Lobar xolasining uyigacha 6 kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Velosipedning spidometri butun yo‘l uchun soatiga 18 km tezlikda yurganini ko‘rsatdi.
Quyida berilgan tasdiqlarning qaysi biri to‘g‘ri?
A Lobar xolasining uyiga borish uchun 20 daqiqa vaqt sarfladi . B Lobar xolasining uyiga borish uchun 30 daqiqa vaqt sarfladi C Lobar xolasining uyiga borish uchun 3 soat vaqt sarfladi
D Lobar xolasining uyiga borish uchun qancha vaqt sarflaganini bilishning iloji yo‘q.
savol:
Lobar uyidan 4 km uzoqlikda joylashgan daryoga velosipedda bordi. U daryoga borish uchun 9 daqiqa vaqt sarfladi. Uyga qaytishida u uzunligi 3 kilometr bo‘lgan qisqa yo‘ldan borishga qaror qildi. Qisqa yo‘ldan u uyiga 6 daqiqada yetib keldi.
Lobarning daryoga borib qaytgandagi o‘rtacha tezligi soatiga necha kilometrni tashkil etgan?
Borib, qaytishi uchun sarflangan o‘rtacha tezligi km/soat
Butun dunyodagi savdo-sotiq amaliyotining 95 % ummon va dengiz tranzit yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Bunda taxminan 50 000 ga yaqin tankerlar, ulkan hajmli yuk ortiladigan kemalar va yirik konteynerlar ortilgan kemalardan foydalaniladi.
Bu kemalarning ko‘pchiligi dizel yonilg‘isi orqali harakatlanadi. Endilikda muhandislar shamol kuchi yordami bilan harakatlanadigan kemalar yasashni rejalashtirmoqda. Ilgari surilayotgan mazkur taklifga ko‘ra, kemalarning burun qismiga ulkan yelkanlar o‘rnatiladi. Agar bu taklif qo‘llab-quvvatlansa, dizel yonilg‘isi iste‘moli keskin kamayishi va atrof-muhitga chiqayotgan zaharli
gazlarning miqdori pasayishi kutilmoqda.
savol :
Bunday yelkanlarni qo‘llashning afzalliklaridan biri u 150 metr balandlikda uchadi. Bu balandlikda shamol tezligi kemaning palubasidagi shamol tezligidan taxminan
25 % yuqori bo‘ladi. Kema palubasidagi shamol tezligi soatiga 24 kilometr
(24 km/soat) bo‘lsa, yelkanga kelib uriladigan shamolning taxminiy tezligi qancha bo‘lishi mumkin?
6 km/soat