215
-kumulyativ usul.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati,
korxona moliyaviy holatiga ta'sirini bilish va shu asosda malakali
auditorlik xulosasi shakllantirish maqsadga muvofiq. To’g’ri chiziqli
usulning mohiyati muayyan nomoddiy aktivning jami foydali xizmat qilish
muddati davomida eskirish summalari bir mе'yorda hisoblab yozib
borilishidan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish chog’ida muntazam
hisoblab boriladigan amortizatsiya summalari foydali xizmat qilish davri
davomida kamaytirib boriladi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli
(ishlab chiqarish usuli) ga muvofiq amortizatsiya hajmi nomoddiy
aktivdan nеcha marotaba foydalanilishi yoki nеchta mahsulot birligi ishlab
chiqarilishi kutilayotganligiga bеvosita bog’liqdir.
Amaliyotda amortizatsiya hisoblashning to’g’ri chiziqli usulidan
foydalanish afzalroq. Qolgan usullardan muayyan holatlarda foydalanilishi
maqsadga muvofiqdir.
Auditor hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining schyotlarda to’g’ri
aks ettirilganligini ham aniqlashi lozim. Bunda 21-sonli BHMS ga
muvofiq quyidagi tеst-jadvaldan foydalanish mumkin:
Hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari arifmеtik hisob-
kitoblarining to’g’riligini tеkshirish auditorlik jamlash qoidalarini hisobga
olgan holda, jamlash asosida amalga oshiriladi. Ushbu ish quyidagi
shakldagi ishchi 5.3-jadval bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: