312
24.2-rasm. Jamg‘arish grafigi
Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar
va grafiklarga
tayanib iste’mol funksiyasini yozamiz:
C = a + b Yd , b
u yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad
(Yd =Y-T), b
u yerda: T – soliqlar;
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog‘liqligini ifodalovchi koeffitsient,
boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
ΔC
b = --------- 100;
Δ Yd
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi
daromad hajmiga va
iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o‘zgarishiga ta’sirchanligiga bog‘liq.
Jamg‘arish grafigini ham iste’mol grafigiga o‘xshab
algebraik ifodalash mumkin,
ya’ni jamg‘arish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
S = -a + (1 -b) Yd
Iste’mol va jamg‘arish hajmiga tasarrufidagi daromad
dinamikasidan tashqari
quyidagi omillar, to‘g‘rirog‘i bu omillardagi o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatadi:
1.
Uy xo‘jaliklari daromadlari.
2.
Uy xo‘jaliklarida to‘plangan mulk hajmi.
3.
Baholar darajasi.
4.
Iqtisodiy kutish.
5.
Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6.
Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg‘arish grafiklari o‘zaro
teskari
tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol
va jamg‘arish ulushi nisbatlari o‘zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o‘zgarishi
ixtiyordagi daromad hajmini o‘zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va
jamg‘arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol
funksiyasini aniqlash
borsidagi
tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek 6)aholining
daromadlari hajmi va
313
to‘plagan mulki ko‘lamiga ko‘ra tabaqalanishi darajasi hamda 7)
aholining soni va
yoshiga ko‘ra tarkibiga ham bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: