Tasvirda ko‘rsatilganidek, agar yelkan kemani
450 burchak ostida tortsa va uning balandligi 150 m bo‘lsa, yelkan arqonining uzunligi qancha bo‘ladi?
173m
212m
285m
300m
savol:
Bir litr dizel yonilg‘isining narxi qimmat bo‘lib 0,42 zed (pul birligi) ni tashkil qilganligi uchun, “YangiTo‘lqin”nomli kema xo‘jayinlari kemaga yelkan o‘rnatishni rejalashtirmoqdalar.
Ma’lumki, kemalarga o‘rnatilgan yelkan umumiy sarflangan dizel yonilg‘isi iste’molini taxminan 20 % kamaytirilishiga imkon beradi.
Nomi: YangiTo‘lqin
Turi: yuk ortiladigan kema (ijaraga beriladi)
Kema uzunligi: 117 metr
Kemaning kengligi: 18 metr
Ortiladigan yuk hajmi: 12 000 tonna
Eng yuqori tezlik: 19 uzel
(1 uzel=1,852km/soat)
Yelkansiz kemaning yillik umumiy dizel iste’moli: taxminan 3 500 000 litr
“Yangi To‘lqin” nomli kemaga yelkanni o‘rnatishning umumiy harajat 2500000 zed. Taxminan necha yildan keyin tejab qolingan dizel yonilg‘isi narxi kemaga o‘rnatilgan yelkanga sarflangan xarajatni qoplashi mumkin? Javobingizni aniq hisob-kitoblar yordamida izohlab bering.