O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Yüklə 377,28 Kb.
səhifə4/4
tarix07.02.2022
ölçüsü377,28 Kb.
#52198
1   2   3   4
PIRLS tayyorgarlik 5-mashq daftari

Savollar:

Tomdagi gullar



  1. Bu voqea kim tomonidan hikoya qilingan?

0 Buvi.

© Yosh bola.

0 Shifokor.

0 Fermer.

  1. Ushbu uylarning qaysi biri boshqalariga nisbatan Gunn buvining qishloqdagi uyiga ko‘proq o‘xshaydi?




  1. Nima uchun shifokor Gunn buvining shaharga ko‘chib kelishi kerakligi haqidagi qarorga keldi?

Chunki do‘stlarisiz va yolg‘iz edi.

Chunki u yerda qarindoshlari bilan yashashi mumkin.

0 Chunki endi u o‘z jonivorlariga g‘amxo‘rlik qila olmas edi.

0 Chunki zarurat tug‘ilsa, kimdir unga g‘amxo‘rlik qilishi mumkin.

  1. Gunn buvi shaharga ko‘chib kelganida uning jonivorlariga qarab turishga kim rozi bo‘ldi?

A Qo‘shnilar.

B Shifokor.

C Gunn buvining oilasi.

D Robert.

  1. Gunn buviga yangi uyning devor va derazalari yoqmadi. Yana nima sababdan o‘zini baxtiyor his qila olmadi?

A U kasal edi.

B U mushugini sog‘inar edi.

C Unga ayvon yoqmadi.

D U qishloqdagi uyini sog‘inar edi.

  1. Mushuk derazadan sakraganda Gunn buvi nima uchun qichqirib yubordi?

1

  1. 6. Ayvonga chiqqan Gunn buvi uylarning tomlarini ko‘rish

uchun emas, balki faqat tog‘lar va osmonni tomosha qilish uchun balandga cho‘zildi. Nima uchun u bunday qildi?

1



  1. Hikoyada Gunn buvining rasmi tasvirlangan joyni toping. Nima uchun Gunn buvi bolakayga ko‘zini qisdi va ayyorlik bilan jilmayib qo‘ydi?

1

  1. Gunn buvi yangi uyda o‘zini o‘z uyidagidek his qilishi uchun nimalar qildi? Ikkita misol keltiring.

  2. Hikoyaning so‘nggida yangi uyda Gunn buvi o‘zini qanday his qildi?

  3. Nima uchun hikoyaning oxirgi jumlasida «Liftga sigirni kirgizishni eplay olarmikan?» degan savol keltirilgandi?

A Hikoyani yanada zavqliroq qilish uchun.

B Hikoyaning axloqiy tomonini tushuntirish uchun.

Hikoyani ishonarli qilish uchun.

D Kitobxonga nima bo‘lganini tushunishga yordam berish uchun.

  1. Gunn buvi birinchi marta uyiga ko‘chib kelganida va hikoyaning oxirida bolada buviga nisbatan qanday his-tuyg‘ular kuzatildi? O‘qiganlaringizdan foydalanib, bolaning his-tuyg‘ularini ifodalang va uning his-tuyg‘ulari nima uchun o‘zgarganligini tushuntiring.

1

  1. Ushbu hikoyadan nimani bilib olish mumkin?

A Keksalar yangi joyga ko‘chib o‘tishganda hech qachon baxtli bo‘lmaydi.

B Agar qadrli bo‘lgan narsani olsagina, yangi joyda o‘zining uyidagidek his qilishi mumkin.

C Hattoki hayvonlar shovqin qilsa ham, ular bilan yashashga ko‘nikish mumkin.

D Bolalar va keksalar yaxshi do‘st bo‘la olishmaydi.

To'xtang



O‘qituvchining ruxsatisiz navbatdagi sahifani ochmang.


Bryus Makmilan.
Har yili olovrang tumshuqli oq-qora qushlar Islandiyaning Xeymey oroliga uchib keladi. Bu qushlar «tupik»lar deb ataladi. Yorqin tumshuqlari va beso‘naqay harakatlari sababli ularni “dengiz masxarabozlari “ deb ham atashadi. Semiz tanasi va qisqa qanotlari ularning uchish va qo‘nishlarini qiyinlashtiradi.

Anna ismli qiz Xeymey orolida yashaydi. U har kuni osmonni kuzatadi.

Baland cho‘qqida turib bu yilgi birinchi tupikni ko‘rish uchun dengizdan nigohini uzmaydi. U «landi» deb shivirlaydi, bu islandcha tupik ma’nosini anglatadi. Tez orada osmonni to‘ldirib tupiklar paydo bo‘ladi, hamma joyda tupiklar, tupiklar... Ular qishlovdan dengiz bo‘yiga, Anna yashaydigan qishloq va yaqin atrofdagi orollarga tuxum qo‘yish va polaponlarni dunyoga keltirish maqsadida uchib kelishadi. «Dengiz masxarabozlari» har yili faqat va faqat o‘z inlariga qaytib kelishadi. Chunki, bu ularning qirg‘oqqa chiqadigan yagona vaqtidir.

Anna va uning do‘stlari cho‘qqilarga o‘rmalab qushlarni kuzatishadi. Ular tupik juftliklarining bir-birlarini tumshuqlari bilan tuk-tuk qilib taqillatishlarini tomosha qilishadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, har bir juftlik cho‘qqilarga berkitgan tuxumlari haqida qayg‘urishadi. Polaponlar tuxumlarni yorib chiqqach, ota-onalari ularga baliq ovlab olib kelishadi.

Har bir polapon vaqt o ‘tgan sayin yosh tupikga aylana boshlaydi. Har bir



yosh tupik o‘zining birinchi parvoziga shaylanganda «tupiklar tuni» boshlanadi. Tupiklar tuniga hali bir necha hafta bor bo‘lishiga qaramay Anna ko‘proq qog‘oz qutilar tayyorlab qo‘yish haqida o‘y suradi. Yoz davomida yoshi katta tupiklar baliq ovlab polaponlari haqida g‘am chekishadi. Avgust oyida cho‘qqilarni gullar qoplaydi, ular gullaganda Anna kutish tugaganligini tushunib yetadi. Polaponlar o‘sib yosh tupiklarga aylanadi. Anna va uning do‘stlariga quti va fonarlarni olish vaqti keldi. Bugungi kechadan boshlab ikki hafta davomida tupiklar qishlov uchun dengizga uchib ketishni boshlaydi. Tun qamrovida tupiklar o‘z inlarini tashlab birinchi parvozlarini amalga oshiradi. Bu baland cho ‘qqilardan qilingan qisqa parvozdir.

Ko‘pgina qushlar dengiz satxiga eson-omon qo‘nib olishadi. Lekin ba’zi qushchalarni qishloqdagi chiroq shu’lalari chalgitadi. Balki, ular bu holatni suv yuzasidagi oy aksi deb tasavvur qilishadi. Yuzlab tupiklar har kecha qishloqqa kelib qo‘nishadi, ular tekis joydan ucha olishmaydi, shu sababli yugurib berkinishga harakat qilishadi. Har kecha Anna va uning do‘stlari suvga yetib bora olmagan qushchalarni qidirishadi. Ulardan tashqari bu qushchalarni qishloqdagi mushuk va kuchuklar ham ovlashadi. Ba’zi holatlarda qushchalarning avtomashina ostiga tushib ketish xavfi ham bor. Shu sababli bolalar adashib qolgan qushchalarni birinchi bo‘lib topishlari kerak. Kechki soat o‘nlardan keyin Xeymey oroli ko‘chalari bolalar bilan to‘lib ketadi. Anna va uning do‘stlari tupiklarni qutqarish bo‘yicha musobaqa o‘ynaydi. Fonarlar bilan qurollangan bolajonlar qishloqning qorong‘i joylarida tentirab yurishadi. Anna tupikni topgach asta qog‘oz qutiga soladi.

Ikki hafta davomida Xeymey oroli bolajonlari kechasi uxlamaslik uchun, kunduzi uzoq dam olib, kechalari minglab tupiklarni qutqarishadi. Har kecha Anna va uning do‘stlari qutqarilgan tupiklarni uylariga olib kelishadi. Ertasiga tupiklar to‘la qutilarni dengiz qirg‘og‘iga olib borishadi. Anna qushchani shunday qo‘liga oladiki u qanotlarini silkita olishi kerak, so‘ngra havoda u yon bu yonga harakatlantirib dengiz tomon qo‘yib yuboradi. Tupik bir oz parvoz qilib eson- omon suv yuzasiga qo‘nadi. Kunlar o‘tgan sayin, tupiklar tuni tugamaguncha Annaning qushchalari birin-ketin dengizga suzib ketadi. Dengizga qishlov uchun uchib ketayotgan oxirgi yosh va qari tupiklarni kuzatgan holda Anna ularga oq yo‘l tilab kelasi bahorgacha xayrlashib qoladi.

«Xayr, Ko‘rishguncha!»

To'xtang



O‘qituvchining ruxsatisiz navbatdagi sahifani ochmang.

Savollar: Tupiklar tuni



  1. Nima uchun tupiklarga osmonda uchish va qo‘nish qiyinlik qiladi?

Ular muzlikda yashagani uchun

© Ular kamdan -kam qirg‘oqga chiqqani uchun

© Ular baland qoyalarda yashagani uchun

Ularning kalta qanotlari va semiz gavdalari bo‘lgani uchun

  1. Tupiklar qayerda qishlaydilar?

© Qoyalar orasida

© Qirg‘oq sohilida

© Dengizda

© Muzliklarda

  1. Nima sababdan tupiklar orolga uchib kelishadi?

O‘zlarini himoya qilish uchun

© Yemish izlab topish uchun

© Tuxum qo‘yish uchun

© Uchishni o‘rganish uchun



  1. Anna tupiklarning birinchi parvozlarini amalga oshirishlarini qanday bilar edi?

A Katta tupiklarning polaponlariga baliq olib kelishidan

B Qirg‘oqdagi gullarning ochilishidan

C Qushlarning o‘z polaponlarini berkitishidan

D Yoz faslining boshlanishidan

  1. Tupiklar tunida nima sodir bo‘ladi?

Tupik juftliklari bir-birlarini tumshuqlari bilan tuk-tuk qilib taqillatishadi.

B Birinchi parvozga shaylanishadi.

C Tupiklarning tuxumidan polaponlar chiqadi.

D Tupiklar qirg‘oq sohillariga chiqishadi.

  1. Qishloq aholisi tupiklarning xato qilmasliklari uchun nima qilishlari mumkin?

Chiroqni o‘chirishi

B Qutilar tayyorlashi

C Mushuk va kuchuklarni uyga qamashi

D Osmonni fonarlari bilan yoritishadi

7 va 8 savollarda Anna tupiklarni qanday qutqarishini tushuntirishingiz so‘raladi



  1. Annaning tupiklarni qutqarishda fonaridan qanday foydalanganini izohlab yozing.

  2. Anna tupiklarni qutqarishda qutilardan qanday foydalangani haqida yozing.

  3. Hikoyada tupiklarni kutishi mumkin bo‘lgan qaysi xavf- xatar keltirilgan?

A Dengiz yuzasiga qo‘nayotganda cho‘kib ketish

B Uyalar orasida adashib qolish

C Ota-onasidan yetarlicha baliq ololmaslik

D Mashina tagida qolib ketish

  1. Bolalar nima sababdan tupiklarni kun yorug‘ida qo‘yib yuborishlarini matndan topib yozing.

1

  1. Tupiklar Anna va uning do‘stlari qo‘yib yuborganidan so‘ng nima qilishadi?

A Qirg‘oq bo‘ylab sayr qiladilar

B Qoyalardan uchib o‘tadilar

C Qishloqda berkinadilar

D Dengizda suzadilar

  1. Anna tupiklarni ozodlikka qo‘yib yuborgandan so‘ngi ikki xil hissiyotni yozing. Nima uchun shu hissiyotlarni boshidan kechirganini izohlab yozing?

1

  1. Siz Anna va uning do‘stlari kabi tupiklarni qutqarishga borishni istaysizmi? Javob berishda o‘qigan hikoyadan foydalanishingiz mumkin.

1

To'xtang



O‘qituvchining ruxsatisiz navbatdagi sahifani ochmang.

Tomdagi gullar deb nomlangan hikoyani o‘qish siz uchun qanchalik yoqimli bo‘ldi?

Faqat bitta javobdagi aylanani bo‘yang.


100115, Toshkent shahar,


Chilonzor tumani, Nurxonko‘chasi, 21-uy
Telefon- (+99871) 231 -07-53 (3004)
www.markaz.tdi.uz

Te legram: t. me/ milliymarkaz
Yüklə 377,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin