqiga qarab, baliqdagi suyuqlik gipertonikli yoki gipotonikli (baliq tanasidagi bosimni ko‘taruvchi yoki pasaytiruvchi) bo‘lishi mumkin, ikkala holat ham baliqlarning o‘limiga sababchi bo‘ladi.Bunday holat chuchuk suv baliqlarning sho‘r suvlarda va aksincha dengiz (sho‘r suv) baliqlarining daryo yoki chuchuk suvlarda yashay olmasligining asosiy sababidir. Faqatgina ayrim baliqlargina (losos va boshq) ikkala muhitda ham yashashga moslashganligi sababi ularning organizmida osmotik bosimni boshqaruvchi maxsus mexanizm mavjud.
Suv havzalarida oziq zanjiri yaxshi rivojlangan, unda hamma trofik darajadagi organizmlar qatnashadi. Produtsentlar avtotrof organizmlar bo‘lib: foto va xemosintezlovchi mikroorganizmlar va suv o‘tlaridir. Konsumentlar- o‘simlikxo‘rlar, turli darajadagi yirtqichlar, parazitlar va boshq. va nihoyat redutsentlar (saprofitlar), ular turli-tumandir va suv osti ososi muhitiga bog‘liq.Suvda yashovchi organizmlarni suv havzalarida tutgan o‘rniga nisbatan ekologik guruhlarga ajratiladi. Bentos suv tubidan bo‘rtib chiqqan o‘siqlarga yopishgan holda yashovchi organizmlar.
Plankton- suzuvchi organizmlar, zooplanktonlar o‘zlari faol harakatlanishi mumkin, umuman olganda ular suv oqimi yordamida harakatlanadi. Nekton-suvda erkin harakatlana oladigan organizmlar- baliqlar, amfibiyalar va boshqalar.
Suv havzalarining o‘rta zonalari bo‘yicha-organizmlarning tarqalishi muhim ahamiyatga ega. Litoral qir zona-quyosh nuri suv tubigacha kirib boradigan qatlam. Limnik zona-quyosh yorug‘ligining 1% igina kirib boradigan qatlam, bu zonada fotosintez jarayoni tugaydi.Evrotofik zona- quyosh yorug‘ligi kirib boruvchi litoral va limnik zonalar suv qatlamiga aytiladi. Profundal zona-quyosh yorug‘ligi tushmaydigan ostki, suv tubi qatlami.Oqar suv havzalarida (daryolar, irmoqlar va boshq.) uchta zona ifodalanmagan, garchi ularning elementlari uchrab turadi.
Daryolarning va boshqa oqar suv havzalarining sayoz, tez oqar joylari tubida loyqa (suv tubidagi cho‘qindi) bo‘lmaydi, bunday joylarda suv tubiga mahkam yopishgan prefiton va bentos organizmlar uchraydi. Suv havzalarining chuqur joylarda oqim sekin bo‘ladi. Bunday joylarning tubida loyqa to‘planadi va qazib yashovchi hayvonlar uchraydi.
Evfotik zona (grek “eu”-to‘liq va “fotos”-yorug‘lik), yoki fotik zona,- suv havzalarining yuqori quyosh nuri yoritib turadigan qatlami. Bu qatlamdagi (zonadagi) fitoplanktonlar va yuqori o‘simliklarning fotosintetik faoliyati tufayli fotosintez jarayoni amalga oshadi.Evfotik zonaning pastki chegarasi quyosh yorug‘ligi 1% gacha tushib turadigan suv qatlamini tashkil etadi, bu qatlamda yoritilganlik 400 lk ni tashkil etadi.
Dunyo okeanining evfotik zonasida er yuzasidagi kislorodning 90% hosil bo‘ladi. Kontinental zonalar suvlaridagi evfotik zonaning chuqurligi suvning shaffofligi darajasiga qarab sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin, u suvdagi suspenziyalarga (suspenziya-moddalar aralashmasi bo‘lib, undagi qattiq moddalar mayda zarrachalar holatida tarqalgan bo‘ladi) va erigan moddalarga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim holatlarda suvning shaffofligi bir necha santimetrni tashkil etadi.
Ochiq okeanlardagi evfotik zonalarning o‘rtacha chuqurligi 80 metrni tashkil etadi. Saragossa dengizidagi shaffof suvlarida evfotik zona chuqurligi 150-200 metrgacha o‘rtacha kengliklarda taxminan 40 metr, SHimoliy va Boltika dengizlari loyqa suvlarida 20-30 metrni, qirg‘oq bo‘yi zonalarida va ko‘pchilik daryolarda bir necha santimetrni tashkil etadi.
Okean, dengiz evfotik zonalari birlamchi maxsulotga eng boy va gidrobiontlar zich joylashgan qatlam hisoblanadi, bu zonada turli xil suv o‘tlari, yuqori o‘simliklar, umurtqasiz hayvonlarning ko‘plab turlari, jag‘sizlar, baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar va dengiz sutemizuvchilari yashaydi. YUqorida ko‘rsatilgan klassifikatsiya uyushmadagi u yoki bu organizmlarning ekologik holatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin