Turli kationlarning ekosistemada aylanishi. Ekosistemada uchraydigan turli elementlar kalsiy, kaliy, natriy, magniylar organizm hujayrasining ichki va tashqi suyuqliklarida ko‘p miqsorda uchraydigan kationlar, ekosistemada assimilyasiya va energiya ajratish bilan bog‘langan bo‘lmasa ham, hujayradagi jarayonlarda muhim rol o‘ynaydilar. Turli ekosistemalarning kationlar boyligi xilma-xildir. Ularning mikdori o‘zgarishi atmosferadan tushadigan yog‘inlar miqdoriga bog‘liq. Kationlarning o‘simliklar tomonidan yutilishi va aylanib tabiatga qaytish darajasi, ularning yiliga daryo suvlari orqali yuvilishiga teng yoki bir necha bor, hattoki, ayrim hollarda 10 barobar ortiqdir.
18-mashg’ulot mavzu: Qaytar va qaytmas sutkalik, mavsumiy va yillararo o’zgarishlari Gaz-tutun birikmalari (aerozollar, chang va boshqalar) Suv havzalariga anchagana xavf soladi. Ular atmosfera xavosidan suv havzalari tushib xatto zarar etkazadi. Rossiyaning Evropa qismida suv havzalariga ammoniyli azot tushishi o‘rtacha 0,3 t/km2, oltingugurt esa 0,25 dan 2,0 t/km2 hisoblangan.
Neft mahsulotlari bilan suv havzalarining ifloslanishi doirasi juda katta. Neft tashuvchi paroxodlarning avariyasi, qirg‘oq zonalaridagi neft qazib olish sanoatidan paroxodlar ballstli suvlarning tashlanishi natijasida va boshqa holatlarda suv havzalarga katta miqdorda neft mahsulotlari tushadi.
Er usti suv havzalarining ifloslanishidan tashqari er osti suv havzalarining ifloslanishi kuzatilmoqda. Katta sanoat rayonlarda turli sabablarga ko‘ra er osti suvlari ifloslanishi kuzatilmoqda. Er osti suvlariga tushgan zararli brikmalarning er osti suvi oqishi bilan dastlabki joydan 20-30 km gacha oqib borganligi aniqlangan. Bu zararli birikmalarning ichimlik suviga tushishi extimoli juda katta.