O`zbеkiston rеspublikasi


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə2/6
tarix13.09.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#142996
1   2   3   4   5   6
elementar matematika fan dasturi

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: Sonlarning bo’linishi. Sonlarning bo’linishi. Nomanfiy butun sonlar to’plamida bo’linish munosabatining ta’rifi va xossalari.
2-mavzu. Nomanfiy butun sonlar yig’indisi va ko’paytmasining bo’linishi. Nomanfiy butun sonlar yigindisi va ko’paytmasining bo’linishi 2, 3, 4, 5, 9,10, 25 ga bo’linish alomatlari.
3-mavzu. Tub va murakkab sonlar. Eratosfen galviri. Tub sonlar to’plamining cheksizligi. Sonlarni tub kupaytuvchilarga ajratish. Sonlarni kanonik kurinishda yozilishi.
4-mavzu. Sonlarning eng kichik umumiy karralisi va eng katta umumiy bo’luvchisini topish. Ularning asosiy xossalari. Berilgan sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisi va eng kichik umumiy karralisini topish algoritmi.
5-mavzu. Ratsional sonlar. Ulush tushunchasi. Kasr tushunchasi. Butunning ulushi, ulushlarga ko’ra butunni topish. Ratsional sonlar. Ratsional sonlar ustida arifmetik amallar. Qo’shish va qo’paytirish qonunlari.
6-mavzu. Ratsional sonlar to’plamining xossalari. Ratsional sonlar to’plamining xossalari. Ratsional sonlarning surati va maxrajini bir xil songa ko’paytirish, noldan farqli songa bulish. O’nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallarni bajarish algoritmi. Davriy o’nli kasrlar va ular ustida amallar. Ratsional son cheksiz davriy o’nli kasr sifatida.
7-mavzu. Nisbat, proporsiya va foiz. Ifoda va tenglamalar tushunchasi. Nisbat. Proporsiyalar. Proporsiyaning asosiy xossasi. Proporsiyaning asosiy xossasi tatbiqlari. Foizlar. Sonning foizini va foiziga koʻra sonni topish. Foizlarni hisoblashga oid masalalar. Toʻgʻri va teskari proporsional miqdorlar.
8-mavzu. Sonli va harfli ifodalar. Tengliklar. Tenglamalar va ularning xossalari. Iqtisodiy mazmundagi masalalar. Bajarilgan ishga doir masalalar.


III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Fan bo‘yicha rejalashtirilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Amaliy mashg‘ulotlarida tadbiqlar keng qo‘llanilayotgan asosiy usullarni o‘rgatishga e’tiborni kuchaytirish lozim. Ma’lum sabablarga ko‘ra ma’ruzaga kirmagan va murakkab bo‘lgan tushunchalarni amaliy mashg‘ulotlarda ko‘rib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin