122
- bir nechta sheriklarning resurslarini birlashtirish oqibatida firmaning
moliyaviy barqarorligi kuchayadi va kredit beruvchi muassasalardan qarzga
mablag‘lar jalb etish imkoniyati kengayadi.
Nuqsonlari:
- firmani boshqarishda bir nechta kishi ishtirok etganda boshqaruv qarorlari
qabul qilishda fikrlar va
manfaatlarning mos kelmasligi, o‘zaro kelishmovchiliklar
hamda ayrim sheriklarning mas'uliyatsizligi biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishiga
xalaqit qilishi mumkin;
- garchi yakka mulk egaligiga nisbatan moliyaviy imkoniyatlar kengroq
bo‘lsada, biznes doirasini kengaytirish va yirik loyi?alarni amalga oshirish uchun
mablag‘ yetishmasligi mumkin;
- hamkorlikning davomiyligini oldindan bashorat etib bo‘lmaydi,
bir yoki bir
nechta sherikning biznesdan chiqishi firma faoliyatini tugashiga olib kelishi yoki
unga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin;
- hamkorlikda biror bir sherikning uquvsizligi yoki mas'uliyatsizligi natijasida
ko‘rilgan zarar uchun barcha sheriklar birdek moddiy javobgar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: