4-namuna Aynan nima hikoyaning oxirini bir vaqtning o‘zida ham qayg‘uli ham zavqli qilmoqda? O‘qiganlaringiz bo‘yicha olgan ma’lumotlaringizdan foydalanib, o‘z fikringizni tushuntirib bering.
Daftar ikki qismdan iborat. Har bir vazifani bajarishga 40 daqiqadan vaqt ajratiladi. Har bir vazifaning o‘rtasida kichik tanaffus beriladi.
Hamma savollarga imkon qadar yaxshiroq javob berishga harakat qiling. Agar siz birorta savolga javob bera olmasangiz, keyingisiga o‘tishingiz mumkin.
To'xtang
O‘qituvchining ruxsatisiz navbatdagi sahifani ochmang.
TOMDAGI GULLAR
Ingibord Sigurdardottir
Men bilgan bir keksa buvi haqida sizga gapirib bersam bo‘ladimi?
Aslida, bu g‘alati qariya ayol kuch- g‘ayratga to‘la. Uning haqiqiy ismi - Gunniona, lekin men uni Gunn buvi deb atayman.
U bizning shaharga ko‘chib kelguni- ga qadar, qishloqda yashar edi.
Uning qishloqdagi uyi o‘yinchoq uychaga o‘xshar edi. Uning mittigina derazachalari bo‘lib, tomida esa maysalar ko‘karardi. Shuningdek, tomda gullar ham o‘sar edi.
Gunn buvi o‘z uyida yolg‘iz yashar, lekin u o‘zini yolg‘iz his etmas edi. Chunki uning boshqa hamrohlari: igir, yettita tovuq, ikkita qo‘y va mushugi bor edi.
Kunlarning birida Gunn buvi betob bo‘lib qoldi.
Sizda hech qanday jiddiy muammo yo‘q, biroq shaharga ko‘chib borishin giz kerak. Bu yerda butunlay yolg‘iz yashash unchalik ham to‘g‘ri emas. Misol uchun, siz hovlida yiqilib tushsangiz va oyog‘ingizni sindirsangiz, sigiringiz meni chaqirib bera olmaydi-ku, - dedi shifokor.
O‘zimga g‘amxo‘rlik qila olaman! - javob berdi Gunn buvi. Lekin keyin «Balki, shaharda yashash qiziqarliroqdir», - deb o‘ylab qoldi.
Yaxshi! - dedi u birdan, men shaharga ko‘chib boraman!
Tez orada u tomorqasini sotib, bizning ko‘p qavatli uydan xonadon sotib oldi.
Ammo u o‘z jonivorlarini nima ham qila olardi? Ularni o‘zi bilan shaharga olib keta olmaydi-ku, to‘g‘rimi? Baxtiga, qo‘shnilar jonivorlariga qarab turishga bajonidil rozi bo‘lishdi. Shunday bo‘lsa-da, Gunn buviga do‘stlari-jonivorlaridan ayrilish juda qiyin bo‘ldi. Buni o‘ylab, uning kayfiyati shunday tushib ketdiki, oxir-oqibat, Robert degan mushugini o‘zi bilan olishga qaror qildi.
Gunn buvi hamma narsalarini yuk mashinasiga ortib, birpasda o‘zining yangi uyi tomon yo‘lga tushdi. U juda hayajonlanar va shaharni tezroq ko‘rishni orzu qilar edi.
Men ham hayajonlanib, uyimiz ro‘parasiga kim ko‘chib kelishini sabrsizlik bilan kutar edim. Balki, u men bilan birga o‘ynaydigan bolakaydir. Biroq u Gunn buvi bo‘lib chiqdi. Yaxshi, har holda uning mushugi borku.
O‘z uyini ko‘rib chiqqan Gunn buvi unchalik ham xursand bo‘lmadi.
Axir bu dahshat! - dedi u.
Devorlari biram tekis va oppoq. Bu derazalarga qarang, ular haddan ziyod katta! Keyin u jim bo‘lib qoldi.
Men uyimga qaytaman! - dedi u va eshik tomon yo‘l oldi. U birdan qichqirib yubordi, uning mushugi Robert derazadan sakragan edi.
Tashvishlanmang, - dedim men tezda, - u shunchaki ayvonga sakradi. Qarang! Gunn buvi ayvon- ga yugurib chiqdi. U yerga yetib borganda esa Robertni unutdi.
Ayvon juda katta bo‘lib, uzoqdan tog‘lar va hatto dengizning bir bo‘lagi ham ko‘rinib turar edi. Gunn buvi uylarning tomlarini ko‘rish uchun emas, balki faqat tog‘lar va osmonni tomosha qilish uchun balandga cho‘zildi. Shundan keyingina u qolishga qaror qildi.
Lekin ertasi kuni unga buyum larini joylashtirish uchun yordam bergani kelganimda, u hali ham xafa ko‘rinardi.
- Jonivorlaringiz siz bilan birga bo‘lmagani uchun xafamisiz?, - qiziqdim men. - Ha, men ularni sog‘indim, - deb xo‘rsindi u.
- Unday bo‘lsa, nima uchun ularni olib kelmaysiz? - deb so‘radim.
Gunn buvi menga ko‘z qisib, ayyorlik bilan jilmayib qo‘ydi.
Ertasi kuni undan xabar olish uchun kelganimda, uyda hech kim yo‘q edi.
Gunn buvi avtobusda qishloqqa yo‘l olgandi.
Kechasi zinapoyadan kelgan qoqolagan baland tovushdan uyg‘onib ketdim. Bu nima bo‘lishi mumkin? E, ha! Tovuqlar! Ehtimol, ular liftda yurishdan qo‘rqishar?
Ertasi kuni men Gunn buviga tovuqlarga don berishda yordamlashdim.
Men o‘zimni go‘yoki uyga qaytib kelganday his qilyapman, - derdi u.
Tovuqlarim atrofimda qo- qolashadi, agar yaxshilab qarasang, men ko‘rib turgan tog‘lar bu o‘sha o‘zimning tomorqam yaqinidagi
tog‘lar ekanini tasavvur qilish mumkin. Lekin menga yer va o‘tlarning hidi yetishmayapti. To‘satdan, u ko‘zlarini katta-katta ochib, qaddini rostladi. Gunn buvi qandaydir yangilik o‘ylab topgandi.
Eshit, - dedi u - seningcha, agar tomda o‘tlar o‘ssa, ajoyib bo‘lmasmidi?
Ertaga do‘konga borishimizga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylayman.
Biz shunday ham qildik.
Uyga qaytgach, Gunn buvi uyning tomiga chim bo‘laklarini yotqizdi. U
ehtiyotkorlik bilan chim bo‘laklarini yoyib, tushib ketmasligi uchun mahkamladi.
Ana endi Gunn buvining ko‘ngli biroz ko‘tarildi. U shaharda o‘zi uchun qishloq manzarasiga o‘xshash burchak yaratdi. Hozir u tomdagi tomorqasini xuddi eski tomorqasiday yaxshi ko‘radi. Tomda yana gullar ham o‘smoqda.
Gunn buvi men taniydigan odamlarning birortasiga ham o‘xshamaydi. U hamma narsani qila oladi! Hozir uni faqat bir narsa xavotirga solmoqda. Liftga sigirni kirgizishni eplay olarmikan?
To'xtang
O‘qituvchining ruxsatisiz navbatdagi sahifani ochmang.