427
36.3. Valuta kursi va uni belgilovchi omillar
Barcha xalqaro bitimlar valutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har
qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi valuta bahosini yoki
valuta kursini aniqlash
zaruriyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib,
valuta kursi – bu, bir mamlakat pul
birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir
.
Valuta
kursini o‘rnatish
kotirovkalash
deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari kotirovkalashga
ajratiladi. Agar xorijiy valuta birligining bahosi milliy valutada ko‘rsatilsa,
bunga
to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 so‘mga, 1 Rossiya
rubli 32 so‘mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda
milliy valutaning bir
birligiga to‘g‘ri keladigan xorijiy valutaning miqdori o‘rnatiladi. Masalan, 1 o‘zbek
so‘mi 0,001025 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu
jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri kotirovkalash qabul qilingan. Valuta bozoridagi
talab va taklifni solishtirish natijasida valutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi.
O‘zbek so‘mining kursi O‘zbekiston valuta birjasida o‘rnatiladi, uning ishtirokchilari
valuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan banklar hisoblanadi. Shu
bilan birga, turli pul birliklari uchun valuta kurslarini o‘rnatish jarayonida bozor
kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog‘liq holda valuta
kurslarini qabul qilishning bir- biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.
1.
Talab va taklifga asosan aniqlanadigan
egiluvchan yoki erkin suzib
yuruvchi valuta kursi tizimi.
2.
Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valuta kursi
tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan,
bir o‘zbek so‘mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz.
Milliy valuta
kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (36.1-
rasm).
Dostları ilə paylaş: