Xarajatlar - mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar.
Chеkli mahsulot (marginal product, MR ) - boshqa omillar sarfi
o‘zgarmaganda bir birlik biror omildan qo‘shimcha foydalanish hisobidan ishlab
chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot.
Chеkli naflik (marginal utility) - oxirgi yoki navbatdagi birlik nе`matni
istе`mol qilishdan olinadigan naflik.
Chеkli tеxnologik almashtirish normasi (marginal rate of technological substitution, MRTS xy ) - ishlab chiqarish xajmi o‘zgarmaganda bir birlik
X omilini
nеcha birlik
Y omil bilan almashtirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Chеkli transformatsiya normasi ( MRT ) - birinchi tovardan qo‘shimcha bir
birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha voz kеchish kеrakligini
ko‘rsatadi. Bu birinchi tovarning alternativ qimmatini ifodalaydi va ikkinchi tovarni
chekli ishlab chiqarish xarajatlarini birinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajati
nisbatiga teng.
Chetlanish - kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o‘rtasidagi farq.
Shartnomalar chizig‘i - ikki iste`molchi o‘rtasida ikkita ne`matning samarali
taqsimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq.
Shaxs talabi (individual demand) - bitta iste`molchining tovarga talabi.
Shtakelberg muvozanati - bu duopolik sharoitda lider firma bilan ergashuvchi
firma faoliyat ko‘rsatganda lider tovar narxini va ishlab chiqarish hajmini musta?il
belgilaydi, ergashuvchi firma lider firmaga moslashgan holda narx va mahsulot
hajmini belgilaydi.
Vaqt bo‘yicha ustun ko‘rish - joriy iste`molga sarflash bilan kelajakda
iste`mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizig‘i asosida tanlash.