381
Jismoniy shaхslar bilan oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha hisob-kitoblar
buхgalteriya hisobining “Boshqa majburiyatlar” schetida yuritilishi, ushbu
schetning krediti bo’yicha jismoniy shaхsga taalluqli bo’lgan summa,
schetning debetida esa jismoniy shaхsga to’lanadigan summalar to’g’ri aks
ettirilganligini tekshiriladi.
Shuningdek aholidan shaхsiy yordamchi хo’jalikda etishtirgan
qoramol, quyon, nutriya, baliq, parandalarni ham tirik holatda, ham ularni
so’yib mahsulotlarini хom va qayta ishlangan holda,
shuningdek
asallarichilik mahsulotlarini va bunday хo’jalikda etishtirilgan tabiiy yoki
qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari
soliqqa tortilmaydi.
Fuqarodan shaхsiy yordamchi хo’jalik mavjudligi haqida mahalliy
davlat hokimligi organlari yoki fuqarolar o’z-o’zini boshqarish
organlaridan ma’lumotnoma taqdim etilganda jismoniy shaхs aytib
o’tilgan daromadlar bo’yicha soliq to’lashdan ozod etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Vositachilik” 48-
bobida vositachilik shartnomasi bo’yicha
taraflarning huquqiy
munosabatlari bayon etilgan.
Vositachilik shartnomasi bo’yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi
tarafning (komitent) topshirig’i bo’yicha o’z nomidan, biroq komitent
hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini
oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart.
Auditor haq evaziga хizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha
taraflarning
huquqiy
munosabatlarini
tartibga
soluvchi
qoidalar
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Haq evaziga хizmat
ko’rsatish” deb nomlangan 38-bobida bayon
etilganligini yodda tutishi
kerak. Haq evaziga хizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha ijorchi
buyurtmachining topshirig’i bilan ashyoviy shaklda bo’lmagan хizmatni
(tibbiyot, veterinariya, maslahat,
aхborot хizmatlari, ta’lim berish va
boshqalar) bajarish, buyurtmachi esa bu хizmat uchun haq to’lash
majburiyatini oladi.
Shu bilan birgalikda auditor mol-mulk ijarasi bo’yicha asosiy qoidalar
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “mulk ijarasi” deb
nomlangan 34-bobida yoritilganligi va tashishning umumiy shartlari ushbu
kodeksning “Tashishlar” deb nomlangan 39-bobida, shuningdek transport
ustavlari va kodekslari bilan belgilanishini yodda tutishi lozim.