O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati.
§ 5. Xayriya va homiylik faoliyati
25. Institut qonunchilik bilan belgilangan holatlarda xayriya va homiylik yordamini qabul qilishi va o‘zi ham shunday yordamni ko‘rsatishi mumkin. Bunday yordamni olishda Institut manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarga samarali va maqsadli yo‘naltirilishini taʼminlash, shuningdek xayriya va homiylik faoliyatiga doir axborotni Institutning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida ochiqlash bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
§ 6. Ichki hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
26. Ichki hujjatlarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish jarayonida, shuningdek, korrupsiyaviy harakatlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratib beruvchi korrupsiyaviy omillarning hujjatlarda yuzaga kelishini oldini olish, ularni aniqlash va hujjatlardan chiqarib tashlash maqsadida alohida ekspertiza o‘tkaziladi.
§ 7. Institut xodimlari bilan konsultatsiyalar o‘tkazish
27. Institut xodimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, mazkur Siyosat qoidalari yoki Institutdagi korrupsiyaga qarshi o‘zga chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bog‘liq biror-bir savol paydo bo‘lgan taqdirda ular IKQKNQBga maslahat so‘rab murojaat qilishlari mumkin.
5-bob. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga doir xabarlar
28. Institut xodimlari yoki boshqa shaxslarda Institut xodimlari harakatlarining qonuniyligi va/yoki etikaga mosligi yuzasidan shubha, korrupsiyaviy harakatlar yoki boshqa qoidabuzarliklar bilan bog‘liq taxminlar yoki sodir etilganligiga oid asosli gumonlar yuzaga kelgan taqdirda ular bu haqda Institutning umumfoydalanuvidagi aloqa kanallari orqali ochiq xabar berishlari mumkin.
29. Institut o‘z vakolatlari va mavjud imkoniyatlari doirasida qoidabuzarlikka oid asosli axborotni taqdim etgan shaxsga doir maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlaydi (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno).
30. Institut o‘z xodimlari manfaatlarini himoya qiladi va boshqa xodimning shubhali xulq-atvori yoki mazkur Siyosatning korrupsiyaga qarshi kurashish talablarini buzgan bo‘lishi mumkinligi haqida vijdonan xabar bergan xodimlarga nisbatan ishdan bo‘shatish, lavozimini tushirish, diskriminatsiya, zulm o‘tkazish, taʼqib qilish singari o‘ch olish harakatlariga yo‘l qo‘yilmasligini kafolatlaydi.
31. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlar quyidagi aloqa kanallari orqali taqdim etilishi mumkin: