Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə83/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Kislorodning aylanishi. Hozirgi vaqgda atmosferada kislorod mikdori 21 foiz yoki 1,1-1021 g ga teng. U atmosferaning er yuziga yaqin qatlamida ko‘p. Uning ancha ko‘p miqdori suv bilan bog‘langan molekulalardir. Er qobig‘ining qattiq jismlarida kam saqlanadi. Fotosintez jarayonida qabul qilingan atom uglerod uchun ikki atom kislorod ajratiladi. Ajratilgan kislorotsning umumiy hajmi yiliga 2,7-1017 g bo‘lib, uning aylanish vaqti 2500 yilga teng. Kislorotsning ekosistemada aylanishi ancha murakkab. Bunda S02, vodorots va suv qatnashadi. Moddalar almashinuvida ularni mutlaqo ajratib bo‘lmaydi. O‘simliklar tomonidan yiliga 240 mlrd.t. 02 havoga chiqariladi.
Azotning aylanishi. Ekosistemada azotning aylanishi uglerod aylanishidan farq qiladi: 1) ko‘pchilik organizmlar azotni assimilyasiya qilmaydilar; 2) organizm nafas olib, energiya ajratish jarayonida azot to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmaydi. Uning noorganik birikmalari erigan holda bo‘lib, azotdan o‘simliklarning foydalanishi engillashadi. Havo taxminan 80 foizga azot bilan to‘yingan. Uning ekosistemalardagi aktiv fondining 3 foizi tirik organizmlar to‘qimalarida, qolgan qismi tuproq va okeanlardagi chirindi va nitratlar o‘rtasida bo‘ladi.
O‘simliklar yiliga 86-1014 g azot (uning aktiv fondini I foizi) assimilyasiya qiladilar. Azotning tabiatda aylanish vaqti 300 yildan ortiq.
Ayrim ko‘k, yashil suv o‘tlari va bakteriyalar molekulyar azotni qabul qilib, o‘z tanalarida azotning organik birikmalarini hosil qiladilar. Yiliga biotik ekosistemada o‘zlashtirilgan azotning 80 foizi yangi azot sifatida atmosferaga qaytariladi.
Fosforning aylanishi. Ekosistemada mineral moddalarning aylanishidagi asosiy xislatlar 02, S02 va azotning tabiatda aylanishi orqali yuzaga keladi. Fosforning aylanishi kichik sikllardan iborat bo‘ladi, ya’ni o‘simliklar tomonidan fosfor ioni ko‘rinishidagi formasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproq yoki suvda assimilyasiya qiladi. Hayvonlardagi ortiqcha fosfor esa fosfatga aylantiriladi, siydik orqali muhitga chiqadi. Bu jarayonda atmosferaga chiqadigan fosfor faqat chang ko‘rinishiga ega bo‘ladi. O‘tgan davrlarda to‘plangan fosfor birikmalari tog‘ jinslarida ko‘p. Har yili 2,5 mln. t. dan ortiq fosfat qazib olinadi, aylanishida esa 60-62 ming. t. ekosistemadan qaytadi.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin