315
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p
duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga ko‘ra uch
turga bo‘linadi.
1.
Ishlab
chiqarish investitsiyalari;
2.
Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya;
3.
Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida
real
foiz stavkasi qaraladi
48
. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi
kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar
uchun qarz bahosi ortib, ular
ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi
dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
I = e - dR
Bu yerda: I – avtonom
investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to‘lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal
hajmi.
U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer,
foydali qazilma
boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real
foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‘zgarishga ta’sirchanligini
miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Dostları ilə paylaş: