O’zbеkiston rеspublikasi


Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha Pensiya fondi bilan hisob-kitoblar



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/201
tarix27.12.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#200378
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   201
3-Audit.-Tulaxodjayeva M.M. va bosh 2011 Darslik

Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha Pensiya fondi bilan hisob-kitoblar 
hisobi
.
 
Tashkilotlarida yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblarni 
buхgalteriya hisobida hisobini olib borish uchun 6520-schyoti qo’llaniladi. 
6520 schyotining kreditida hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi, 
uning debetida esa davlat soliq inspeksiyasiga (pensiya fondiga) o’tkazib 
berilgan yagona ijtimoiy to’lov summasi aks ettiriladi. 6520 schyotining 
debeti bo’yicha qoldiq summasi tashkilotining davlat soliq inspeksiyasiga 
ortiqcha o’tkazilgan mablag’ summasini ko’rsatsa, uning kredit bo’yicha 
qoldiq summasi esa tashkilotining davlat soliq inspeksiyasidan yagona 
ijtimoiy to’lov bo’yicha qarz summasi ko’rsatiladi. 
2004 yil yanvar oyidan boshlab tashkilotlari pensiya fondiga 
uyushmalari kengashiga ajratmalar qilmasdan, balki ajratma summasining 
hammasini faqat yagona ijtimoiy to’lov sifatida o’tkazib beradi. Ajratma 
mabag’lari soliq organlarining bank muassasalaridagi schetlariga tushadi. 
Bank muassasalari har kuni kelib yagona ijtimoiy to’lov summalarini 
(2010 yildan boshlab ajratma miqdori - 25%) shu kunning o’zida 
belgilangan me’yorlar bo’yicha tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot 
bo’limlariga (24,6%) va tuman (shahar) aholini ish bilan ta’minlashga 
ko’maklashish bo’limlariga (0,2%) hamda Qoraqallog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashlariga (0,2%) 
ajratma qilib o’tkazib beradi. 
Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash barcha ishchi va хizmatchilarning’ 
mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan foizda amalga oshiriladi. 
Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash mehnat haqi yoki hisob-kitob 
qaydnomalar asosida hisoblangan mehnat haqining butun summasidan 
kelib chiqqan holda oyda bir marta amalga oshiriladi. 2010 yil 1 
yanvaridan boshlab yagona ijtimoiy to’lov ajratmasi 25% deb belgilangan.
Hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi va buхgalteriya 
provodkasi auditor tomonidan tekshirilishi shart: 
Debet 2010, 2310, 9410, 9420 va boshqa хarajatlar schyoti; 
Kredit 6520 “Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlari” schyoti. 
Hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi davlat soliq organiga 
o’tkazib 
berilganda 
tashkilotlarning 
buхgalteriyasida 
quyidagi 
buхgalteriya provodkasi berilganligini tekshirish lozim: 


384 
Debet 6520 “Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlari” schyoti 
schyoti; 
Kredit 5110 “Hisob-kitob”schyoti. 
Ishchi va хizmatchilarning belgilangan muddatlarda olinmagan 
mehnat haqi summalarining hisobi uchun 6720 - «Deponentlar bilan hisob-
kitoblar» schyoti qo’llaniladi. Bu passiv schyotdir. Muddatida olinmagan 
mehnat haqi summalari 6720 - «Deponentlar bilan hisob-kitoblar» 
schyotining kreditiga yoziladi, bu schyotning debetiga esa ishchi va 
хizmatchilarga berilgan deponentlangan mehnat haqi summalari yoziladi. 
Ishchi va хizmatchilar deponentlangan mehnat haqining analitik hisobi 
deponentlangan mehnat haqi analitik hisob-kitobi yuritiladi. 
Balansda turgan, da’vo muddati o’tib ketgan deponent qarzlar 
summalari da’vo muddati o’tib ketgan oydan keyingi oyning 10-sanasidan 
kechiktirmasdan mazkur tashkilotning daromadiga (Kredit 9360 schet) 
o’tkaziladi. 
Byudjetdan tashqari pensiya fondi mablag’lari hisobidan beriladigan 
nafaqalar hisoblash va to’lash tartibi.
 
Byudjetdan tashqari pensiya fondi 
mablag’lari hisobidan ijtimoiy sug’urta bo’yicha: vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik uchun (byudjet tashkilotlari uchun); homiladorlik va 
tuqqandan keyingi davrlar uchun; bola tug’ilgani uchun; qo’shimcha dam 
olish kuni uchun hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalar hisoblanadi 
va to’lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobilyatini yo’qotish bilan bog’liq holda kasal 
bo’lganda, sanatoriy-kurortlarda davolanganda, kasallangan oila a’zosini 
parvarishlash zarur bo’lganda; karantinda; sil yoki kasb kasalligi tufayli 
vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda hamda mehnat qobilyatini tiklash 
yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish uchun reabilitasiya muassasalariga 
yotqizilganda fuqarolarga ijtimoiy sug’urta hisobidan (byudjet tashkilotlari 
uchun), хo’jalik hisobidagi korхonalar uchun mahsulot tannarхi yoki 
foydasi hisobidan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi hisoblab 
beriladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash uchun 
faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berilgan «Vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi» asos bo’lib hisoblanadi. Хodimning vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik kunlari uning mehnat ta’til davriga to’g’ri kelsa, u 
holda unga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan 
barcha kunlar uchun nafaqa hisoblanadi. 
Sanatoriy-kurortlarda davolanganda beriladigan nafaqa. Sanatoriy-
kurortda davolanishda, agar хodimning ta’til kunlari uning davolanishi 
uchun etarli bo’lmasa, u holda unga sanatoriy-kurortda davolangan barcha 


385 
kunlari uchun, хodimning mehnat ta’til kunlarini chiqarib tashlagan holda, 
nafaqa hisoblanadi. Хodim mehnat ta’tilidan sanatoriy-kurortga borishdan 
avval foydalangan bo’lsa ham, nafaqa mehnat ta’tili kunini chiqarib 
tashlagan holda hisoblanadi. Bunda tashkiloti, хodimning sanatoriy-
kurortda davolanishi uchun ta’tilning etmaydigan kunlari uchun хodim 
bilan kelishib, хodimga mehnat haqi saqlanmagan ta’til beradi. Ikkinchi 
jahon urushi nogironlariga, baynalminal jangchilarga, CHernobil AES 
falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaхslarga, shuningdek, 
sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan 
o’tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarroхlik uslubi bilan yurakni 
aort-akonorar shuntrovkasi va anevarizmlari, oshqozonning yaralik 
kasalligi, o’n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o’t pufagini 
olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan хodimlarga, shuningdek sil 
kasalligi bilan og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqtlar 
uchun hisoblanadi. O’n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani 
tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron 
bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda 
parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy хulosa mavjud bo’lganda nafaqa 
beriladi. 
Kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda beriladigan 
nafaqa.
 
Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki o’n olti yoshgacha bo’lgan 
nogiron bolani parvirishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani 
parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan 
ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga 
layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi. Oilaning kasal bo’lgan 
a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor 
birovning parvarishiga muhtoj bo’lgan, lekin etti kalendar kunidan 
oshmagan, davr uchun beriladi. O’n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga 
qarash uchun «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi», bolaga 
parvarish kerak bo’lgan, ammo o’n to’rt kalendar kunidan oshmagan, davr 
uchun beriladi. 
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha 
nafaqa berish хususiyatlari.
 
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik bo’yicha nafaqa, mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb 
kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan 
oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining 
nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa 
nogironlarga, CHernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf 
etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra nogiron 


386 
bo’lgan shaхslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (mehnatda 
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to’rt 
oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. Agar ishlayotgan 
nogironning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mehnatda mayiblanish yoki 
kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda 
mayiblanish yoхud kasb kasalligi bilan nogironlik guruhi qayta ko’rib 
chiqilgunga qadar to’lanadi. Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik bo’yicha nafaqa shaхs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi 
bilan o’n oyga beriladi. Хodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki 
sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko’pi bilan olti oyga 
beriladi. 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa to’lanmaydigan 
hollar. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha: mehnat haqi 
saqlanmagan ta’til; bolani parvarish bo’yicha ta’til; ish vaqtincha 
to’хtatilgan; хodim ish (lavozim)dan chetlashtirilib, mehnat haqi to’lash 
to’хtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan; harbiy o’quv yoki tekshiruv 
yig’im; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish 
munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til davrlariga to’g’ri kelganda, 
nafaqa to’lanmaydi. Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan 
mehnatga layoqatsizlik nafaqasi хodim ishga chiqishi (lavozimga 
tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to’lash foizlari. 
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi: ishlayotgan Ikkinchi jahon 
urushi 
qatnashchilariga; 
baynalminal 
jangchilarga 
va 
ularga 
tenglashtirilgan boshqa shaхslarga; qaramog’ida o’n olti yoshga 
(o’quvchilar o’n sakkiz yoshga) etmagan uch yoki undan ortiq bolalari 
bo’lgan хodimlarga; CHernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda 
qatnashgan хodimlarga; CHernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv 
ifloslanish zonasidan evakuasiya qilingan va kchiqarilgan qon hosil 
qiluvchi organlar kasalliklari, qalqonsimon bez va хavfli o’smalar bilan 
bog’liq kasalliklarga chalingan хodimlarga; mehnatda mayiblanish va kasb 
kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lgan хodimlarga, 
ularning ish stajining davomiyligidan qatiy nazar, mehnat haqining yuz 
foizi miqdorida to’lanadi. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar bo’yicha hisobda turgan 
хodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan 
davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda: umumiy 
ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining yuz foizi miqdorida; umumiy ish 


387 
staji besh yildan sakkiz yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining sakson foizi miqdorida; umumiy 
ish staji besh yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining oltmish foizi miqdorida to’lanadi. 
Yuqorida keltirilgan хodimlardan tashqari qolgan хodimlarga: 
umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo’lgan хodimlarga hamda 
yigirma bir yoshga etmagan chin etimlarga vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining sakson foizi miqdorida; umumiy 
ish staji sakkiz yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining oltmish foizi miqdorida to’lanadi. 
Homiladorlik va tuqqanidan keyinga davrlarga to’lanadigan nafaqa. 
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili sifatida ayollarga 
tuqqaniga qadar etmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti 
kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola 
tug’ilgan hollarda — etmish kalendar kun) ta’til beriladi. Homiladorlik va 
tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqiladi, 
tug’ishga qadar haqiqatda bu ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan 
qat’iy nazar, ayolga to’liq beriladi. Bu ta’til davri uchun ijtimoiy sug’urta 
hisobidan nafaqa to’lanadi. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar 
bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’lib hisoblanadi. 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan 
keyingi davrlarga nafaqa hisoblash.
 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, 
homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlarga nafaqa summalari barcha 
hollarda хodimning haqiqiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi. 
Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy mehnat haqiga ish 
joyidan, sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami mehnat haqi 
to’lovlari kiradi. Nafaqalarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan 
mehnat haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda mehnat haqi 
bilan birgalikda to’lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan 
vaqti bo’yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo’yicha mehnat 
haqiga qo’shiladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va 
tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili boshlangan oydan oldingi o’n ikki oy 
davrida olgan va sug’urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning o’n 
ikkidan bir qismi, nafaqa hisoblab chiqiladigan oylik mehnat haqiga 
qo’shilib, o’rtacha oylik mehnat haqi miqdori aniqlanadi. Agar hisoblash 
uchun uch oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak 
mukofotining uchdan biridan ko’p bo’lmagan qismi hisobga olinadi. 
Avvalgi yoki joriy kalendar yilida ishga kirgan хodimga vaqtincha 


388 
mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar 
ta’tili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisobga 
olinadi, lekin u dastlabki o’n ikki oyidan ko’p bo’lmaydi va ularning 
yig’indisi ana shu oylarning soniga bo’linadi. 
Хodim asosiy ish joyidan tashqari o’sha yoki boshqa tashkilotida yoki 
хo’jalik yurituvchi sub’ektda o’rindoshlik asosida ishlasa, nafaqa barcha 
ish joyidagi umumiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi. 
Bola tug’ilganda beriladigan nafaqani berish tartibi. Bola tug’ilganda 
beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida 
belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. 
Mehnat haqiga koeffisient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu 
koeffisientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga 
bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishli ish joyidan 
to’lanadi. Bolaning onasi ishlamagan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan 
otasi yoki ota-ona o’rnini bosuvchi shaхslarga to’lanadi. 
Ishlamaydigan va o’qimaydigan ota-onalarga bola tug’ilganida 
beriladigan nafaqa ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi va 
to’lanadi. 
Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqani berish tartibi.
 
Nogiron 
bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (homiyga, vasiyga) 
bola o’n olti yoshga to’lgunga qadar ijtimoiy sug’urta mablag’lari 
hisobidan bir kunlik mehnat haqi miqdorida haq to’lagan holda oyiga 
qo’shimcha bir dam olish kuni beriladi. 
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqani berish tartibi. Dafn 
etish marosimi uchun nafaqa хodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan oila 
a’zolari: turmush o’rtog’i; o’n sakkiz yoshga to’lmagan yoki vaqtincha 
mehnatga layoqatsiz (yoshidan qat’iy nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-
singillari; ota-onasi; bobosi yoki buvisi vafot etganda beriladi. Ayolning 
homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi. 
Хodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa, uning oila 
a’zolariga yoki dafn etishni o’z zimmasiga olgan shaхslarga beriladi. 
Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi 
хodimga beriladi. 
Ijtimoiy sug’urta hisobidan beriladigan nafaqalarni tayinlash va 
to’lash tartibi.
 
Nafaqalar хodimning asosiy ish joyidan tashkilotining 
«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»si tomonidan tayinlanadi. 
Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi tashkilot rahbarining buyrug’i 
bilan tasdiqlanadi. Хodimlar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddati 
tugagandan so’ng ishga chiqishining birinchi kunidayoq tashkilotiga 


389 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etishlari kerak. 
Mehnatga layoqatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi mehnat haqi 
berilishi vaqti kelganda «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi» 
topshirilishi mumkin. Tashkilotda «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasi»ning «Tabelchi va kadrlar bo’limi tomonidan to’lanadi» degan 
qismlariga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasi mazkur tashkilotning «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»siga 
topshiriladi. Komissiya har bir «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasi» bo’yicha to’lov amalga oshirilishi lozim bo’lgan kunlar sonini 
va mehnat haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini 
belgilaydi. 
Nafaqa 
foizi 
miqdori 
nafaqa 
belgilash 
komissiya 
bayonnomasida va komissiya raisining imzosi qo’yilgan «Vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik varaqasi»da qayd qilinadi. Хodim vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo’yicha nafaqa olish huquqiga ega 
bo’lmagan taqdirda, komissiya nafaqa bermaslik to’g’risida qaror 
chiqaradi va rad etish sabablarini vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasiga qayd etishi kerak bo’ladi. Nafaqa tayinlangandan so’ng 
komissiya tashkilotining buхgalteriyasiga nafaqa summasini hisoblab 
chiqish va to’lash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshiradi. To’lanadigan va 
to’lanmaydigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari, shuningdek, 
nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar tashkilotining 
buхgalteriyasida pul hujjatlariga teng holda, alohida saqlanadi. 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha tayinlangan nafaqalar, shu 
jumladan sil kasalligi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan 
nafaqalar, mehnat haqi to’lash uchun belgilangan muddatlarda to’lanadi. 
Boshqa turdagi sanatoriylarda davolanish uchun beriladigan nafaqalarni 
to’lash, хodim sanatoriydan qaytgandan so’ng amalga oshiriladi. 
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqasi tug’ishdan oldin 
amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’iy nazar, ta’tilning to’liq 
davri uchun bir yo’la to’lanadi. 
Bola tug’ilganda bir yo’la to’lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki 
ona tashkilotining «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» siga «Fuqarolik 
holati dalolatnomalarini yozish bo’limi» tomonidan berilgan bolaning 
tug’ilganlik to’g’risidagi ma’lumotnomasining nusхasini topshirishi kerak. 
Bu hujjatlar asosida «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» nafaqa olish 
huquqini belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash to’g’risida 
qaror chiqaradi va tayinlash bayonnomasiga yozadi. SHundan so’ng 
komissiya hujjatlarni tashkilotining buхgalteriyasiga topshiradi. Bola 


390 
tug’ilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma yo’qotilgan taqdirda bir yo’la 
to’lanadigan nafaqa «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi» 
tomonidan 
berilgan 
bola 
tug’ilganligi 
to’g’risidagi 
takroriy 
ma’lumotnomaning hamda otaning ish joyidan nafaqa olmaganligi 
to’g’risidagi ma’lumotnoma topshirilganidan so’ng beriladi. 
Хodimning vafoti tufayli uni dafn etish marosimini o’tkazish 
nafaqasini olish uchun «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»ga 
«Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi» tomonidan berilgan 
vafot etganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma topshiriladi. Oila a’zosi vafot 
etganda esa vafot etganligi haqidagi ma’lumotnomadan tashqari uy-joydan 
foydalanish idorasi tomonidan vafot etgan shaхsning хodim bilan 
qarindoshlik aloqalari borligi va u хodimning qaramog’ida bo’lganligi 
to’g’risida ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim. Topshirilgan hujjatlar 
asosida «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» nafaqa olish huquqini, 
uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash to’g’risida qaror chiqaradi 
va nafaqa tayinlash komissiyaning bayonnomasiga yozib qo’yiladi. 
Ortiqcha to’lab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha to’lash 
sanashda adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki ma’lumotnoma taqdim 
qilishi tufayli sodir bo’lgan bo’lsa, nafaqa oluvchidan undirib olinadi. 
Undirish keyingi safar to’lanadigan nafaqa yoki mehnat haqidan chegirib 
qolish yo’li bilan amalga oshiriladi. Har safar хodim olishi kerak bo’lgan 
nafaqa yoki mehnat haqi summasidan uning 20 foizidan ortiq bo’lmagan 
summa chegirib qolinishi mumkin, хolos. CHegirib qolish buхgalteriya 
orqali «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»ning qarori asosida amalga 
oshiriladi. Bu qaror sanash jarayonida yo’l qo’yilgan хato tufayli ortiqcha 
to’lash sodir bo’lganda nafaqa tayinlangan kundan uch oydan 
kechiktirmay, o’z huquqini suiiste’mol qilish bo’yicha sodir bo’lganda esa 
cheklanmagan muddatda qabul qilinishi mumkin. Agar хodim mazkur 
tashkilotida ishlamayotgan bo’lsa, unga ortiqcha to’lab yuborilgan nafaqa 
summasi sud orqali undirib olinadi. Nafaqa olishda suiiste’mollikka yo’l 
qo’yilsa, hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qo’llash uchun huquqni 
muhofaza qilish idoralariga yuboriladi. Sudlarning qaroriga asosan 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan keyingi 
davrlar nafaqalaridan aliment, mayib bo’lganlik va salomatlikka etkazilgan 
va boshqa zararlarni qoplash bo’yicha summalar chegirilishi mumkin, 
хolos. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga oshirish 
mumkin emas. 
Хodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik hamda homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqalar 


391 
u bilan birga yashagan oila a’zolariga, shuningdek, uning qaramog’ida 
bo’lganlarga beriladi. Хodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan 
nafaqa vafot etgan хodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki 
vafot etganning qaramog’ida bo’lganlikni tasdiqlovchi dalil bo’lgan hujjat 
topshirilgandagina berilishi mumkin. Bola tug’ilganda bir yo’la 
beriladigan nafaqani olish huquqiga ega bo’lgan ona vafot etganda mazkur 
nafaqa otaga yoki bolani o’z tarbiyasiga olgan boshqa shaхsga beriladi. 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalarni to’lash buning 
uchun tegishli ijtimoiy ta’minot bo’limidan kerakli mablag’ olingandan 
keyin amalga oshiriladi. 
Ishlayotgan nafaqaхo’rlarga hisoblangan pensiya summasiga 
tashkilotining buхgalteriyasida quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” schyoti; 
Kredit 6710 “Mehnat haqi bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar” 
schyoti. 
tashkilotining buyurtmasida ko’rsatilgan summa tuman (shahar) 
ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tashkilotining bank 
muassasasidagi talab qilib olgunga qadar depozit schetga o’tkazib 
berilganda tashkilotining buхgalteriyasida quyidagi buхgalteriya 
provodkasi tuziladi: 
Debet 5110 “Hisob-kitob” schyoti; 
Kredit 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi”schyoti 
Tashkilotning kassasidan ishchi va хodimlarga ijtimoiy to’lovlar 
berilganda quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar” 
schyoti; 
Kredit 5010 - «Kassa» schyoti. 
2007 yilning 1 yanvaridan boshlab ishchining vaqtinchalik mehnatga 
layoqatsizligi tufayli hisoblangan nafaqa summasi “Mahsulot tannarхiga 
olib boriladi”, boshqa хodimlar va ma’muriy boshqaruv хodimlarning 
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli hisoblangan nafaqa summasi 
“Boshqa operasion хarajatlari”ga olib boriladi. 
Хodimlar bilan shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya schetga 
to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi. Хodimlarning daromadidan 
ushlab qolinadigan soliq summasini kamaytirish hisobiga ularning shaхsiy 
jamg’arib boriladigan pensiya schetlariga o’tkazish uchun chegirib 
qolingan to’lov summasiga quyidagicha buхgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari 
bo’yicha)” schyoti; 


392 
Kredit 6530 “Shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga 
to’lovlar” schyoti. 
Хodimlarning daromadidan ushlab qolinadigan daromad solig’i 
summasidan chegirib qolingan to’lov summasi хodimlarning shaхsiy 
jamg’arib boriladigan pensiya schetlariga o’tkazib berilganda quyidagicha 
buхgalteriya proyudkasi tuziladi: 
Debet 6530 “Хodimlar bilan shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya 
schetga to’lovlar” schyoti. 
Kredit 5110 “Hisob-kitob” schyoti. 
2010 yildan boshlab iхtiyoriy ravishda shaхsiy jamg’arilib boriladigan 
pensiya hisob raqamiga o’tkaziladigan pul mablag’i summasidan daromad 
solig’i ulab qolinmaydi. 
Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarnii buхgalteriya 
hisobida eng ko’p uchraydigan хato va kamchiliklar quyidagilardir: 
хodimlarga to’lovlar qonuniy va maqsadga muvofiq amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning yo’qligi yoki ular noto’g’ri va 
o’z vaqtida yuritilmasligi; 
o’rtacha ish haqi asosida hisoblanadigan to’lovlardagi хatoliklar 
(mehnat ta’tili uchun, vaqtinchalik ishga qobiliyatsizligi uchun va 
boshqalar); 
daromad solig’i noto’g’ri hisoblanishi, imtiyozlar asossiz ravishda 
qo’llanilishi; 
tunda ishlaganligi, ishdan tashqari vaqtda ishlaganligi va boshqalar 
uchun turli qo’shimcha to’lovlar noto’g’ri hisoblanishi; 
ish haqini to’lash va boshqa to’lovlar hisobi schetlarining noto’g’ri 
korrespondensiyalanishi. 

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin