O`zbеkiston rеspublikasi


IV. Amaliy mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə3/6
tarix13.09.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#142996
1   2   3   4   5   6
elementar matematika fan dasturi

IV. Amaliy mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular:

  1. Sonlarning bo‘linishi. Nomanfiy butun sonlar yig‘indisi va ko‘paytmasining bo‘linishi mavzusiga oid misol va masalalar yechish.

  2. Nomanfiy butun sonlar yigindisi va ko‘paytmasining bo‘linishi 2, 3, 4, 5, 9,10, 25 ga bo‘linish alomatlarim.

  3. Tub va murakkab sonlar. Eratosfen g‘alviri. Tub sonlar to‘plamining cheksizligi.

  4. Sonlarning eng kichik umumiy karralisi va eng katta umumiy bo‘luvchisi.

  5. Sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajratish. Sonlarni kanonik ko‘rinishda yozilishi.

  6. Sonlarning eng kichik umumiy karralisi va eng katta umumiy bo‘luvchisini topish. Ularning asosiy xossalari.

  7. Ratsional sonlar. Ulush tushunchasi. Kasr tushunchasi.

  8. Butunning ulushi, ulushlarga ko‘ra butunni topish. Ratsional sonlar. Ratsional sonlar ustida arifmetik amallar

  9. Qo‘shish va ko‘paytirish qonunlari. Ratsional sonlar to‘plamining xossalari. Ratsional sonlarning surati va maxrajini bir xil songa ko‘paytirish, noldan farqli songa bo‘lish.

  10. O‘nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallar.

  11. O‘nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallarni bajarish algoritmi.

  12. Davriy o‘nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallar. Ratsional son cheksiz davriy o‘nli kasr sifatida. Davriy bulmagan cheksiz o‘nli kasr.

  13. Nisbat, proporsiya va foiz. Ifoda va tenglamalar tushunchasi.

  14. Nisbat. Proporsiyalar. Proporsiyaning asosiy xossasi.

  15. Proporsiyaning asosiy xossasi tatbiqlari. Foizlar. Sonning foizini va foiziga koʻra sonni topish. Foizlarni hisoblashga oid masalalar. Toʻgʻri va teskari proporsional miqdorlar. Sonli va harfli ifodalar. Tengliklar. Tenglamalar va ularning xossalari. Iqtisodiy mazmundagi masalalar. Bajarilgan ishga doir masalalar

V. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; masofaviy ta’lim.
Bakalavr talabaga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi.
Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo‘ljallangan har bir bo‘lim bo‘yicha adabiyotlar talaba tomonidan o‘rganilishi, mustaqil ish uchun mo‘ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini o‘zlashtirish, har bir bo‘lim bo‘yicha berilgan topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi, Powerpoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni prezentatsiya ko‘rinishida tayyorlab topshirishi talab qilinadi. Jarayon o‘qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi.

Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin