KISLOTALIYOMG‘IRLAR Quyida keltirilgan rasmda 2500 yil avval Afinadagi Akropolda barpo etilib, Kariatidalar deb nomlangan haykallar tasvirlangan. Bu haykallar marmar degan tog‘ jinsidan yasalgan. Marmar tarkibiga kalsiy karbonat kiradi.
1980 yilda asl haykallar Akropol muzeyiga ko‘chirilibdi, ularning nusxalari bilan almashtirildi. Asl haykallar kislotali yomg‘irlar ta’sirida yemirilgan edi.
savol:
Oddiy yomg‘ir biroz kislotalidir, chunki u havodan kam miqdorda karbonat angidridni yutib oladi. Oddiy yomg‘irga nisbatan kislotali yomg‘irlarning kislotaliligi yuqori, chunki u karbonat angidriddan tashqari oltingugurt oksidi va azot oksidlarini ham yutadi.
Havoga oltingugurt oksidi va azot oksidlari qayerdan keladi?
savol:
Kechasiga sirka kislotaga solinishidan avval marmar bo‘lakchasining massasi 2,0 g ga teng edi. Ertasiga bu bo‘lakcha sirka kislotadan olinib, quritildi. Quritilgan marmar bo‘lakchasining massasi nechaga teng bo‘ladi?
A 2,0 g dan kam B roppa-rosa 2 g
C 2,0 va 2,4 g oralig‘ida D 2,4 g dan ortiq
savol:
Ushbu tajribani o‘tkazgan o‘quvchilar marmar bo‘lakchasini shuningdek, toza (distillangan) suvga ham bir kechaga tushirib qo‘ydilar.
Bu tajribani o‘quvchilar nima uchun o‘tkazganini tushuntiring.
.........................................................................................................................................
.........................................................................................................................................
savol:
Quyidagi fikrlar qanchalik darajada sizni qiziqtiradi? Har bir qatorda faqat bitta katakka (+) belgisini qo‘ying.
Juda ham
qiziqtiradi
Qiziqtiradi
Unchalik
qiziqtirmaydi
Qiziqtirmaydi
a)
Kislotali yomg‘irlar hosil bo‘lishiga inson faoliyatining qaysi turi ko‘proq ta’sir qilishini
bilish
b)
Kislotali yomg‘irlarga sabab bo‘ladigan gazlarning ajralib chiqishini kamaytiradigan
texnologiyalar haqida
bilish
c)
Kislotali yomg‘irlar ta’siridan yemirilgan binolarni qayta tiklash uchun ishlatiladigan
metodlarni tushunish