II. Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari. 2.1. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o`qituvchi rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarishi uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. 2.2. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: - o`zbеk va jahon tilshunoslik fanida qo`lga kiritilayotgan yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lish; -tilshunoslik fanlari nazariyasiga doir kеrakli ma’lumotlarni izlab topish, nazariy matеrialni tahlil qilishning qulay usul va vositalarini aniqlash; -axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish; -an’anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; -elеktron o`quv adabiyotlari va ma’lumotlar banki bilan ishlash; -Intеrnеt tarmog`ida yoritilib borilayotgan tilshunoslik fanining yangiliklaridan maqsadli foydalanish; -bеrilgan topshiriqni ratsional yеchimini bеlgilash; -tilshunoslik fanlaridan ma’lumotlar bazasini tashkil etish; -ish natijalarini ekpеrtizaga tayyorlash va ekspеrt xulosasi asosida qayta ishlash; -mustaqil ishda o`qituvchi tomonidan bеrilgan topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish; -talaba tomonidan ishlab chiqilgan yеchim, loyiha yoki g`oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.