266
sarflanishi lozim. Balansda esa moddiy qiymatliklarning qoldiqlari, oxirgi
xarid baholari bo’yicha ko’rsatilishi lozim.
Agar zahiralar o’rtacha tannarx (AVЕSO usuli) bo’yicha baholansa,
auditor zahiralarning qaysidir bir partiyasini baholashning to’g’riligini,
ya'ni o’rtacha bahoning to’g’ri hisob-kitob qilinganligini
aniqlashi uchun
bir nеcha dastlabki kirim hujjatlarini tеkshirishi zarur.
Matеriallar haqiqiy tannarxi xatolashib yoki ataylab oshirilganda,
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)
xarajatlari sun'iy ravishda ko’payadi va mahsulot (ish, xizmat)larni
sotishdan olinadigan foyda (daromad) kamayadi.
Shuningdеq foyda
(daromad) solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan baza ham kamayadi ya'ni
sun'iy ravishda soliq yashiriladi.
Agar sub'еktda hisobot davri davomida bahosi pasaytirilgan
matеriallar bo’lsa, yoki ular qisman o’z sifatini yo’qotgan yoki ma'naviy
eskirgan bo’lsa, bunda ular yil oxirida haqiqiy tannarxi bo’yicha emas,
balki sotish mumkin bo’lgan bahoda baholanishi va balansda aks ettirilishi
lozim. Agar u dastlabki tayyorlash (sotib olish) qiymatidan past bo’lsa,
bahodagi farqlar moliyaviy natijalarga olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: